HAMIŞA NAVQIRON VA GÖZAL AYYoM
Navröz – Örta Osiyo va Yaqin Şarq xalqlarining qon-qoniga singib ketgan eng qadimiy, eng gözal va navqiron bayram.
Ming yillarki, xalqimiz yuragidan joy olib, hayot tarzimizning beqiyos maʼnaviy gultojiga aylangan Navröz - qaysi zamonda qanday nom bilan atalişidan qatʼiy nazar, har köngil uçun aziz, gözal, muqaddas va tabarruk. Azizligi şundaki, Navröz yaqinlaşgan sari insonlar bir-birlari ila yanada jipslaşadilar: mahallalarda boşlangan sumalak sayllarida keksa onaxonlarimiz barça millat vakillari bölgan yoş kelin-u qizjonlarga boş bölib, el-yurtga omonlik tilab, sumalak tortadilar. Sumalak saylidan boşlangan özaro mehr-oqibat, birdamlik, millatlararo totuvlik Navröz kuni yanada jöşqinlik kasb etadi. Ana şu lahzalar – özbeg-u qozoq, turkman-u qoraqalpoq, koreys, rus, tatar, yana neça-neça millat vakillarining sumalak xuşböyi taralgan damlardagi quvonçini köring! Bundayin gözallik faqat va faqat bağri butun, bağri keng, totuv va obod yurt Navröziga xos!
Biz Navrözi olamni muqaddas va tabarruk qilmoğimizda ham olam-olam hikmatlar bor, azizlar. Xalqimizning juda olis ötmişiga borib taqaladigan tarixiy ildizlaridagi teranlik Navrözni bizga muqaddas va tabarruk qilmadimi? Tarixiy ildizlarimizdan to bugungaça yetib kelgan Navröz bilan boğliq maʼnaviy yodgorliklarning özida ming xil hikmat buloqlari hamon xalqimiz yuragiga quvvat baxş etib turgani-çi! Qadimgi davrlardan bugungaça yetib kelgan Navröz bilan boğliq osori atiqalar, Abu Rayhon Beruniy, Abulqosim Firdavsiy, Mahmud Qoşğariy va Umar Hayyom asarlaridagi Navrözga xos xususiyatlar, rasm-rusumlarning hamon xalqimiz hayotini ziynatlab turganligi – olam Navrözi, mustaqil Özbekiston Navrözi bilan dillarda faxr tuyğusi uyğonadi.
Ana şu faxr bilan yurtimizda yangi kun – dehqonçilik taqvimida yangi mehnat fasli – gul Navröz boşlanadi. Qarang, Mahmud Qoşğariy "Devonu luğotit turk” asarida:
Kuldi bahorning yuzi,
Oqdi sel erib muzi.
Çiqdi yoruğ yulduzi,
Tingla sözim kulgusiz,
- deya Navröz şarhini nihoyatda şodiyonalik bilan tasvirlab, tabiatdagi özgarişlar pallasiga har bir qalbning eʼtiborini qaratişida ham insonning orzu-umidlariga, mehnat fasli bilan uzviy turmuş tarziga, quvonçlariga gözal bir işora hokim: bahorning yuzi kuldi, muzlar erib bitdi, yoruğ yulduzli kunlar boşlandi, xotirjam bölma, demoqda uluğ bobokalonimiz.
Azizlar, neça asr avval Navrözga berilgan taʼrif hamon öşanday: hamon Navrözning taşrifi bilan izğirinlar yölini tösib, Dehqon bobo Bahoroyga peşvoz çiqadi, muzlari erib ketgan ariqlarni yoqalab yurib, yangi rejalar tuzadi. Keçalari osmon şamçiroqlari porlab ketganidan ruhlangan şoir tongda quyoşga böy çözayotgan maysalar, novdalarda şodalangan kurtaklar quloğiga aşʼorlar aytadi. Varraklar ipini böş qöyib, yaşil kengliklar tomon quloçin yoyib yugurayotgan bolakaylar şaştidadir Navröz hikmatlari!
Ana, boğbonning quçoği töla köçat, qalamça! Farovonlik, obodlik va tökinlik nihollarini ekib borayotir u! Boğbonning har bir harakatidan mustaqil Vatan tuproğiga ming xil hikmat yoğilib turganini kördingizmi! Bu hikmatlarda yaşamoq, yaşnatmoq gaşti bor, kelajakni közlab qöyilayotgan eng ezgu, zalvorli dadil qadamlar bor!
Aylanayin, Vatanga ezguliklarni boşlab, rizq-u röz uçun oydin yöllar oçib kelayotgan gul Navröz! Mustaqil, mangu Bahor Vatanga qadaming qutluğ bölsin!
Barçaga mangu navqiron, aziz va gözal, muqaddas va tabarruk Navrözi olam muborak!
TAHRIRIYaT.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶