“BADIIY GIMNASTIKA – GÖZALLIK VA BARKAMOLLIK SPORTI” OÇIQ BIRINÇILIK MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli turli yoş toifasidagi bolalar va ösmirlar, ayniqsa, ösmir qizlar örtasida sportning olimpiya turlari böyiça şuğullanuvçilar, hatto jahon sport arenalarida Özbekiston şarafini muvaffaqiyatli himoya qilişga qodir umidli sportçilar yetişib çiqmoqda.
Ayniqsa, gözallik va nafosat, barkamollik ramzi bölgan badiiy gimnastika sporti bilan şuğullanuvçi qizaloqlar safi oşib bormoqda. Mazkur sport turi eng çekka hududlardagi qişloqlarda istiqomat qiluvçi ota-onalar örtasida ham katta qiziqiş uyğotib, öz qizlarining badiiy gimnastika tögaraklarida şuğullanişlari uçun şaroit yaratib berişayotgani eʼtiborga munosib.
Bu borada Amudaryo tumani sport maktabi huzuridagi badiiy gimnastika tögaragi faoliyati tahsinga munosib. Uşbu tögarakda ayni paytda turli yoş toifasidagi 80 nafardan ziyod ösmir yoşdagi qizlar şuğullanişadi. Ularga Şahodat Rajabova, Oydin Matrizayeva hamda Diyora Yodgorovalar badiiy gimnastika sporti sir-asrorlarini örgatiladi. Tumanning eng çekka qişloqlarida istiqomat qiluvçi sportsevar qizaloqlar orasida turli darajadagi gimnastika sporti musobaqalari ğoliblari, Özbekiston çempionatlari, Qoraqalpoğiston Respublikasi çempionatlari ğolib va sovrindorlari bor.
Joriy yilning 27-fevral sanasida Amudaryo tumani sport maktabi sport zalida sport maktabining oçiq birinçiligi musobaqalarida ham badiiy gimnastika sporti tögaragi aʼzolaridan iborat sportçi qizlar ğoliblik uçun kuraş olib bordilar. “Badiiy gimnastika – gözallik va barkamollik sporti” şiori ostida ötkazilgan musobaqada Xorazm viloyatining Urganç şahri, Yangibozor tumanlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasining Ellikqalʼa va Amudaryo tumani badiiy gimnastika sporti jamoalari özaro kuç sinaşdilar.
Musobaqa şartlariga köra, sportçilarning qöyilgan talablarni bajarişlarida sportçi madaniyati, şartlarni çaqqonlik va uddaburonlik bilan amalga oşirişdagi öziga xos uslubi, sport liboslarini tanlaş mahoratlariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Qizğin va qiziqarli bahslarga boy ötgan musobaqada eng kuçli, epçil va öziga xos uslubiga ega sportçilar jamoalari ğoliblikni qölga kiritişdi.
Şunisi eʼtiborliki, amudaryolik gimnastikaçi qizlar garçi yoş toifalariga köra, ança yoş bölsalar-da özlarining irodali, ahil va jips jamoa ekanliklarini amalda namoyon etdilar. Öz mahoratlari bilan mehmon jamoa aʼzolarini ortda qoldirgan Amudaryo tumani sport maktabining badiiy gimnastika tögaragi aʼzolari mutlaq ğoliblikni qölga kiritişdi.
Musobaqa yakunida 1-örinni Amudaryo tumani sport maktabining badiiy gimnastika tögaragi jamoasi, 2-örinni esa Urganç şahar sport maktabi huzuridagi badiiy gimnastika tögaragi aʼzolari egallaşdi. Uçinçi örin uçun bölgan qizğin bellaşuvlarning badiiy gimnastika esa Ellikqalʼa tumani sport maktabining badiiy gimnastika tögaragi qizlariga nasib etdi.
“Badiiy gimnastika – gözallik va barkamollik sporti” şiori ostida ötkazilgan musobaqa yakunida ğolib jamoalar Amudaryo tumani hokimi va Amudaryo sport maktabi maʼmuriyati tomonidan medallar, Diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶