12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:16
Jamiyat 👁 337

14-sonli maktabda “Özbekiston – umumiy uyimiz” nomli badiiy-adabiy keça bölib ötdi

14-sonli maktabda “Özbekiston – umumiy uyimiz” nomli badiiy-adabiy keça bölib ötdi

Mamlakatimizda tinçlik, totuvlik va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, yoş avlod qalbida turli millat va elatlarning urf-odatlari hamda anʼanalariga nisbatan hurmat tuyğusini şakllantiriş masalasiga doimiy ravişda eʼtibor qaratiladi. Bunday ezgu maqsadlarning amaldagi yorqin ifodasini taʼlim muassasalarida muntazam ravişda ötkazib kelinayotgan turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va ijodiy uçraşuvlar misolida ham yaqqol körişimiz mumkin. Xususan, Amudaryo tumanidagi 14-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil etilgan “Özbekiston – umumiy uyimiz” nomli adabiy keça ham aynan şunday yuksak ğoyalarni özida mujassam etdi.

Tadbir maktabning fidoyi pedagoglari, xususan, qozoq tili va adabiyoti fani öqituvçilari Mayra Umirbayeva, Gulnura Qutimova hamda Murod Turamuratovlarning taşabbusi va taşkilotçiligi asosida yuqori saviyada tayyorlandi. Keçaning har bir lahzasi yoşlarning qalbida vatanparvarlik, döstlik va bağrikenglik tuyğularini jöş urdirişga xizmat qildi.

Tadbirni maktabning 11-“A” sinf öquvçilari Nursayat Bisenbayev va Guljayna Tuxtasinovalar olib bordilar. Ularning sahnadagi erkin harakatlari va sözga çeçanligi tomoşabinlar eʼtiborini öziga tortdi. Şu bilan birga, maktab qoşida faoliyat yuritib kelayotgan “Tilaşar” nomli ijodiy tögarakning iqtidorli öquvçilari ham mazkur badiiy keçada faol iştirok etib, özlarining qançalik qobiliyatli ekanliklarini namoyiş qildilar.

Adabiy keça dasturi juda xilma-xil va rang-barang çiqişlarga boy böldi. Ayniqsa, 11-sinf öquvçilari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan “Döstlik” nomli sahna körinişi yiğilganlarda katta taassurot qoldirdi va barçaga manzur böldi. Uşbu sahna körinişida yurtimizda tinç-totuv hayot keçirayotgan turli xil millat vakillarining qiyofalari gavdalantirilib, ularning har biri öz tillarida samimiy tabriklarini, ezgu tilaklarini bayon etdilar. Bu manzara göyoki köp millatli Özbekistonning kiçik bir modelini sahnada aks ettirgandek taassurot qoldirdi.

Tadbirning musiqiy qismida esa 11-sinf öquvçilari tomonidan qozoqça qöşiqlar mahorat bilan kuylanib, barçaga xuş kayfiyat ulaşildi. Şuningdek, 7- va 8-sinflarning iqtidorli öquvçilari tomonidan çin döstlik, özaro mehr-oqibat va millatlararo bağrikenglik tuyğulari madh etilgan taʼsirçan şeʼrlar ifodali öqib eşittirildi.

Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri sifatida maktabning 6- va 9-sinf qizlari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan jozibador qozoq milliy raqslarini alohida eʼtirof etiş joiz. Milliy liboslardagi nafis harakatlar, kuy va ohang uyğunligi tomoşabinlarga unutilmas estetik zavq bağişladi.

Uşbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir nafaqat öquvçilar, balki ustozlarning ham diqqat markazida böldi. Keçada maktabning tajribali pedagoglari, jumladan, tarix fani öqituvçisi Mahbuba Qöçqorova, özbek tili va adabiyoti fani öqituvçilari Dilfuza Gaipova va Dilnora Safarbayeva, şuningdek, tarbiya fani öqituvçisi Guliston Palvanovalar mehmon sifatida qatnaşdilar. Ular tadbir söngida sözga çiqib, yiğilganlarni va keça taşkilotçilarini uşbu muvaffaqiyatli loyiha bilan samimiy muborakbod etdilar hamda özlarining eng ezgu qutlovlarini bildirdilar.

Bunday adabiy keçalar ösib kelayotgan yoş avlod ongida bağrikenglik madaniyatini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etadi. “Özbekiston – umumiy uyimiz” degan teran ğoya atrofida birlaşgan yoşlar kelajakda yurtimizning yanada taraqqiy etişiga, xalqlarimiz orasidagi döstlik riştalarining mustahkamlanişiga özlarining munosib hissalarini qöşişlari şubhasizdir. Zero, ahil va birdam bölgan jamiyatdagina tinçlik barqaror böladi, muştarak maqsadlar sari taşlangan qadamlar esa doimo özining ijobiy mevasini beradi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026