14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 17:07
Jamiyat 👁 262

ODDIY VA KAMTARIN IJODKORNING ZIYoBAXSh QALBI

ODDIY VA KAMTARIN IJODKORNING ZIYoBAXSh QALBI

Hayotda shunday insonlar boʻladi: bilimdon, hatto olim, oʻz kasbining ustasi lekin ana shu ilmi, olimlik maqomi, katta tajribasini amalda  namoyon etishga kelganda sust. Bu toifa insonning olimligi-yu ilmi, kasbiy tajribasi ham oʻz qobigʻidan chiqib, el-yurtga  manfaat keltirishi amrimahol. Shu bois, ular hayotga faol aralashish, imkoniyatlarini amaliyot bilan qoʻshib olib borish xislati yoʻqligidan odamlar nazaridan chetda qolishadi. Yana bir toifa insonlar borki, zarragina uchqundan alanga hosil qilishga qodir, qalblari oddiygina hayot goʻzalliklaridan ham yashnab, mangu uygʻoq, chashma kabi qaynab turadi.

Agar taʼbir joiz boʻlsa, mening  bugungi  qahramonim aynan ana shunday fazilatlar sohibasi, ijodkor, oddiy qishloq ayoli. Men uni ilk marta 2003-yilda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatiga: “sheʼrlarimni koʻrib bering, agar maʼqul boʻlsa...”, deya iymanibgina  kirib kelganida koʻrganman. Oʻsha paytda  55-sonli umumtaʼlim maktabida kutubxonachi boʻlib ishlaydigan Zuhra Ahmedova oʻzining oqkoʻngil va samimiyligi bilan, qolaversa, oʻziga xos ijod uslubiga egaligi bilan avval tahririyat jamoasiga, keyinchalik vaqt oʻtishi bilan “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari obunachilariga, mazkur gazetalar orqali Amu eliga tanildi.

Zuhra Ahmedova tabiatan sinchkov, kuzatuvchan ijodkor. Nazarimda u qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar, inson koʻngli, insonning oʻziga xos manzaralarini teran nigoh, chuqur fikrat bilan kuzatib, oʻrganadi. Ana shu kuzatishlari, oʻrganishlari oʻlaroq dunyoga kelgan “Turmush chorrahalarida” turkumidagi hayotiy hikoyalari yoritilgan gazetalarni obunachilar qiziqish, hatto hayrat bilan oʻqishadi. Oʻzim  guvoh boʻlgan bir voqea bunga yaqqol misol. Zuhra Ahmedova qalamiga mansub “Noshukr” hayotiy voqea gazetada yoritilgan kunlar edi. Amir Temur nomli ovulga Amudaryo televideniyesining grant-loyihasi doirasidagi rejaviy tadbirni oʻtkazish uchun bordik. Tadbirda ishtirok etayotgan onaxonlardan biri:

– Zuhra Ahmedova haqiqatni yozibdi, oʻsha voqea bizning qishloqda boʻlgan, men uning hamma yozganlarini oʻqib, voqealarni aniq bilib turaman, ilohim, umri uzoq boʻlsin. Shunday voqealarni xalqqa roʻy-rost  aytib turilsa, bunday noshukr bandalar  kamayardi, – dedilar taassurotlari haqida  soʻz yuritib.

Z.Ahmedova hech qachon yozganlarini baʼzi qalamkashlarga oʻxshab “toʻqib” tashlamaydi. “Turmush chorrahalarida” turkumidagi hayotiy hikoyalarining qahramonlari oramizdagi odamlar, oʻqigan kishiga barchasi tanish tuyulaveradi. Bu hikoyalar oʻzining maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy xususiyati bilan oʻquvchida ijobiy taassurot uygʻotadi. Uning “Podachi”, “Kalish yoki fidoyilik”, “Xiyonat”, “Bemor”, “Kuchukcha” kabi hayotiy hikoyalarida yaxshilik, toʻgʻrilik, halollik kabi insoniy fazilatlar ulugʻlanib, jamiyatga yot illatlar, ayniqsa, noshukrlik, firibgarlik, xiyonat, badnafslik kabi salbiy odatlar keskin qoralanadi.

Zuhraning sheʼriyati ham oʻziga xos. Oʻziga xosligi shundaki, u koʻnglining  nozik kechinmalarini balandparvoz iboralar orqali emas, xalqona, toʻgʻrirogʻi, baxshiyona tarzda ifodalaydi. Sheʼrlarida  ham yomonlik, yovuzlik ustidan ezgulikning gʻalabasini tasvirlash istagi kuchli. Vatanni madh etish, yaxshilikni, insoniylikni, xalqparvarlikni ulugʻlash Zuhraning ezgu aʼmoli.

U sheʼriyat davralariga butun vu-judi sheʼrga aylanib kirib keladi va joʻshib, hamma narsani unutib, sheʼr oʻqiydi. Shundanmi, Zuhrani ustoz jurnalist, shoir otaxonimiz  Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov: “Mayakovskiy” deb ataydilar. Zuhra haqiqatan  ham buyuk rus shoiri Mayakovskiy uslubida sheʼr oʻqisa, sheʼriyat davralarining eng zoʻr olqishlari ham uniki boʻladi.

Tinib-tinchimas Z.Ahmedova har gal  paxta yigʻim-terimi mavsumida paxtakorlarga yordam sifatida tashkil etiladigan xalq hasharining tashabbuskori va eng peshqadami. U har yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumida 3-3,5, baʼzan 4 tonnagacha paxta terib, fermerlar, tuman rahbariyatining eʼtiborini qozongan, qator faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar sohibasi ham .

Oilada esa quruvchiusta Saʼdullaning sevimli umr yoʻldoshi, mehribon ona, bagʻrikeng qaynona va buvijon. Bir oʻgʻil va uch qizni el-yurtga munosib farzandlar qilib tarbiyalagan Zuhra oʻzi istiqomat qiladigan Oybek nomli mahallada ibratli oila sohibasi sifatida eʼtibor topgan.

– Yaqinda uyimizga kelin keldi, – deydi quvonch bilan Zuhraxon yelib-yugurib xizmat qilayotgan keliniga mehr bilan  boqib. – Qizlarim uchta edi, toʻrtta boʻldi!

Zuhraxonning qizlari ham  biri-biridan odobli, maʼnaviyatli, bilimdon. Katta qizi Zumradxon hamshira, ikki shirin farzandning onasi, oilaparvar kelin. Nafosatxon Oʻzbekiston Milliy Universitetida, Adolatxon esa Qoraqalpoq Davlat Universitetida tahsil olishmoqda.

Oʻgʻli Qudratjon ham qoʻli gul quruvchi-usta, har bir ishda ota-onasiga koʻmakdosh.

Ayni paytda Z.Ahmedova oʻz ijod mahsullarini kitob holida chop ettirish va muxlislariga hadya etish orzusida. Uning sheʼriyati alohida, hayotiy hikoyalari alohida kitob boʻlgulik. Sermahsul ijodkor Z.Ahmedovaga:

– Aslo ijod qilishdan toʻxtamang, el-yurtga manzur, maʼnaviy-axloqiy tarbiya vositasi boʻlgan hikoyalaringizni, joʻshqin sheʼrlaringizni kutib qolamiz, oddiy va kamtarin hayotingiz va ijodingiz xalqimiz qalbiga ziyo baxsh etsin, – deymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019