22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 14:16
Jamiyat 👁 197

"OTA-ONANG QAYeRDA IShLAYDI?!" yoxud taʼminotchi taʼminotga muhtoj boʻlsa...

"OTA-ONANG QAYeRDA IShLAYDI?!" yoxud taʼminotchi taʼminotga muhtoj boʻlsa...

"Mening dadam shifokor", "mening dadam bank xodimi", "mening onam oʻqituvchi" va hokazo...

Sinfxonadagi bolalarning teng yarmi oʻqituvchisining: "ota-onang qayerda ishlaydi?", degan savoliga shu tariqa javob berishdi. Biroq aksariyat oʻquvchilar aynan mana shu savolga javob berishga iymanib, pastgina ohangda otasi ishlamasligini va onasi uy bekasi ekanligini aytishdi. Kamiga yana xuddi ayb ish qilganday boshlarini quyi solib, yengil xoʻrsinib qoʻyishdi. Ha, ularning doskaga chiqib gapirgandagi burro tillari aynan oʻsha savolga kelganda...

Koʻzoynagi ostidan nigohida savol bilan moʻralagan biroz befarosat oʻqituvchi yana bolalarga savol bilan yuzlanadi:

– Unda qanday qilib kun koʻrasiz?!

– Bobom bilan buvim pensiya olsa, menga "shkalat"ga pul beradi...  Jajji bolajonlar suhbatga shu tariqa yakun yasadi. Qolgan bolalar ota-onasi ishlamaydigan shu "aksariyat" sinfdoshlarining ustidan kuldi, ota-onasining nima uchun hech qayerda ishlamasligining sababini tushuna olmaydigan jajjilarning koʻngli shafqatsiz etiklar ostida qolgan yaproqday ezildi. Ustoz sinfni tartibga chaqirdi-yu, darsni davom ettirdi...

"Bandlik", "bandlikni taʼminlash", "kambagʻallikni qisqartirish" bugun jamiyatimizda, OAVlarda eng koʻp qulogʻimizga chalinaverib, yod boʻlib ketgan soʻzlar. Va aynan mana shu bandlikni taʼminlash masalasida yurtimizda aytsang, aytishga arzigulik eʼtirofga munosib ishlar amalga oshirilmoqda ham. Odamlar orasida yurib, davlatimiz siyosatini qoʻllab-quvvatlaydigan, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning xalq farovonligi yoʻlida amalga oshirayotgan islohotlaridan rozi boʻlib ularni duo qilayotgan yurtdoshlarimizni uchratamiz. Haqiqatan, jamiyatimizda harakat qilgan, oʻzida chinakam mehnatkashlik qobiliyati bor boʻlgan inson borki, bugun halol rizqini topib hayot kechirmoqda. Koʻproq harakat qilgan, oʻz ustida ishlagan, dangasalik qilmagan, ishning koʻzini biladigan shaxslar borki, ular esa faqat oʻzining bandligini taʼminlab qolmasdan, atrofidagilarni ham ish faoliyatiga jalb qilmoqda. Oʻzidan tashqari, yana bir necha oʻnlab, yuzlab kishilarning uyida qozoni qaynashiga hissa qoʻshmoqda. Biroq, oramizda yana shunday odamlar borki, ularning bolalari "ota-onang qayerda ishlay-di?" degan savolga javob bergisi kelmaydi. Bu insonlarning qaysilaridir uzrli sabablarga koʻra mehnat qilolmaydi, qaysilaridir umri davomida "yaxshi"roq ish izlab, umri oʻtib ketadi, yana birlari esa mehnat qilishga layoqati boʻlsa-da harakat qilishni, xalq tili bilan aytganda jonini qiynashni istamaydi. (Kimningdir

hisobiga hayot kechiradi).

Islohotlar aynan mana shu insonlarning bandligini taʼminlash, ularga imtiyozli kreditlar berish, hunarmandchilikka oʻrgatish, ijtimoiy yordam koʻrsatish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi, lekin ularning oʻzlari bu yordam qoʻllarini rad etadi. Harakat qilishni yana xohlamaydi. Bu gap bilan biz jamiyatni tabaqalarga ajratmoqchi emasmiz, kimdir boy, kimdir kambagʻal deyishdan yiroqmiz. Shunchaki, insonlarning ijtimoiy faoliyatiga, yashash tarziga chetdan baho berib, loaqal shu maqola sabab ular ham oʻylansa, harakatga tushsa, degan niyatda gapiryapmiz. Aslida esa, insonning qadr-qimmati uning ijtimoiy kelib chiqishi yoki karerasi bilan oʻlchanmaydi.

Ammo, jamiyatdagi turli xil koʻngilsizliklar, jinoyatlar bekorchilik oqibatida kelib chiqadi.Tumanimizdagi ish bilan band boʻlgan va band boʻlmagan aholi statistikasi bilan qiziqdik. Mana oʻsha statistika: 2023-yil yanvar-iyun holatiga iqtisodiy faol aholi 82,6 ming kishi (74,9%) va iqtisodiy faol boʻlmagan aholi 27,8 ming kishi (25,1%)ni tashkil qiladi.  Iqtisodiy faol aholi oʻz navbatida quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

 ish bilan band boʻlgan aholi – 75,7 ming kishi (91,6%);

ishsizlar - 6,9 ming kishi (8,4%) ni tashkil etadi.

Iqtisodiy faol boʻlmagan aholi oʻz ichiga  quyidagilarni oladi:

oʻquvchilar va talabalar 6,5 ming kishi (23,4 %);

ixtiyoriy ishlamaydigan shaxslar 9,4 ming kishi (33,7%);

bola parvarishi bilan bandlar 11,9 ming kishi (42,9%);

Toʻgʻri, ushbu statistikada keltirilishicha, tumanda band boʻlmagan aholi soni u darajada katta raqamni tashkil qilmaydi. Ammo baribir hamma qandaydir foydali ish bilan shugʻullansa, uyida qari ota-onaning plastik kartasiga qachon nafaqa tushar ekan, deb kutib yotmasa-da, deysan kishi.

Aziz mushtariy, bolangizdan ustozi "ota-onang qayerda ishlaydi?" deb soʻraganida siz bilan faxrlanishini, "mening otam falonchi, falon joyda ishlaydi, mening onam pistonchi, u yaxshi mutaxassis", deyishini xohlaysizmi?! Uning kelajagini porloq qilishni, hayotda oʻz oʻrnini topishini-chi? Unda harakatni bugundan boshlang.  Hozirdan boshlang! Rivojlangan davlatlar amaliyotiga nazar soladigan boʻlsak, ayrim mamlakatlarda ota-onalar farzandini boqa olishga koʻzi yetganda, hech kimdan kam qilmasligiga amin boʻlganda oila quradi.  Yana ayrimlarida farzandi kelajagini oʻylagan ota-onalar bola dunyoga kelgan payti unga hisob raqam ochdiradi. Bir tomoni quvonarliki, shu ayrim davlatlarda ota-onalar bolasini faqatgina moddiy jihatdan taʼminlashni oʻzlariga burch deb bilsa, bizda moddiy taʼminotdan tashqari, maʼnaviy tarbiya, odob-axloq degan tushunchalar ham unga egiz boʻlib keladi. Demoqchimanki, har ikkisi bir-biriga hamohang boʻlib kelsa, qanday yaxshi-ya, gazetxon! Har kuni oʻzing sevgan ish bilan shugʻullanish, ana shu kasbing yo hunaring ortidan daromad topish, ertalab uyingdan oila masʼuliyati bilan chiqib ketib, kechqurun oila aʼzolaring bilan sogʻinib diydorlashish naqadar goʻzal. Hech nima qilmasdan yashash, tanballik insonni xarob qiladi. "Kelinim yoki qizimni ishlatmayman, supurgisini eplasin", degan gapni shior qilib olgan kimsalar ham qattiq adashadi. Baʼzan shu "supurgisini eplash" (yaʼni roʻzgʻor tutish) uchun ham odam dunyoni anglagan, yaxshi-yomonni tanigan boʻlishi shart, qaysidir maʼnoda. Farzandlar esa ota-onadan oʻrnak olib ulgʻayishi – haqiqat.

Yorugʻ sinfxona. Ona tili darsi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga "Ota-onam tanlagan kasb" mavzusida insho yozishni topshiriq qilib berdi. Sinfdoshlarning teng yarmidan koʻpi inshoni yozishni allaqachon boshlab yubordi. Ularga fikrlar quyilib kelardi, murakkab qoʻshma gaplarga qoʻshilib, faxr, iftixor degan tuygʻular daftarga koʻchar edi. Biroq, sinfdagi aksariyat oʻquvchilarning qoʻlida boʻm-boʻsh qogʻoz. Qiziq, ular dars oxirigacha daftariga nimani yozar ekan-a...

Aziza Madrahimova.

(tuman Statistika boʻlimi maʼlumotlari asosida tayyorlandi).

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026