“Bu yer hali zör böladi…” yoxud Beştomdagi köçat ekiş tadbirlari qanday ötdi?
Xalqimizda “yaxşidan boğ qolar” degan gözal maqol bor. Darhaqiqat, musaffo havodan nafas olib yaşaş ham bir neʼmat, havoning tozaligiga, musaffoligiga tabiatni sevuvçi inson sifatida hissa qöşiş esa ham foydali, ham savobli iş.
Maʼlumki, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan yurtimizda 2021-yildan buyon “Yaşil makon” umummilliy loyihasi amalga oşirilmoqda. Şu kunlarda yurtimizdagi barça vazirlik, taşkilot, muassasa va korxonalarda, jumladan, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari tomonidan ham “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda köçat ekiş, kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda.
Ana şunday xayrli tadbirlarning biri yaqindagina Amudaryo tumanidagi Beştom mahallasi hududida bölib ötdi. Unda tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, “Mahalla yettiligi” vakillari, korxona taşkilotlar, bölimlar, fuqarolar yiğinlari masʼullari faol iştirok etdilar.
Özbek xonadonlarining qaysi biriga taşrif buyurmang undagi fayz-u, barakani his etasiz. Oiladagi tinçlik, özaro hurmat, mehr-oqibat degan tuşunçalarga hamohang tarzda daraxt ekib, mevasini dasturxonga tortiş, sarxil mevalardan qöni-qöşnilarga “özimizning boğdan!” deya mehr ila iliniş xalqimizga xos bölgan ezgu anʼana. Ha, boğ yaratişga, köçat ekişga uluğvor vazifa sifatida qarab, ne hasratda kamolga keltirgan daraxtining qöşnining devori tarafiga egilgan şohasidagi mevalarni qöşnisiga ataydigan oliyjanob xalqimiz bilan har qança faxrlansak arziydi.
Tadbir davomida Beştom mahallasi hududida boğ yaratiş uçun ajratilgan 10 gektar yer maydonida turli xil mevali daraxtlar köçatlari ekildi hamda ekilgan köçatlarni parvarişlaş va agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida olib boriş uçun farğonalik boğbonlar jalb qilindi.
Ezgu maqsad kişilarni birlaştirsa, öşa maqsad albatta amalga oşişi şubhasiz. Prezidentimiz taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ham ana şunday ezgu maqsadni közlab, boğ yaratiş, ekologiya va atrof-muhitni asrab-avaylaş kabi ayni damda dolzarb bölgan ekologik muammolarga barham beriş maqsadida amalga oşirilmoqda.
“Yaxşi dam – mehnatga hamdam” deydi xalqimiz. Tadbir davomida hofizlar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qöşiqlar bilan köçat ekiş jarayoni yuqori kayfiyatda davom etdi. Köçat ekiş işlariga öz hissasini qöşgan insonlar uçun dala boşida oş damlanib, tadbir bayramona tus oldi. Yiğilganlar tadbir söngida umid bilan yerga qadalayotgan bu nihollar kun kelib, ulkan boqqa aylanişini, xalqimiz tinçligi hamda yurtimiz osoyiştaligini tilab duoga qöl oçdilar.
Ha, atoqli şoirimiz Ibrayim Yusupovning “Sabr qiling yana bir oz, bu yer hali zör böladi” degan satrlari bugun öz tasdiğini topayotganday. Kun kelib Beştomdagi boğning soyasida salqinlab, mevalaridan totguvçilar köçat ötqazgan aziz qöllarni alqab, rahmat aytsalar, ajab emas.
Aziza MADRAHIMOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶