Vatanga taʼzim
Uydan yiroq ketsam, dil töla soğinç,
Köz oldimdan ötar hovli, çorboğim.
Şirin xayollarim qalbimga ovunç,
Kuzatib turganday dala, qir, toğim.
Mehrin tökib turar ahli mahalla,
Otamni bilganlar poylaşib yölim.
Onamni bilganlar har sahar palla,
Umr-u davlatimga tilaşar tözim.
Kel, deya bağrini oçaveradi,
Biri qozoq, biri qoraqalpoğim.
Oqibat nurini soçaveradi,
Bir yuz-u qirq tilli uruğ-aymoğim.
Safardan qaytaman köngilim toşib,
Garmsel şamoli silaydi yuzim.
Soğinç epkinlari bilan qorişib,
Yöllar olqişlaydi har bosgan izim.
Amudan taralar bir ajib ifor,
Şunçalar muattar, şunçalar azim.
Unda ona zamin – tuproq tafti bor,
Şu qutluğ zaminga qilaman taʼzim.
Bu zamin özligim anglatgan makon –
Qadrim uluğlagan mardona sözim.
Ota uyim mening! Mangu navqiron –
Ona Yurt! Fidoyi qizingman özim!
Toki yaşar ekan özbaki sözim,
Orzular ulğayar, bilmagay tözim.
Istiqlol nafasi gurkirab turgan,
Ona Yurt! Men senga qilaman taʼzim!
Elim, deb evrilgan baland kökraklar,
Zoti uluğ, toza palaklar haqqi.
Bugunga yetmagan qatağon dillar,
Hurlik, deb jon bergan yuraklar haqqi:
Vatan! Jonim mening, o tengsiz mardim –
Imkonlari uluğ Özbegim – Özim!
Öğloni Alpomiş, qizlari Barçin,
Ona yurt! Men senga qilaman taʼzim!
Robiya YÖLDOŞEVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶