BAHOR KELDI SIZNI SÖROQLAB
Dunyo xalqlarini lol etganda Söz,
Sadoqat malagin tinglaganda Dil.
Minbarga qadaldi neça milyon köz,
Jasorat poyiga tökildi köngil.
Özbek şoirasi irod etgan dam,
Zulmatlar qaʼriga nur soçdi aşʼor.
Kamalak ranglarga çulğanib olam,
Muzlagan dillarda gulladi bahor.
Hijronning yölida tongday balqidi,
Matonat izmiga topşirib özni.
Şoir zabonida VAFO talqini
Tabarruk ayladi muqaddas Sözni.
Bir sözki, taftidan erib ketdi qor,
Köngillar köngilni quçdi yaraqlab.
Şoir yuragida toğdayin viqor–
"Tabassum örnida kuldi çaraqlab!”
Suyiş kerak bölsa, jondayin suydi,
Yurakda ilohiy muhabbat bilan.
Hatto hijronda ham bir baxtni tuydi,
Sabrga boş qöyib Sadoqat bilan.
Tört faslni ham bahorday quçdi,
Qahraton qişlarning qahrini tilib.
Böronlar zabtiga qasdma-qasd uçdi,
Armonlar toğiga çeçaklar ilib.
Bahorday oşiqdi gullamoq uçun,
Toşlarning bağriga bağrini qöyib.
Otaş yuragida uyğondi oçun –
Şoirning köksiga köksini qöyib.
Hayot davom etar, hayot bu – Bahor,
Har gal qaytib kelar Özbekistonga.
Çunki bu zaminda uluğ Bayot bor –
Ifor soçib turar jumla jahonga.
Samolar köksida turnalar sasi,
Örikzor boğlarda ajib sinoat.
Ona tabiatning ajib tuhfasi –
Novdalar hayotni etar qiroat!
Birinçi mart tonggi otmoqda. Sokin,
Majnuntollar turar soçin taroqlab.
Kurtaklar şoirning takrorlab otin,
Yana bahor keldi tongda! Söroqlab...
Yana boşlanadi çamanlar sayli,
Qizib boraverar muşoira - bahs.
Har dilda şeʼr işqi, şeʼriyat mayli,
Istiqlol nazmidan söylaguvçi dars.
Robiya, qaragin, Vatanda bayram,
Jör bölgin Sadoqat madhiyasiga.
Şeʼriyat mulkida jahoniy Sanam –
Taʼzim qil, özbekning Zulfiyasiga!
Robiya YÖLDOŞEVA
(Foto - ÖzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶