56-SONLI MAKTABNING BOŞLANĞIÇ SINF ÖQUVÇILARI “ÖLKAMIZGA BAHOR KELDI” DEB NOMLANGAN TADBIR ÖTKAZIŞDI
Yurtimizga fasllar kelinçagi bölgan bahor keldi. Fasli navbahor kirib kelişi bilan tabiatdagi yangilanişlar qalblarga köçib, kayfiyatlar çoğ böladi. Şunday kunlarda el orasida Navrözi olam tantanalari boşlanib, keng nişonlanadi.
14-mart kuni 56-sonli maktabda ham uşbu bayram munosabati bilan “Ölkamizga bahor keldi” deb nomlangan musiqiy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. Köp yillik iş tajribasiga ega bölgan boşlanğiç sinf öqituvçisi Gulnora Ortiqova tomonidan 2-“V” sinf öquvçilari bilan hamkorlikda taşkil etilgan bayram tadbiriga maktabning öqituvçi va öquvçilari, ota-onalar ham taklif etildi.
Tadbir boşlanişida sözga çiqqanlar barçani bahor bayramlari, Navrözi olam bilan tabriklaşdi va köklam faslidagi bajariladigan işlar, bölib ötadigan bayramlar haqida gapirib, el-yurtga rizq, baraka tilaşdi.
Öquvçilar tadbirga taşrif buyurgan onajonlarga bağişlangan şeʼrlar aytişdi va boşlariga toj kiydirib, ularni xursand qilişdi. Qizaloqlar “Ona qizim” qöşiğiga raqs tuşib, tadbirga fayz kiritişdi. Şundan söng, davraga tarovatli Bahoroy bilan Dehqon bobo kirib kelişdi va öquvçilar ijrosidagi köklamga bağişlangan şeʼrlar, aytişuvlar, milliy öyinlar, qöşiqlar tinglandi. Tadbirda namoyiş etilgan “Kim oladi, şuginani”, “Boyçeçagim”, “Qizaloğim” kabi qöşiq va raqslar barçaga xuşnudlik baxş etdi.
Kötarinki ruhda ötgan bayram tadbiri barçaga zavq va bayramona kayfiyat ulaşdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶