17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 19:39
Jamiyat 👁 343

SAYYoR SUDDA AJRIM YoQASIDAGI OILA YaRAShTIRILIB, BIR TAShKILOT XODIMLARINING ISh HAQLARI UNDIRIB BERILDI

SAYYoR SUDDA AJRIM YoQASIDAGI OILA YaRAShTIRILIB, BIR TAShKILOT XODIMLARINING ISh HAQLARI UNDIRIB BERILDI

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari sud orqali himoyalanishini taʼminlanib, barcha ishlar qonunda belgilangan muddatlarda odilona koʻrib chiqilmoqda. Sud ishlari adolatparvarlik tamoyillari asosida koʻrilayotgani, qonun ustuvorligi taʼminlanayotgani fuqarolarning sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirmoqda.

Bugungi kunda sud tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar rejasiga muvofiq sud tomonidan fuqarolik ishlarini sayyor sud majlislarida koʻrish amaliyoti ham yoʻlga qoʻyilgan.

25-aprel kuni Boyovul mahalla fuqarolar yigʻini binosida oʻtkazilgan ochiq sayyor sud majlisida shu hududda yashovchi fuqaro tomonidan berilgan daʼvo arizaga koʻra nikohni bekor qilishga doir ish koʻrilib, ajrashish arafasidagi oila yarashtirildi. Sud majlisida Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi va fuqarolar yigʻini masʼullari, daʼvogar va javobgar tomonlar, mahalla faollari qatnashishdi.

Boʻlib oʻtgan ushbu sudda bir oilaning arzimagan sabablarga koʻra ajrashish haqida Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudiga ariza bilan murojaat qilgangani, 2022-yil 19-noyabr kungi sud ajrimiga koʻra taraflarga yarashib olish uchun 6 oy muhlat berilgani maʼlum qilindi. Sudda bayon qilinishicha, ushbu oilada er-xotin avval baxtli hayot kechirishgan. Ikki nafar farzandli boʻlishganidan keyin er oilasi, farzandlari kelajagi uchun pul topish maqsadida Rossiya davlatiga ishlashga ketgan.

Shundan soʻng, oilada qaynota-qaynona va kelin oʻrtasida kelishmovchiliklar, turli mojarolar kelib chiqa boshlagan va oqibatda kelin farzandlarini olib, ota-onasinikiga ketib qolgan. Turmush oʻrtogʻi Rossiya davlatidan qaytib kelganidan keyin ham bu kelishmovchiliklar davom etgan va oila ajrashishga qaror qilgan. Sud tomonidan oilani saqlab qolish maqsadida berilgan 6 oy muddat davomida yoshlar, qudalar bir-birini tushunib, murosaga kelishgan. Eng muhimi, ikkala tomon ham norasida goʻdaklarning tirik yetim boʻlib qolishni istashmagan. Natijada er-xotin yarashib, birga yashay boshlashgan.

Sud davomida daʼvogar arizasini koʻrilmasdan qoldirishni soʻradi. Shunga koʻra sud Fuqarolik protsessual Kodeksining tegishli moddasiga binoan daʼvo arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqardi.

Shu kuni Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinida joylashgan Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi binosida ham sayyor sud oʻtkazildi. Sudda tuman Adliya boʻlimi tomonidan fuqarolar manfaatini koʻzlab berilgan daʼvo ariza boʻyicha javobgar, yaʼni Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi mansabdor shaxslari tomonidan xodimlarga toʻlanmasdan qolgan qoʻshimcha ustama haqlarini undirish haqidagi ish koʻrildi. Ushbu sud majlisida daʼvogar – tuman Adliya boʻlimi vakili, asosiy daʼvogarlar va javobgar vakillari qatnashdilar.

Sudda ishtirok etgan tuman Adliya boʻlimi vakili Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi xodimlari oylik maoshlarini qayta hisob-kitob qilish va toʻlanmasdan qolgan qoʻshimcha ustama haqlarini undirishda amaliy yordam berishni soʻrab, tuman Adliya boʻlimiga murojaat qilgani, shunga koʻra Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida oʻrganish ishlari oʻtkazilganini maʼlum qildi.

Oʻrganishlar davomida daʼvogar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining tegishli buyrugʻi bilan Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori lavozimiga ishga qabul qilingani, shuningdek, yana 42 nafar shaxs turli lavozimlarda ishlab kelayotgani aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyul kungi 530-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga asosan Oʻrmon xoʻjaligi sohasi xodimlari uchun ish stajiga qoʻshib toʻlanadigan ustama pullarini toʻlab berish belgilangani, lekin Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi tomonidan shu yerda ishlovchi xodimlarga bugungi kunga qadar oylik ish haqiga qoʻshimcha toʻlanishi lozim boʻlgan jami 246 mln. 775 ming 652 soʻm toʻlanmagani ham maʼlum boʻlgan.

Sud davomida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga asosan, ish beruvchi oʻzining moliyaviy holatidan qatʼiy nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqini toʻlashi shartligi, mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi kerakligi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emasligi, xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi toʻlashning boshqa muddatlari belgilab qoʻyilgani aytib oʻtildi. Shunga koʻra va qonun talablaridan kelib chiqib, javobgar Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligidan davogarlarning foydasiga toʻlanmasdan qolgan jami 246 mln. 775 ming 652 soʻm qoʻshimcha ustama pullarini byudjetdan undirib berish soʻraldi.

Sud majlisida javobgar Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi ishonchli vakillari daʼvo arizani tan olib, Oʻrmon xoʻjaligida ishlovchi xodimlarning toʻlanmasdan qolgan qoʻshimcha ustama haqlarini toʻlab berishini, daʼvo arizani qanoatlantirishga qarshiligi yoʻqligini bildirdi.

Sud taraflarning ish yuzasidan bergan tushuntirishlarini tinglab, daʼvo talabini ishdagi mavjud dalillar va ishda aniqlangan holatlar yordamida atroflicha tekshirgan holda daʼvogarning daʼvo talabini qisman qanoatlantirishni lozim topdi.

 Q.Atamuradov, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026