AMIR TEMUR – MILLIY DAVLATChILIGIMIZ ASOSChISI
XIV asrning 50-60-yillarida Movarounnahr oʻnga yaqin mustaqil bekliklarga boʻlinib ketgan edi. Keyinchalik ularni yagona davlatga birlashtirgan bobokalonimiz Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoʻjailgʻor qishlogʻida 1336-yil, 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul.
Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechadi. Oʻzining ilk harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan.
1363-yil Seistonda moʻgʻullarga qarshi boʻlgan jangda chap oyogʻidan jarohat olib, oqsoq boʻlib qoladi.
A.Temur mamlakatda qonun va tartib joriy etadi. Maxsus qoʻshin tuzib, unga katta imtiyozlar beradi. U butun Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi.
Keng koʻlamli harbiy yurishlar natijasida sohibqiron saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasigacha borib taqaldi. Uning davlati 27 ta podsholikni egalladi.
A.Temur 1405-yil 18-fevralda, Xitoyga yurishi chogʻida vafot etadi. U davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida yurtimizda milliy davlatchilikning yuksalishida muhim oʻrin tutadi. Tarixiy manbalarda Sohibqiron nomi bilan bir qatorda yana "Sohibi jahon" hamda "Sohibi adl" – Adolat sohibi nomlari bilan ulugʻlanadi.
Sobiq Ittifoq davrida A.Temur bosqinchi sifatida qaralgan boʻlsa, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uning nomi qayta tiklandi.
Buyuk A.Temurning siyosiy faoliyati nafaqat davlatchilik tarixini boyitishda, shu bilan birga hozirgi sharoitda milliy davlatchiligimizni mustahkamlashda ham ulkan ahamiyat kasb etmoqda.
Buyuk Amir Temur tomonidan yozilgan muhim asar bu «Temur tuzuklari», yaʼni «Tuzukoti Temuriy»dir.
Yurtimiz va xalqimiz mustaqil boʻlgach, mustaqil davlatchiligimiz asoslarini yaratishda buyuk A.Temur va uning «Tuzuklari»ga murojaat qilmoqdamiz. Uning «Kuch – adolatda» tamoyili esa huquqiy davlat barpo etishimizda muhim qoʻllanma boʻlib xizmat qilmoqda.
Inomjon TURSUNBOYeV, 41-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶