Amudaryoda “Yangi Özbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqiçi yuqori saviyada ötkazildi
Bugun, payşanba kuni, Yoşlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumanida “Yangi Özbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqiçi kötarinki ruhda va yuqori saviyada taşkil etildi. Yoşlarning kasbiy bilim va könikmalarini namoyon etiş, ularning mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassis bölib şakllanişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan mazkur tanlov tuman yoşlari hayotidagi muhim tadbirlardan biriga aylandi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov boşçiligidagi rahbarlar, mutasaddi taşkilotlar vakillari, mahallalar yoşlar yetakçilari hamda faol yoşlar iştirok etdi. Sözga çiqqanlar mamlakatimizda yoşlar siyosatini izçil amalga oşiriş, ularga zamonaviy kasb-hunarlarni egallaş uçun keng imkoniyatlar yaratiş hamda taşabbuskor va intiluvçan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan işlar haqida alohida töxtalib ötdilar.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Yangi Özbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biri – bu malakali, bilimli va zamon talablariga mos kadrlarni tayyorlaşdir. Şu maʼnoda, “Yangi Özbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi yoşlarning kasbga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning amaliy könikmalarini sinovdan ötkaziş va eng iqtidorli yoşlarni aniqlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur tanlov Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026- yil 8-apreldagi 152-sonli qarori ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil etilib, bir neça yönalişlarda ötkazildi. Har bir yönalişda iştirokçilar öz bilim va mahoratini amaliy topşiriqlar orqali namoyiş etib, hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.
Grafik dizayn yönalişi böyiça bellaşuv tumanidagi IT markazda taşkil etildi. Uşbu yönalişda qatnaşgan yoşlar zamonaviy grafik dasturlar yordamida kreativ loyihalar yaratib, özlarining ijodiy fikrlaşi, dizaynerlik yondaşuvi va raqamli texnologiyalar böyiça bilimlarini namoyon etdilar. Tayyorlangan işlar innovatsion ğoyalar va milliy qadriyatlarni zamonaviy uslubda aks ettirgani bilan ahamiyat kasb etdi.
Tibbiy va ijtimoiy parvariş yönalişi böyiça tanlov tuman tibbiyot bölimida ötkazildi. Bu yerda iştirokçilar bemorlarga xizmat körsatiş madaniyati, birinçi tibbiy yordam körsatiş, parvariş jarayonlarini töğri taşkil etiş hamda kasbiy etikaga oid bilim va könikmalarini amalda namoyiş etdilar.
Sartaroşlik kasbi böyiça musobaqa esa Beruniy mahallasida joylaşgan “Dilxuşoy” oilaviy korxonasiga qaraşli sartaroşxonada taşkil etildi. Iştirokçilar zamonaviy va milliy uslubdagi soç turmaklarini yaratiş, mijozlar bilan işlaş madaniyati hamda xizmat körsatiş sifati borasidagi mahoratlarini namoyiş etdilar. Hakamlar hayʼati tomonidan işlarning sifati, estetik körinişi va ijodkorlik darajasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tanlov davomida yoşlar örtasida soğlom raqobat muhiti şakllanib, ular özaro tajriba almaşiş, yangi bilim va könikmalarni egallaş imkoniyatiga ega böldilar. Ayniqsa, kasbiy mahoratning amaliy jihatlariga katta eʼtibor qaratilgani iştirokçilarning kelgusidagi faoliyatida muhim tajriba vazifasini ötaşi bilan ahamiyatlidir.
Şubhasiz, “Yangi Özbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi nafaqat yoşlarning kasbiy salohiyatini yuzaga çiqariş, balki mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan malakali mutaxassislarni tarbiyalaş yölidagi muhim qadamlardan biri bölib xizmat qilmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶