OQ OLTINLIK SVETLANA NIKOLAYeVNA
1968-yilning yoz oylari oxirida Oq oltin ovuliga ikki nafar ukrainalik qiz kelib yaşay boşladi. Ular F.E.Dzerjinskiy nomli (hozirgi 50-sonli) maktabning bir xonasida istiqomat qilişar, öşa paytlarda sobiq Ittifoq respublikalarining barçasida
ham maktab öquvçilariga rus tilini mukammal örgatişga katta eʼtibor qaratilgan edi.
Şu maqsadda Qoraqalpoğiston Respublikasiga 12 nafar rus tili fanidan saboq beruvçi öqituvçilar safarbar qilingandi. Şunday qilib, Svetlana 50-sonli, Lyuba esa 41-sonli maktabda öquvçilarga rus tilidan dars bera boşladi.
Svetlana ham, Lyuba ham xuşmuomala, kirişimli qizlar edi. Ovul ahli ham ularni öz qizlariday qabul qilib, el qatori töy-maʼrakalariga taklif etişardi. Töylarga borişar, taʼziyalarda qora libos kiyib, boşlariga qora römol örab, uy egalariga taskin berişardi.
Ularning hamkasblari bölgan maktab direktori Jamil oğa Davletov, öqituvçilar ularga mahalliy aholining urf-odatlarini tuşuntirib, tez moslaşib ketişlariga yaqindan yordam berdilar.
Öşanda biz maktabning 5-sinfida öqir edik. Svetlana Nikolayevna yuqori sinf öquvçilariga dars ötardi. Baʼzan bizning sinfimizga ham kirib, qöşimça ravişda rus tilini örgatardi. Uning taşabbusi bilan maktabimizdagi eng xuşovoz öğil-qizlardan iborat xor tögaragi tuzildi. Öşa tögarakka men ham aʼzo edim. Maktabda ötkaziladigan bayram, muhim sanalar munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlarda davraga çiqib, rus tilida qöşiqlar ijro etardik, şeʼrlar öqir edik.
Svetlana Nikolayevnadan olgan saboqlarimiz keyinçalik armiya safida xizmat qilganimizda, universitetda öqiganimizda, umuman, butun hayotimiz davomida juda asqotdi. Uning nafaqat saboq ötişi, balki yuriş-turişi, özini tutişi, saranjom-sariştaligi barçaga örnak edi. Qolaversa, biror çet tilini örganişda öşa til vakilidan saboq oliş ulkan yutuqlarga asos bölar ekan.
1969-yilning yozida Lyuba opa Ukrainaga qaytib ketdi. Svetlana Nikolayeavna esa Manğit şahrida yaşab, hozirgi 27-sonli maktabda öqituvçilik faoliyatini davom ettirdi. Şu maktabda uzoq yillar işlab, nafaqaga çiqdi.
Bizning qişloq ahli hali-hamon uni sevib eslaşadi. Şunday qilib oq oltinlik Svetlana tumanimizda bir umr yaşab qoldi.
... Svetlana Nikolayevna Plastinina 1945-yilning 26-dekabrida Ukrainaning Ivano-Frankovsk viloyatida tuğildi.
U örta maktabni tugatgaç, Nikopol pedagogika bilim yurtiga kirib öqidi. Bilim yurtidagi öqişini tugatib, maktab öquvçilariga saboq beriş uçun bizning yurtga otlandi. Uning çeki bizning qişloqqa tuşdi.
1968-69 öquv yili tugagaç, Manğit şahrida yaşab, işlab 1970-yilda tuman içki işlar bölimi xodimi Radik Nuriyev bilan turmuş qurdi. Öğillari Vadim, qizlari Alevtinani birgalikda tarbiyalab, voyaga yetkazişdi.
Bu orada S.Nikolayevna Xorazm davlat pedagogika institutini sirtdan öqib, bitirdi.
Öğillari Vadim dastlab pedagogika institutini, keyinçalik yuridik institutni tamomlab hozirgi kunda Rossiyada yaşab, işlamoqda. Qizi Alevtina ona kasbini davom ettirib, Rossiyada öqituvçi bölib işlaydi.
Menda bolalik paytimdagi ustoz-murabbiyni yana bir bor körib, suhbatlaşiş istagi tuğildi.
Ustoz yaşayotgan uy bir qaraşdayoq orastaligi bilan öziga tortadi. U bugungi kunda yolğiz yaşaydi. Turmuş örtoği Radik Nuriyev 12-yil muqaddam vafot etgan. Uning uy-rözğor işlariga qöşni ayollar yaqindan yordam berişadi.
Ustoz bizning taşrifimizdan juda sevindi. Ayniqsa, “mana bu kişi birinçi öquvçilaringizdan”, deb meni taniştirişganida közlari yaşnab ketdi. Uning Oq oltin qişloği haqidagi rusça-özbekça sözlar bilan aralaştirib aytib bergan yorqin xotiralari menda ulkan taassurotlar qoldirdi.
– Boşida, töpolonçi bolalarga uçrasak nima qilamiz, deb qörqqan edik. Ayniqsa, qişloq odamlarining mehribonligi, xuşmuomalaligi bizni öziga tortar edi, –deydi S.Nikolayevna. – Urf-odatlarni bilmaslikdan kelib çiqadigan qiziq voqealar köp bölardi. Qişloq köçalaridan ötib ketayotsak, tandirda non yopayotgan ayollar bizga non tutişardi, odat böyiça nondan ozgina uşatib, tuz totiş kerak ekan, xolos, biz buni qayerdan bilibmiz, non tutişsa “spasibo”, deb butun bir nonni olib ketaveribmiz.
Bunday noqulayliklar uçun heç kim ustimizdan kulmasdi. Odamlarga ham, odatlarga ham tezda könikib ketdik.
Ana şunday zavqli damlar bilan iş ham, hayot tarzi ham bir maromda davom etaverdi.
Biroq 1969-yilning 14-mart kuni yuz bergan suv toşqini barçani ulkan taşvişlarga qöydi.
- Hamon esimda, uyquda yotganimizda, tonggi soat 5 da Rajab kelib, derazadan qiçqirib, "turinglar, suv keldi", dedi. (Rajab Abdullayev, şu maktab öqituvçisi. Hozir 79 yoşda) Apil-tapil kiyinib taşqariga çiqsak, hamma yugur-yugur qilgan, hammaning oğzida “suv-suv”, degan vahimali gaplar.
Keyin bilsak, daryo toşib, qişloqni suv bosayotgan ekan. Oqibatli odamlar kelib uyğotmaganida maktab qulab, devor tagida qolib ketar ekanmiz...
Svetlana Nikolayevna qişloq odamlarining juda köp aʼlo fazilatlarini eslab, doimo ulardan minnatdor ekanligini bildirdi.
Işlarimiz köpligini aytib, örnimizdan turganimizda, S.Nikolayevna qöşni ayolga qarab: "mehmonlarga non olib kel", dedi. Nondan bir çimdim uşatib, oğzimizga solar ekanmiz, u bizga qarab bir kulib qöydi. Ehtimol, bir paytlar tandirda non yopayotgan oq oltinlik ayollar yana bir bor köz oldiga kelgandir?
– Yaqin-yaqingaça hadeb tuğilib-ösgan yurtimni qömsayverardim, – deydi u, – hozir esa şu yer mening ona yurtim bölib qolganini his qilyapman. Ötgan yili yozda qizim meni olib ketişga rosa urindi. Unamadim.
Bu yerda yaşab, kam bölmadim. Hamma “Svetlana opa”, deb hurmat qilişadi. Barça taniydi. Tinç turmuş, osoyişta umr. Bir odamga bundan ortiq yana nima kerak! Yaşayveraman, şu yerda.
Bu gaplarning barçasidan özimça xulosa çiqarmoqçi bölaman. “Qiz bola palaxmon toşi”, degan ibora barça xalqlar uçun daxldor ekan-da, bölmasa, Svetlana opa tuğilib-ösgan yurt qayerda-yu, Manğit qayerda!
Xulosa şuki, bu obod va gözal Vatanning barça eşiklari şu yurt uçun fidoyi bölaman, degan insonlar uçun doimo oçiq.
Örozali REYIMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶