OQ OLTINLIKLAR SARBALAND XIRMON BUNYoD ETIŞMOQDA
Ayni kunlarda barça joylarda bölgani kabi Amudaryo tumanidagi fermer xöjaliklari dalalarida ham paxta yiğim-terimi avjida. Mohir terimçilar erta bahordan to yoz oxirigaça astoydil parvariş qilingan ğözadan yetiştirilgan möl hosilni yiğib-terib, sarbaland xirmon bunyod etiş, oilalariga daromad keltiriş maqsadida astoydil harakat qilişmoqda.
Oq oltin ovulidagi Raşid Qutlimurodov raislik qilayotgan “Saparboy Qodir” fermer xöjaligi ham tumanda birinçilardan bölib paxta yiğim-terimiga kirişgan edi. Xöjalikda 48 gektar yerda “Manğit-1” navli paxta yetiştirildi. Bugunga kelib uşbu xöjalik dalalaridan 40 tonnadan ziyod birinçi navli paxta terib olindi. Hosildorlik gektaridan 30 tsentnerni taşkil qilmoqda. Xöjalik terimçilari bir kunda 6-8 tonna hosil topşirib, tumanimiz “oq oltin” xirmoni yuksalişiga munosib hissa qöşişmoqda.
Terimçilarga bepul tuşlik qilib berilmoqda. Terim ilğorlari fermer xöjaligi tomonidan alohida rağbatlantirib borilmoqda. Bu rağbat haşarçi-yu terimçilarga yanada köproq kuç-ğayrat, şijoat bağişlamoqda.
Joriy yilda tumanimizda paxta xom aşyosi yetiştiruvçi fermer xöjaliklari uçun barça şaroitlar yaratildi. Uruğlik çigit, mineral öğit, yonilği-moylaş mahsulotlari öz vaqtida dala boşiga yetkazilib berildi. Fermer xöjaliklari texnika taʼminoti yaxşilandi. Çigit zamonaviy seyalkalar yordamida yerga qadaldi. Ana şu omillar va suvdan oqilona foydalaniş, fermer xöjaligi dalalarida mehnat qilgan dehqonlarimizning fidokorona mehnati evaziga dalalarda möl hosil töplaşga erişildi.
Hozirda tumanimiz dalalarida halol mehnat hamda katta xarajat evaziga yetiştirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yiğib-terib oliş işlari qizğin davom etmoqda.
Klaster korxonasi – masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi tomonidan 352 ta fermer xöjaligi bilan şartnoma tuzilgan bölib, çigit ekilgan maydon 13900 gektarni taşkil qiladi. Uşbu paxta dalalarida hosildorlikni 32,2 tsentnerga, yalpi hosilni 44 ming 755 tonnaga yetkaziş möljallangan.
Tumanda 2022-yil paxta yiğim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik köriş va uni optimal muddatlarda amalga oşiriş maqsadida çora-tadbirlar dasturi işlab çiqildi. Şunga köra 290 ta terim otryadlari taşkil qilindi. Terim otryadlariga tajribali xöjalik faollaridan iborat otryad rahbarlari tayinlandi. Terimçilarga öz vaqtida terim pullarini berib borişni taşkil qiliş maqsadida bank xodimlari biriktirildi.
Otryadlarga jami 23 ming 266 nafar terimçilar jalb qilingan bölib, ular ayni mavsum davomida terimga kömaklaşişmoqda. Şundan 9283 nafarini paxta töqimaçilik va fermer xöjaligi işçilari, 13983 nafarini uyuşmagan aholi taşkil qiladi.
Paxta yiğim-terim işlarida 260 ta paxta taşiş texnikalari, 535 ta tirkamalar, 580 ta tarozi, 580 ta qozon-öçoq, 580 ta samovar, 870 ta suv saqlaş baklari, 52108 ta etaklardan foydalanilmoqda. Terimçilar mavsum boşidan 19-sentyabrgaça tumanimiz paxta xirmoniga 6206 tonnadan ortiq paxta topşirişga muvaffaq bölişdi.
Barça hududlarda bölgani kabi “Saparboy Qodir” fermer xöjaligi paxtazorlarida terim işlari ayni avjida. Ilğor terimçilardan Gavhar Boltaboyeva, Xolida Pasiyeva, Nargiza Örozboyeva, Sayyora Haydarova, Şahlo Şomurodova, Şohida Eriyeva, Muhabbat Quvvatboyeva va boşqalar terim surʼatini kun sayin oşirib, xöjalik xirmonini yuksaltirişga munosib hissa qöşişmoqda va barçaga örnak bölişmoqda.
Dastlabki dovondan oşib, yanada yuksak xirmon barpo etiş istagida paxta terimini jadal davom ettirayotgan “Saparboy Qodir” fermer xöjaligi kabi xöjaliklar soni tumanimizda kundan-kunga ortib bormoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶