SABOQ
Iş vaqti tugadi. Uçinçi qavatdan tuşayotib öylayman: yomğir yoğayapti. Uyga yomğirda qolmay, tezroq yetib borişim kerak. Soat 18 lar çamasi. Pulim faqat avtobusga yetadi, men non ham sotib olişim kerak. Buning ustiga maoş bu oy keçikayapti. Kayfiyatim ham şunga yaraşa...
Yöldaman. Özimça hayotning sinovlari-yu, mukofotlari haqida qöşiq aytib ketayapman. Noşukur bölma, deyman özimga özim. Xayol bilan bölib bekatga yetganimni sezmay qolibman. Hamon bir savolning javobini yeçolganim, bir qarorga kelolganim yöq: non olsammikan yo avtobusga çiqsammikan?
Bekatda bir yoşi katta ayol turibdi. Yomğirda ivib ketibdi. Qöllaridagi sumkalarning oğirligidanmi yo uzoq yöldan kelganmi – toliqqani şundoq sezilib turibdi. Ayol mendan manziliga qanday borişi mumkinligini söradi. U söragan uy biz turgan bekatdan yuz qadamça narida edi. Uning yoniga borib, qöllaridan sumkalarini oldim.
– Yuring, mening ham yölim şu yoqqa, – dedim. Ayol mehmonga kelayotgan ekan. Keksalikda, möljalni töğri olib kelibdi-yu, buyoğini yaxşi eslolmay turgan ekan.
Manzilga keldik. Qölimdagi sumkalarni ostonaga qöyib, orqamga qaytayotganimda onaxon meni töxtatdi. Qarasam, u non kötarib, men tomon kelayapti. Qarşiligimga qaramay qölimga tutqazdi...
Avtobusga çiqib uyga qaytdim. Jilmayib qöydim:
– Hayot qançalar gözal!
Va bir narsaga iqror böldimki, odam har qanday tang holda ham yaxşilikdan umidini uzmasligi kerak.
Sevara ISMOILOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶