25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 02:50
Maqolalar 👁 427

Qabristonda

Qabristonda

(Boʻlgan voqea)

Erining yil oshini oʻtkazishgan kuni qaynonasi Zulayhoni bagʻriga bosib, oʻksib-oʻksib yigʻladi.

- Hammamizdan ham senga qiyin, bolam, ikki norasida goʻdak bilan juda yosh qolding, Erali kenja bolam edi, peshonamga sigʻmadi, - dedi ogʻir xoʻrsinib. – Ilohim, bolalarining umri uzoq boʻlsin.

Bibijon ena koʻz yoshlarini roʻmolining uchi bilan artarkan, yana nimadir demoqchiday, kalovlandi.

- Boya onangga aytdim, agar... agar turmush qurish niyating boʻlsa... men roziman, bolam, faqat, faqat Eralimdan yodgor nevaralarimni...

Zulayho dong qotib qoldi. Enasi nimalar deyapti? Uni Eralining xotiralaridan ayirmoqchimi? Bu gap oʻzi kimdan chiqdi?

- Ena! – Zulayho kelin boʻlganidan beri birinchi marta ovozini koʻtarib, Bibijon enaga tik boqdi. – Meni bu uydan haydamoqchimisiz? Haydasangiz, ketaman, lekin siz oʻylagan ishga aslo rozi boʻlmayman...

Zulayhoning koʻzlariga negadir yosh kelmadi, bir yildan beri tunlari yum-yum yigʻlab chiqadigan, birov Eralining nomini aytsa, koʻziga gʻir-r yosh keladigan Zulayho hozir ich-ichidan faryod qilsa-da, bu faryod boʻgʻzini kuydirsa-da, otliqib chiqmadi. Uning butun vujudi ana shu faryod oʻtida lovullab yonayotgan kabi keng hovliga sigʻmay qoldi. Qilayotgan ishini ham unutib, darvozadan otilib koʻchaga chiqdi. U saldan keyin uylaridan yarim chaqirimcha olisdagi qabriston tomon chopib borayotganini angladi. Ana, Eralisining  qabri, yonida biri-biriga chirmashib oʻsgan ikki tup toʻrongʻil, toʻrongʻil tagida moʻʼjazgina kursi. Bu kursini qayn ogʻasi olib kelib qoʻygan.

Zulayho qabrni bir aylanib chiqdi-da, oʻsha kursiga oʻtirdi. Ogʻir tin olib, Eralining tugʻilgan va vafot etgan sanalari bitilgan muzday qora marmarga yuzini bosdi. Sassiz-samarsiz uzoq oʻtirdi. Erali bilan ilk tanishgan kunini, farzandlari tugʻilgandagi eng baxtiyor, saodatli damlarini xotirladi...

U qancha vaqt qabrtoshga yuzini bosib oʻtirdi, bilmaydi. Faqat quyosh botayotgan paytda oʻzining Erali bilan xayolan suhbatlashib, hovrini bosib olganini his etdi.

- Turaqol, qizim! – uning yelkasiga kimdir qoʻlini qoʻydi. – Kun botayotgan paytda qabrni ziyorat qilmaydilar.

Bu qabriston qorovuli Niyoz bobo edi.

Zulayho Niyoz boboga salom berdimi, yoʻqmi, bilmaydi, bilgani, boboning koʻkragiga boshini qoʻyib, oʻksib-oʻksib yigʻladi.

- Yigʻla, bolam, yigʻlayver, yengil tortasan, ana, Bibijon ham bu tomonga kelayotir.

Qabriston darvozasida haqiqatan ham qaynonasi koʻrindi, u Abdumoʻʼminni yetaklab, Abduraufni opichlab olgancha Eralining qabridan koʻz uzmay kelardi.

- Meni ne koʻylarga solding-a, bolam, ne koʻylarga solding, – qaltiroq qoʻllari bilan oʻgʻlining qabrini siladi onaizor.

- Unday dema, singlim, Allohga shak keltirma, mana bu qora koʻzlar omon boʻlishsin, endi turinglar, kun botib, namozshom kirayotir, bunday osiy boʻlmanglar.

Niyoz bobo enasi va onasiga javdirashib boqib turgan ikki norasida goʻdakni yetaklagancha qabrdan uzoqlasharkan, birdaniga:

- Voy, ilon! – degan hayqiriqdan ilkis ortiga qaradi. Niyoz boboning ortida, ikki qadam narida, Bibijon ena bilan Zulayhoning oldilaridan buralib-buralib kesib oʻtayotgan qop-qora ilonga koʻzi tushgan Niyoz bobo:

- Astagʻfurulloh, - dedida, choʻk tushib, qandaydir duoni qayta-qayta oʻqidi va :

- Alloh Eraliga ikki oʻgʻil beribdi, shuning shukronasini qilmaysizlarmi? Noshukurga Allohning jazosi, sabrliga mukofoti borligini nega oʻylamaysizlar?

Ilon buralib-buralib ulardan uzoqlasharkan, Bibijon ena Zulayhoning qoʻllaridan mahkam tutgancha buyruq ohangida qatʼiy gapirdi:

- Ikkinchi bunday qila koʻrma, erking ham, ixtiyoring ham oʻzingda!

Qabriston darvozasidan chiqisharkan, Zulayho qaynonasiga:

- Rahmat sizga, onajon! – dedi yuragi toʻlib. – Men endi ham Erali, ham Zulayho boʻlaman, baxtimga siz va nevaralaringiz omon boʻlishsin.

Qizini xotini qazo qilgan yaqin qarindoshiga uzatishni oʻylab, Bibijon enaga kuyovining yil oshi kuni shu haqda ogʻiz ochgan Zulayhoning onasi bir kelganida:

- Bolam, endi 30 yoshga toʻlding, hayoting.., - deb gap boshlagan edi Zulayho:

- Mening hayotim mana shu oilada! - dedi shartta onasining gapini boʻlib, - Baxtimni oʻylasangiz, ikkinchi mening hayotim bilan savdolashmang!

Shu boʻldi-yu, Zulayhoning qulogʻi tinchidi, erining xotirasi, qaynonasi, farzandlari quvonchi bilan yashay boshladi. U mana shu xayoliy orzulari bilan juda baxtli edi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026