14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:06
Maqolalar 👁 201

BIR BOʻLAK SARIYoGʻ

BIR BOʻLAK SARIYoGʻ

Yoʻlak boʻylab ketar ekanman, yoʻl boʻyidagi paxsa devorning yoʻlak tarafiga nok daraxtining shoxlari gʻarq pishgan mevalarini koʻtarolmay, egilib turganiga koʻzim tushdi. Roʻparamda kelayotgan kelinchakni nashvatilarning xushboʻy hidi oʻziga tortdimi yoki kelinchak vujudidagi dunyoga kelishiga sanoqli oylar qolgan jajjigina mehmonning istagini sezdimi, beixtiyor qoʻllarini egilgan shoxdagi noklarga uzatdi. Shoshilgancha, noklarning birini hidladi. Birini shoxdan uzib sumkasiga soldi.

Yoshgina kelinchakni chetdan kuzatib borar ekanman, xayolga toldim. Bir xayolim: "Ha mayli, bu ayol boshqorongʻiga oʻxshaydi, farzandini eson-omon bagʻriga olsin-u, farzandi insof-u diyonatli, yaxshi inson boʻlib ulgʻaysin", desa, bir xayolim:

"Eh, kelinchak shu ishini xato qildi. Hali tugʻilmagan bolasiga birovning haqqini yegizdi, endi uning bolasidan diyonatli inson chiqarmikan", – deydi.

Qiziq, inson hali dunyoga kelmay turib uning nafsi yaralar ekan-da! Demak, nafs insondan oldinroq tugʻilib, uning soʻnggi nafasigacha hamroh boʻladi. Chorak asr yashab anglaganim, insoniyat qanchalar toʻkis, bekam-koʻst yashagani sayin nafs uni iskanjaga olaveradi. Oqibatda isrofgarchilik, manmanlik, noshukurlik kabi illatlarga giriftor qiladi. “Och koʻzni tuproq toʻldirar”, degan maqol balki shunga aytilgandir.

Alqissa, odamzot bunday illatlarga duch kelmaslik uchun qanoatni, tarbiyani bolaligidan oʻzida shakllantirishi kerak. Yuqoridagi voqea sabab, bolaligim yodimga tushdi. Bolaligimda onajonim har kuni ertalab jigarlarimga va menga bir boʻlakdan sariyogʻ kesib, choy bilan oldimizga qoʻyar edilar. Har birimiz oʻzimizga tegishli sariyogʻni tanovul qilardik. Bir-birimiznikiga sira koʻz olaytirmasdik. U paytlar hali akalarim yosh, roʻzgʻorning zalvorli yuki birgina dadamning boʻynida boʻlganligi uchun birovdan oldin, birovdan keyin, deganlaridek kamtarona hayot kechirganmiz. Ana shunday kunlarning birida biz har kuni tanovul qiladigan sariyogʻdan atigi bir boʻlak qolibdi. Piyoladagi choyni hoʻplar ekanman, jigarlarim sariyogʻni men tomonga itaradi, men esa ular tomon. Oxiri onajonim soʻnggi boʻlak sariyogʻni bizga teng taqsimlar ekan:

-Bolalarim, kelajakda qanday hayot kechirishingizdan qatʼiy nazar, doimo mana shunday ogʻzibirchilikda boʻling. Bir-biringizga mehr-oqibatli boʻling. Qanoatli boʻling, – degan edilar.

Mana, oradan qancha yillar oʻtdi. Qancha suvlar oqib oʻtdi. Biz ulgʻaydik. Fikrimiz ham ulgʻaydi. Oilamiz ham. Endi hayot oʻzgardi. Sodda qilib aytganda, dasturxon toʻla noz-neʼmat, muzlatgich toʻla yegulik. Ammo, dunyo neʼmatlari jam boʻlganda ham bolaligimdagi oʻsha bir boʻlak sariyogʻga teng kelolmaydi. Uning oʻrnini bosolmaydi. Chunki oʻsha bir boʻlak sariyogʻ men uchun shunchaki nafsni qondiruvchi mahsulot emas, hayotimga kirib kelgan bir boʻlak QANOAT, bir boʻlak OQIBAT edi...

Aziza MADRAHIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019