14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:05
Maqolalar 👁 348

BALIQ OVI

BALIQ OVI

(Hayotiy voqea)

Bu voqea 1982  yili sentyabr oyining oxirlarida boʻlgan edi. Ikki yillik harbiy xizmatdan keyin  Buxoro pedagogika institutiga oʻqishga kirdim. Men oliygohni tugatib kelgan kunlarim  –  paxta  yigʻim-terim  davri   edi. Oradan   yillar oʻtib,  hamqishlogʻim Oʻrozimbat bobo bilan duch kelishimga oʻtin gʻamida Amudaryo boʻyiga chiqishim sababchi edi.

Daryo boʻyida eski oʻzanni yoqalab kelayotganimda  baland  tuproq damba ustida  ovulimizning  keksalaridan biri Oʻrozimbat boboni koʻrib qoldim va “Assalomu alaykum, bobo” deb salomlashdim. U kishi  salomimga alik olib, mening kimligimni soʻradi. Men bundan ajablanmadim. Chunki armiyadan qaytgach, bobo bilan duch kelmagandik.

–  Men muallim  Davlatboy akaning oʻgʻliman, – dedim. Shunda bobo menga “Seni Xudoning oʻzi yetkazdi” deb  suvining  bir tarafi daryoga tutashgan  eski oʻzandan  toʻr bilan baliq ovlashni taklif qildi.

     Bobo   qopidagi toʻrni chiqarib, suvga yoyib, ov qilish taraddudini boshladi. Oʻzim ham bunday mashgʻulotlarga  ishqiboz  boʻlganim uchun oʻtinga kelganimni unutib,  ishga kirishib ketdim.  Kuzak boʻlishiga qaramay, tush payti kunning tafti yozdagidek edi. Lekin suv salqin. Odam tanasiga yoqmas,  etni junjiktirardi. Mening chekimga suvli qir boʻylab toʻr tortish tushgan  edi. Baliq ovi shu tariqa boshlandi. Oʻzanning yarimiga yetganimizda toʻrimiz suv tubidagi shox-shabbalarga ilib,  oldinga  tortishning iloji qolmadi. Shunda bobo menga yuzlanib “sen toʻrga ilashib qolishing mumkin, men oʻzim  ayirib olaman”, deb yechinib suvga choʻngʻidi. Suv salqin, buning ustiga  chuqur edi. Chuqurlikdagi  suv yuzasidan  ham salqin boʻlishini bilardim. Oʻrozimbat bobo suvga shoʻngʻiganiga bir-bir yarim minutdan oshib ketgan boʻlsa-da,  suv yuziga chiqay demaydi. Meni vahima bosa boshladi. Nahotki... biron kor-hol boʻlgan boʻlsa?  Men uni qutqarish uchun  endi suvga shoʻngʻimoqchi edim, bobo suvdan chiqib, “toʻr chotlarga ilib qolibdi, boʻshatdim tortaver,” dedi. Men shunday qildim. Biz oʻzan suvining  oldi berk joyiga yaqinlashdik. Oldimizda yirik-yirik baliqlar koʻrina boshladi.  Shunda bobo mendan:

  – Senga qancha baliq kerak, – deb soʻradi. Shunda menda boboga nisbatan boshqacha fikr uygʻondi. Shuncha baliqdan  menga ozgina bermoqchimi, deb oʻyladim,  butun oilamizga  2-3 tasi yetib qolar-ov, deb chamaladim va aytdim. Lekin  baribir  koʻproq berar degan umid bor edi.  Chunki toʻrimizda baliq koʻp , katta-katta edi. Toʻrni tortishdan toʻxtadik. Baliqlar toʻrga urilib  chiqishga urinardi. Lekin toʻr qalin va keng boʻlganligi tufayli chiqib keta olmas edi. Bu manzarani koʻrishning oʻzi zavqli edi.  Bobo menga atalgan 3 ta baliqni tashqariga uloqtirdi. Oʻzi ham 3-4 ta baliq olib qolganini  “baliq ertaga ham kerak”, deb toʻrdan ozod qildi.  Shunda mening unga nisbatan fikrim oʻzgardi,  koʻnglimda iliqlik paydo boʻldi. Sababi u kishining tabiatga boʻlgan munosabati  juda ibratli edi. Toʻridagi boylikni oʻziniki emas, tabiiy boylik deb hisoblab, uni  avaylab, meʼyorida foydalanish kerak degan eʼtiqod bor edi. Chunki, suvning bir tarafi  Amudaryoga tutashgan, toʻrdan ozod boʻlgan baliqlar,  albatta, oʻz tirikligini davom ettirishiga boboning ishonchi komil edi.

Toʻliboy  YOʻLDOShEV,  32-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019