BOĞDORÇILIK VA BALIQÇILIK SOHALARIDA AMALGA OŞIRILAYoTGAN IŞLAR YuZASIDAN PRESS-TUR TAŞKIL ETILDI
Qoraqalpoğiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi hamkorligida Amudaryo tumanida ommaviy axborot vositalari uçun press-tur taşkil etildi.
Tadbirda Amudaryo tumani va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi bir qator OAV vakillari iştirok etişdi. Mazkur tadbir tumandagi meva va uzum yetiştirişga ixtisoslaşgan fermer xöjaliklari faoliyati, yerdan unumli foydalaniş tajribasi hamda qişloq xöjaligini rivojlantirişga qaratilgan amaliy çora-tadbirlarni jamoatçilikka yetkazişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari dastlab Çoyköl ovulidagi “Amu anorlari” MÇJ tomonidan barpo etilgan 8 gektarlik anor boğida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdilar. Xususan, Amudaryo tumanida anorçilik yönalişini rivojlantiriş, anorning mahalliy iqlim şaroitiga mos navlarini yaratiş, mavjud anor daraxtlarining Qoraqalpoğiston Respublikasining özgaruvçan ob-havosiga moslaşişini taʼminlaş, mavsumiy işlarni taşkillaştiriş borasidagi boğbonlarning tajribalari ham örganildi.
Press-tur iştirokçilari ayni paytda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar natijasida möl hosil töplayotgan har bir tup anor daraxtidan kuzda qança meva yiğiştirib olinişi böyiça boğbonlarning rejalari, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga munosib hissa qöşişga qaratilgan ezgu niyatlari bilan qiziqdilar. Mazkur boğda yetiştirilayotgan anor mevalari tuman aholisining ehtiyojini töla qondirişdan taşqari, hosilning bir qismini yondoş içki bozorlarga yönaltiriş imkoniyatining mavjudligi iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Şundan söng, press-tur iştirokçilari “Manğit omad savdo” MÇJga qaraşli 12 gektar maydonda taşkil etilgan uzumzor boğda ham böldilar. Sohibkor boğbonlar tomonidan uzumzorda parvariş qilinayotgan serhosil uzum navlari, mevalarni zararkunanda haşarotlardan asraş maqsadida olib borilayotgan kimyoviy işlov berişning ahamiyati, şuningdek, uzum toklarini xomtok qilişning hosildorlikni oşirişdagi foydali jihatlari, mazkur xöjalik mutaxassislarining nazariy va amaliy tajribalari hamda agrotexnik yondaşuvlari haqida maʼlumotlar berildi.
Press-turning keyingi manzili “Amu tölqin baliği” MÇJ bölib, bu yerda iştirokçilar 10 gektarlik olma va 6 gektarlik örik boğlari faoliyati bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar. Şuningdek, iştirokçilarga “Amu tölqin baliği” MÇJ mutaxassislarining tumanda baliqçilikni rivojlantiriş, aholining baliqçilik mahsulotlariga bölgan ehtiyojini töliq qondirişga qaratilgan reja va taşabbuslari, bu borada amalga oşirilayotgan loyihalar, ularning natijadorligi haqidagi maʼlumotlar ham taqdim etildi. Bundan taşqari, mazkur MÇJ tasarrufidagi 10 gektarlik olma va 6 gektar maydondagi örikzor boğlar, mazkur boğlarda yetiştirilayotgan mevalarni höl va quritilgan holda qişga saqlaş, aholi ehtiyojidan ortiğini içki bozorga yönaltiriş hamda MÇJning eksport salohiyati xususida raqamlar asosida batafsil maʼlumotlar berildi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, hozirgi kunda Amudaryo tumanida boğdorçilik va uzumçilik yönalişida 61 ta qişloq xöjaligi korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy yer maydoni 1046 gektarni taşkil etib, şundan 641 gektari — hosildor, 405 gektari esa yangidan barpo etilgan boğlardir.
Joriy yilning bahor mavsumida fermer va qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan 76 gektar maydonda intensiv boğlar taşkil etildi. Ayniqsa, tumanda boğdorçilik yönalişiga qiziquvçi faol yoşlar soni ortib bormoqda.
Şuningdek, Yoşlar agentligi tuman bölimi hamda tuman Agrosanoatni rivojlantiriş agentligi mutaxassislari hamkorligida taşkil etilayotgan bu kabi çora-tadbirlar tufayli boğlarda işsiz yoşlarni bandlikka jalb etiş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Press-tur iştirokçilari tadbir davomida nafaqat tumanda boğdorçilikni rivojlantiriş, balki boğdorçilik mahsulotlarini qişgi mavsumga saqlaş, qayta işlaş, baliqçilik sohasini zamon talablari darajasida rivojlantiriş borasidagi innovatsion ğoya va taşabbuslar, anorçilikni daromadli sohaga aylantiriş borasidagi reja va tajribalar bilan ham batafsil tanişiş imkoniga ega böldilar.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶