14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:09
Maqolalar 👁 328

“KOʻNGLIMDA BIR YoR, QOʻYNIMDA BIR YoR”...

“KOʻNGLIMDA BIR YoR, QOʻYNIMDA BIR YoR”...

Qadimgi podsholik davrlarida tugʻilmaganim uchun shukronalar aytaman. Chunki tarixdan maʼlumki, oʻsha davrlarda har bitta podshohning kamida oʻnta, yigirmatadan xotini boʻlgan. Ayrim afsonalarda qirqtadan ortiq deb aytiladi. Achinarlisi, oʻsha zamonlarda yoshi bir joyga borib qolgan zolim shohlar yoshgina qizlarni majburan nikohiga olib, ularning orzu-umidlarini, umrini xazon qilgan. Tarixni qoralashdan yiroqman! Lekin oʻsha davrning mana shu kabi ayrim “sarqit”lari bizgacha yetib kelganday goʻyo. Yaʼni koʻpxotinlik. Hozirgi erkin, demokratik jamiyatda koʻpxotinlik masalasini muammo sifatida olib chiqish balki kimlargadir yoqmas. Shunday boʻlsa-da, bu borada oʻz mulohazalarimga toʻxtalib oʻtmoqchiman.

Yurtboshimizning shu mavzudagi ushbu  soʻzlarini aynan keltirib oʻtsam: “Bugun hayotimizda “ZAGS” yaʼni fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organidan oʻtmasdan turib, pul evaziga yashirincha shaʼriy nikoh oʻqitish, xotin ustiga xotin olish holatlari ham afsuski, uchrab turibdi. Bir paytlari hayotning oʻzi rad etgan qoʻshxotinlik balosi qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi barchamizni tashvishga solishi kerak. Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriy “Oʻtkan kunlar” romanida kundoshlik tufayli butun bir oila boshiga tushgan fojealarni juda taʼsirchan tasvirlab bergani nahotki saboq boʻlmagan boʻlsa? FHDYo organidan berilgan hujjatga ega boʻlmagan shaxslarga shaʼriy nikoh oʻqigan har qanday mullaga, agar u vallomat boʻlsayam jinoiy jazo berish koʻzda tutiladi”.

Dunyoda har kimning oʻz haqiqati bor. Balki qoʻshxotinlik kimningdir nazarida ijobiydir. Ammo inson organizmida yurak bitta boʻlsa, (bu oʻzgarmas haqiqat) xoʻsh, ikkita, uchta, oilasi borlar qanday sevar ekan-a?! Ular yuragining oʻlchami kengroqmikin? Masalaning yana bir ogʻriqli tomoni – faqat shaʼriy nikoh orqali ikkinchi ayoldan tugʻilgan farzandlarning taqdiri qanday kechadi? Ota mehrini toʻliq his qilmay, kimlarningdir nazarida “oʻynashdan boʻlgan farzand” tamgʻasi ostida, nafrat bilan ulgʻayishi turgan gap. Ushbu mavzu yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganish maqsadida internet nashrlarining birida shu masala boʻyicha yozilgan izohlarni kuzatdim. Har kimning fikri har xil. Kimdir koʻpxotinlikni toʻgʻri, deydi. Kimdir xato deydi. Birov dinimizda toʻrtta xotingacha uylanishga ruxsat bor, deydi. Har kim oʻzicha haq.

Yetimning boshini silash, ana shu yetim bolalarni boqishda qiynalayotgan mazluma ayolga yordam qoʻlini uzatish, moddiy qoʻllab-quvvatlash insoniy burch. Biroq yordam berish uchun oʻsha ayolni nikohiga olishi shartmi? Yordam xolis boʻlmaydimi? Lekin hozirgi ayrim “xotinfurush”larning aksariyat qismi yetimning boshini silash, yoki gʻarib koʻngilni obod qilish uchun emas, oʻzining shaxsiy xohishlari uchun, havoi nafsi uchun ikkinchi roʻzgʻor qilayotgani koʻzga tashlanadi. Har kuni televideniye orqali berilayotgan ayrim koʻrsatuvlardagi koʻpxotinlik tufayli buzilib ketayotgan oilalarni, erining ikkinchi oilasi borligini bilmay turib oila qurib, soʻng arosatda qolgan yosh-yosh qizlarning ayanchli hikoyalarini eshita turib, bu mavzuga munosabat bildirgim keldi.

Koʻtarilgan masala yuzasidan koʻp gapirish mumkin. Xulosa esa turlicha. Nima boʻlganda ham, birovning goʻriga birov tushmaydigan dunyo bu. Har kim oʻz qilgan ishlari uchun oʻzi javob beradi.

Aziza MADRAHIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019