24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 12:08
Jamiyat 👁 735

KONSTITUTsIYaVIY OʻZGARIShLAR YuRTIMIZDA QONUN USTUVORLIGI TAʼMINLANIShIGA XIZMAT QILADI

KONSTITUTsIYaVIY OʻZGARIShLAR YuRTIMIZDA QONUN USTUVORLIGI TAʼMINLANIShIGA XIZMAT QILADI

Maʼlumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yalpi majlisda Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bir ovozdan kontseptual tarzda maʼqullandi va birinchi oʻqishda qabul qilindi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy komissiya oʻz faoliyatini davom ettirishi, fuqarolar va tashkilotlardan tushgan takliflar umumlashtirilib, Qonunchilik palatasiga kiritilishi taʼkidlandi.
Shunga koʻra yurtimizda ushbu Loyiha boʻyicha umumxalq muhokamasi qizgʻin davom etmoqda. Men ham yurtimizdagi oʻzgarishlarga befarq boʻlmagan holda, shuningdek, huquqshunos, sud sohasi masʼuli sifatida Loyihadagi zamon talablari taqozosiga koʻra kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan tanishib chiqdim.
Loyihaning 48-bandida, 109-modda birinchi qismining: 6-bandidagi «konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan» degan soʻzlar chiqarib tashlansin deyilgan. Shuningdek, 7-bandi quyidagi mazmundagi 7 va 8-bandlar bilan almashtirilsin: «7) fuqarolarning va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan ularga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish haqidagi shikoyatlarini koʻrib chiqadi; 8) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni koʻrib chiqadi», deb koʻrsatilgan.
Undan tashqari, 83-moddasining yangi tahririda qonunchilik tashabbusi huquqiga eʼtibor qaratilgan. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, oʻz davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi va Bosh prokuror ham oʻz vakolatlariga oid masalalar yuzasidan qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligi aytib oʻtilgan. Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega boʻlgan, yuz ming nafardan kam boʻlmagan fuqarolari ham qonunchilikka oid takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritishga haqliligi eʼtirof etilmoqda.
Loyihaning 49-bandida, 111-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining sud korpusi shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy printsipiga rioya etilishini taʼminlovchi mustaqil organidir», 50-bandida 112-modda: birinchi qismidagi «odil sudlovni amalga oshirish borasidagi» degan soʻzlar chiqarib tashlansin; quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin: «Sudyalarni almashtirib boʻlmaydi. Ularning vakolatlari faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga koʻra tugatilishi yoki toʻxtatilishi mumkin»; ikkinchi – beshinchi qismlari tegishincha uchinchi – oltinchi qismlar deb hisoblansin; oltinchi qismi chiqarib tashlansin, deyilgan.
 51-bandida esa, 116-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: «116-modda. Har kimga malakali yuridik yordam olishga boʻlgan huquq kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam bepul koʻrsatiladi. Tergovning va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordamga boʻlgan huquq kafolatlanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish uchun mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish printsiplariga asoslangan advokatura faoliyat koʻrsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. Advokat shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha oʻz kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi», deb koʻrsatilgan.
Nihoyatda dolzarb boʻlgan ushbu Konstitutsiyaviy tuzatishlar, albatta, yurtimizda qonun ustuvorligi taʼminlanishiga xizmat qilish bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Qayrulla Atamuradov,

Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026