14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:37
Jamiyat 👁 4,446

Pora olish, berish va unga vositachilik qilganlik uchun JAVOBGARLIK KUChAYTIRILDI

Pora olish, berish va unga vositachilik qilganlik uchun JAVOBGARLIK KUChAYTIRILDI

Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-may kungi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-372-sonli qonuni qabul qilindi.

Qonun mamlakatimizda korruptsiyaning har qanday koʻrinishi, jumladan pora bergan yoki pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada kuchaytirishni nazarda tutadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211- va 212-moddalari (pora berganlik va pora olish-berishda vositachilik qilganlik) birinchi va uchinchi qismlari sanktsiyalari oʻzgartirilib, mazkur toifadagi jinoyatlar uchun jazo pora olish jinoyati uchun belgilangan jazoga tenglashtirilmoqda. Eng eʼtiborlisi shundaki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211- va 212-moddalarining matni quyidagi tahrirda bayon etilgan:

«Pora berish, yaʼni mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali mansabdor shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210- yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;

v) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi»;

«Pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakat:

a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210- yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

b) koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;

v) bir guruh, mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon boʻlgan holda sodir etilgan boʻlsa, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish:

a) haq evaziga;

b) juda koʻp miqdorda pora olish yoki berish bilan;

v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;

g) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka ichida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi».

Qisqa qilib aytganda, pora olish ham, berish ham, unga vositachilik qilish ham jinoyatdir. Jinoyat esa jazosiz qolmaydi.

N.ShEROV,

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi SVOJJDLQK departamenti Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi, 1-darajali yurist.

(Foto - http://uza.uz/ru)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019