25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 07:20
Jamiyat 👁 65

SOXTA SALAFIYLAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

SOXTA SALAFIYLAR HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

Hozirgi zamonamizda sohta salafiylar tomonidan quyidagi: “ey birodar nega biz faqatgina Qurʼon va sunnatga va ularda kelgan sahih xabarlarga ergashmasligimiz kerak», deyayotgan daʼvo gaplarini eshitib qolamiz. Albatta bu gap oddiy musulmonga judayam ishonchli koʻrinishi mumkin va ummatni birlashishiga olib boradigan narsadek tuyulishi mumkin. Goʻyoinki ular aytganlari amalga oshsa umuman ixtilof va fitna  hamda ulamolar oʻrtasida ixtiloflar barham topadigandek. Mana shu kabi gaplarni eshitgan oddiy musulmon odam oʻz navbatida oʻzini toʻrt fiqhiy mazhabdan biriga ergashayotganini ayb sanab osongina oʻshalarni gapiga aldanib qoladi. Baʼzi bir “Salafiy»lar ushbu toʻrt mazhabni Islom dini ichidagi firqa-oqimlarga oʻhshatadilar, vaholanki toʻrt mazhab islom dinining toʻrt katta maktabi boʻlib, sahobalar va tobeinlar yoʻliga asosan qurilgandir va ularning yoʻllarini davomidir. Yana bir narsani aytib oʻtish oʻrinli boʻladi toʻrt fiqhiy mazhabni hamma “salafiylar«» ham  inkor qilishmaydi ammo mazhablar kerak emas deb mazhabboshilarni haqorat qilayotganlar koʻplab topiladi. Mazhablar kerak emas deyayotganlarni oʻzlarini Alloh taolo jazo sifatida yettiga yaqin firqalarga boʻlib tashladi. Oʻz navbatida oʻsha yettita firqa ham bir nechta turli xil firqalarga boʻlinishga ulgurib boʻldi.

Ularning haqiqiy ahvoli haqida bir misol, uzoqqa bormaylik MDH davlatlarida faoliyat olib borayotgan salafiylik tarafdori Abu Yahyo Krimskiyni Abdulla Kostekskiy murjiya deb ayblashi va Rinat Abu Muhammad Abdulla Kosteksiyni umuman sharʼiy ilmi yoʻqligida ayblashlari salafiylik firqasini inqirozga uchrayotganidan bir misol boʻla oladi. Voqeʼlikda yuqoridagi sanab oʻtilgan barcha olimlar toʻrt mazhabni inkor qilishadi, Alloh taolo ularni tafriqalanish bilan bu dunyoni oʻzida jazolab qoʻydi. Endi koʻzga koʻringan uch olim Ibn Usaymiyn, Alboniy va Ibn Bozlarni oladigan boʻlsak ularning oʻrtasida aqida masalasini oʻzida toʻqqizta masalada ixtiloflari bor bu va boshqa ixtiloflar saudiyalik olim Saʼd ibn Abdulloh Al Bariyk tomonidan yozilgan “الإيجاز في بعض ما اختلف فيه الألباني وابن عثيمين وابن باز«1»-“Alboniy va Ibnu Usaymiyn va Ibnul Boz ixtilof qilgan baʼzi masalalar haqida qisqacha bayon». Mazkur kitobning 53-betidan boshlab aqidaviy ixtiloflari uchun bir boʻlim ajratilgan. Mana shu ixtiloflardan bilsa boʻladiki ular oʻzlari Qurʼon va sunnatni qay birlari toʻgʻri talqin qilayotganlarini kelisha olmayaptilar, endi buyuk toʻrt mazhabboshining yoʻlini ushlash xato deyishlari umuman aqlga toʻgʻri kelmaydigan narsa ekanini. Ajablanarlisi Qurʼon va sunnatga ergashaylik birlashamiz deydilar-u ammo oʻzlari ixtilof qilish mumkin boʻlmagan aqida masalasida kelisha olmaydilar. Toʻrt mazhab ulamolari esa aqidaviy masalada ixtilof qilmasliklari (ixtiloflar faqat lafziy) hammaga maʼlum. Ahli sunna valjamoa eʼtiqodining imomlari Ashʼariy va Moturudiy oʻrtasida ixtilof faqat ikkinchi darajali masalalarda va taʼrif berishda boʻlgan, farqlari bir narsani isbotlashda faqat ishlatilgan soʻzlarida hamda yondashuvlarida boʻlgan. Bu ikki imom sahobalar va salafi solihiynlarning fahmi ila ish tutishgan va ahli sunna valjamoa eʼtiqodining himoyachilari boʻlishgan.

Shundan kelib chiqib aslida biz ularga qarata:“Butun ummatni Qurʼon va sunnatni bir xil fahmlashga chaqirganizdan koʻra oʻzingiz ergashayotgan ulamolaringa nasihat qiling, oldin oʻzlari aqida masalasida kelishib olishsin!» deb aytishimiz toʻgʻri boʻladi.Oxirgi yillarda aksar bemazhablar tarafdan sahoba va tobeinlar manhaji niqobi ostida “salafiylik” bayrogʻini baland hilpiratish holatlari koʻpaydi. Najdlik Muhammad ibn Abdulvahhobning izdoshlari ham bugun “vahhobiy” degan atamadan voz kechishib oʻzlarini solih salaflar yoʻlidamiz deb iddao qilishmoqda. Nosiruddin Alboniy shaxsiyati xuddi oʻsha “salafiylik” targʻibotchilari orasida dohiylik kasb qilgan shaxslardan biridir. Salafiylar Nosir Alboniy shaxsiyatiga baho berishda juda haddan oshishgan. Uni “Asr muhaddisi”, “Sunnat bilimdoni”, “Sunnat homiysi” va hokazo balandparvoz ilmiy unvonlar bilan laqablab olishgan.

Shuningdek, salafiylar orasida oxirgi yillarda fiqhiy va hatto aqidaviy ahkomlarda ham Alboniy fikrlariga murojaat qilish holatlari birlamchi odatga aylandi.

Hukmingizga havola etilmish ushbu kichik risolada “Salafiylik” oqimi rahnamolaridan biri Nosir Alboniyning toʻrt mazhab aqidasi va fiqhiga xilof ravishda chiqargan bemaza fatvolari qator terib chiqilgan. Ahli sunna eʼtiqodli har bir ahli ilm bu fatvolar bilan tanishib chiqar ekan ayrim oʻrinlarda beixtiyor “astagʻfirulloh” deb yoqa ushlaydi. Baʼzi oʻrinlarda esa Nosir Alboniyning mantiqsiz fatvolaridan kulgisi kelsa, ayrim joylarda dinimiz nomidan gapirgan bu odamga achinib yigʻlagisi ham keladi.

Ushbu salafiylardan biri kitobida bunday yozgan:  "Meni ularning baʼzilari Ahli sunna bu - Ashʼariy va Moturidiylardir,  deya iddao qilishgani va salaflarga tajsim va tashbehlik ila tuhmat qilishgani hayratga soldi".

Uning bu qavlni eshitgandagi ajablanishi undagi jaholat va taassubning darajasiga dalolat qiladi. Uning bu kalomiga mulohazalarimiz bor.

Bu kishining "Ularning baʼzilari Ahli sunna bu - Ashʼariy va Moturidiylardir,  deya iddao qilishadi", degan soʻzi botildir. 

Zotan,  "Ahli sunna bu - Ashʼariy va Moturidiylardir", degan qavl sohiblari faqatgina baʼzilar emas, aksincha, ular ahli sunnaning jumhur ulamolari va  musulmonlarning mutlaq ulamolari jumhuri hamdir.

Bu aytilganlar maʼrifati uchun mutaqaddim va mutaaxxir ulamolar tabaqasi va tarjima kitoblariga,  ibn Subkiy,  ibn Asokir,  ibn Hajar,  Saxoviy,  Qozi Iyoz,  Toshkoʻprizoda  va Najmuddin Gʻazziy va boshqa koʻplab olimlar qavllariga  murojaat qilish kifoyadir.

Ammo, muallifning  "ularning baʼzilari salaflarga tajsim va tashbehlik ila tuhmat qilishadi", deb yozganining oʻzi ham  tuhmatdir.

Zotan,  "salaf" kalimasi mutlaq ishlatilganida sahobalar, tobeʼinlar va tabaʼa tobeʼinlar zamoni iroda qilinadi.

Biron bir Ashʼariy yoki Moturidiy olimlarining salaf olimlarini tajsim va tashbehda ayblagani bormikan?

Agar bunday degan olim ulardan topilmasa va topilishi mumkin ham emas va hech qachon topilmaydi ham, unda ushbu kimsa oʻziga bundayin tuhmatdan iborat soʻzni aytishga qanday ijozat va jurʼat qildi ekan?  Buning birgina javobi esa uning oʻta mutaassib ekani va oʻta gʻuluv ketganidir.

Haqiqat shuki, Ashʼariy va Moturidiylar  Qurʼon va Sunnatning zohiridangina dalil oladigan, shunga mahkam yopishib olgan baʼzi kimsalarni adashganlarini aytishgan.

Garchi bu toifalar salaflar yoʻlini iddao etishsada, ular salaflar yoʻlini tutganlar emasdir. Garchi oʻzlarini imom Ahmad rahimahullohga nisbat berishsada, imom Ahmad rohimahulloh ular aqidasida emasligi shubhasizdir.

Darhaqiqat, zamonu tarixlar osha to hozirgi zamongacha ham  Ahli sunna val jamoa aqidasini mustahkam himoya qilib kelayotganlar bular - Ashʼariy va Moturidiylardir.

Bu qavldan esa faqatgina  moʻʼtabar boʻlmagan yoki mutaasib va takabbur kimsagina bexabarlikni daʼvo qiladi.Bu toifalar garchi oʻzlarini salaflar deyishsada, ular salaflar yoʻliga zid aqidada ekani va salafi solihlarga umuman aloqasi yoʻqligi kunday ravshan.

Zotan, salaf ulamolari hech qachon Allohga makon, jism, tashbehni ifoda etishmagan. Biron bir joyda oʻrnashgan, deyishmagan. Biron bir oʻrinda oʻtiradi, deb aytishmagan. Aksincha, bu qavllarga raddiyalarni yozishgan.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak sohta salafiylar oʻzlari chaqirayotgan daʼvatlari bekorga aytilgan vaznsiz gapdan boshqa narsa emasligi yuqoridagi misollardan maʼlum boʻldi. Alloh taolo barchamizni turli xil fitnalardan asrab haq yoʻlidan adashtirmasin.

Manbalar asosida: Amudaryo tumani "Noʻgʻoy eshon" jomeʼ masjidi imom xatibi Oʻktam Qurbaniyazov tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi ▶ Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi ▶ Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026