Közim qaroğida ulğay, bolajon!
Azizim! Bu dunyoning barça taşvişlarini bir çetga qöyib, çor-atrofga olamça hayrat, hayajon bilan ilk qadamini qöyayotgan jajji bolajonga bir qarang! Beixtiyor uning gödaklarça hadik, ayni damda qiziqiş bilan olğa intilişidan zavqlanib ketdingiz. Qoqilib ketmasin, deya qadamiga poyondoz bölgingiz, qöllaridan tutib ravon, emin-erkin olğa intilişiga kömak bergingiz kelib ketdi, beğubor kulgusiga jon nisor qilgudaysiz, yurak-yuragingizdan uning kamolini tilaysiz, uni dolğali dunyoning tölqinlaridan közi qaroğingizda asragingiz keldi...
Globallaşuv asri, axborot asri, yuksak rivojlaniş asri deya nomlanayotgan bizning bugungi davrimizda bola kamoli uçun harakat u dunyoga kelmasidan oldin boşlanadi. Avvalo homilaning normal rivojlanişi, ona soğliği muntazam nazorat qilib boriladi va zarur hollarda yordam körsatiladi. Dunyoga kelgan çaqaloqning ulğayişi, aqliy, jismoniy rivojlanişi uçun barça şaroitlar mavjud. Maktabgaça taʼlim, umumtaʼlim muassasalarida ularning zamonaviy ilm-fanni çuqur egallaşlari, tarbiya olişlari uçun barça şaroitlar muhayyo. Taʼlimning keyingi bosqiçida esa yoşlar taʼlim-tarbiya olibgina qolmay, kasb-hunar ham egallaydilar, öz tanlagan kasbi böyiça ilk könikmalarga ega böladilar. Va kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tugatayotgan öğil-qizlar işga ham joylaştiriladilar.
Mamlakatimizdagi bolalar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar qançalik keng qamrovli va istiqbolli bölmasin, taşvişlanarli taʼsir körsatuvçi omillar ham mavjudligi barçamizga birdek ayon. Bu – bolalar qay birini töğri yo notöğriligini anglab ulgurmay soniya sayin internet tarmoği orqali oqib kelayotgan axborotlar oqimidir. Bu axborotlarning, xususan Yevropa "ommaviy madaniyatining” yoşlar ongidagi taʼsiri hozir şu darajaga yetdiki, maktabning boşlanğiç sinf öquvçilari ham uruş, qirğinbarot, bir-birovni qiynaş kabi manzaralar aks etuvçi kinofilmlarni mijja qoqmay köradi. Jabrdiydaga açiniş örniga ozor beruvçiga havaslanib qaraydi, maşinalarning töqnaşuvini qiyqirib çapak çalib olqişlaydi. "Ommaviy madaniyat” deb nomlanuvçi öta axloqsizlik, behayolik, demokratiya niqobi ostidagi hayvoniy hirs va nafsiy buzuqlik kabi illatlar tasvirlangan manzaralar yoşlarimiz tarbiyasiga salbiy taʼsir körsatayotganidan köz yumib bölmaydi.
Angliyaning "Gardian” gazetasi yozişiça, mamlakatda oila qurganlarning uçdan biri tezda ajraşib ketadi. Frantsiyada ötkazilgan sörovlarga köra 48 foiz öquvçi qizlar nikohsiz tuğişni mutlaqo ayb sanamasligi maʼlum böldi. Amerikalik 12 yaşar bola öz sinfdoşlariga qurol öqtalib, maktab maʼmuriyatiga ularni qöyib yuboriş uçun talabnoma qöydi. Bularning bari Yevropadagi tizginsiz "ommaviy madaniyat”ning bolalar hayotidagi körinişlaridir.
Taşvişlanarlisi bu axborotlarnibizning bolalarimiz ham tinglayotgani, internet, turli disklar orqali nomaqbul, fahş, zöravonliklar aksettirilgan filmlarni körayotganidir. Globallaşuv jarayoni keçayotgan davr oynasida bolalarimiz axborotlarning özlariga kerak yo nokerakligini anglay olmay qolişi katta maʼnaviy yöqotişlarga sabab böladi.
Turli axborot xurujlaridan bolalarni himoya qilişning eng maqbul va samarali yöli – bu taʼlim-tarbiyaning eng samarali va taʼsirli usullaridan foydalaniş, oilada farzand tarbiyasiga befarq bölmaslik, bolalarni har qanday voqea-hodisaga töğri baho bera oladigan yuksak maʼnaviyatli qilib voyaga yetkazişdir. Yurtboşimiz aytganlariday "Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç”.
Ayni kunda mamlakatimizda bu vazifalarning amaliy ijrosi taʼminlanişi uçun keng qamrovli işlar amalga oşirilmoqda. "Soğlom bola yili” Davlat Dasturida ham bular öz aksini topgan. Voyaga yetmagan yoşlarning köngil oçar maskanlarda tungi vaqtlarda ota-ona kuzatuvisiz bölişlariga qonuniy çek qöyildi. Behayolik, zöravonlik va şavqatsizlikni tarğib etuvçi mahsulotlarni tayyorlaş, mamlakatimizga olib kiriş, tarqatiş va namoyiş qilişga çek qöyilmoqda, erta nikohlarning oldini oliş, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik holatlarining oldini olişga qaratilgan saʼy-harakatlar şular jumlasidandir.
"Bolalarni, ularning maʼnaviy va jismoniy rivojlanişiga zararli taʼsir körsatuvçi axborotlardan himoya qiliş töğrisida”gi Qonun loyihasi işlab çiqilayotgani ham bu intilişlarga yanada kuç beradi.
Azizim! Zamon tezkor, zamon şiddatli. Öğil-qizimizni bu oqimda bemalol suza oladigan va adaşmay manziliga yeta oladigan qilib tarbiyalaş esa biz ota-onalarning zimmamizdadir.
Men sözim boşida endi ilk qadam qöygan gödakni bejiz tasvirlamadim. Jon-u jahonimiz - farzandlarimizning hayotga safari ilk qadamidan boşlanadi. Uning qay manzilga yetmoği biz uni qay yölga yetaklaşimizga boğliq. Mamlakatimizda bolalarning barkamol bölib voyaga yetişlari uçun yaratilgan şaroitlar, imkoniyatlar, ğamxörliklarga bugun butun dunyo havas qilmoqda. Bolalarimizning bulardan bahramand bölmoği, komil inson bölib voyaga yetmoği uçun ularni nomaqbul axborotlar xurujidan himoya qilişga eng avvalo biz - ota-onalar javobgarmiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶