“KELAJAK SOATI” DARS MAŞĞULOTI DOIRASIDA BOLAJONLAR YÖL HARAKATI QOIDALARINI ÖRGANDILAR
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida va umumiy örta taʼlim maktablarida tarbiyalanuvçilar hamda öquvçi-yoşlarni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini yanada oşiriş, psixologlar iş faoliyatini tizimli taşkil etiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 25-avgustdagi tegişli buyruği taʼlim muassasalarida har haftaning duşanba kuni dars jadvalining birinçi soatida “Kelajak soati” darsi öqilişi belgilangan.
Ayni paytda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida “milliytarbiya.uz” elektron platformasida joylaştirilgan kontentlardan foydalangan holda “Kelajak soati” darsi muvaffaqiyatli ötkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 3-noyabr sanasida Amudaryo tumanidagi 4-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida “Kelajak soati” dars jadvalidagi maktabgaça yoşdagi tarbiyalanuvçilar uçun belgilangan “Yöl harakati qoidalari” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Davra suhbatida Amudaryo tuman Yöl harakati xavfsizligi bölimi boşliği Begzod Qazaqov hamda 4-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti xodimlari, mazkur taşkilot tarbiyalanuvçilari iştirok etdilar.
Davra suhbati jarayonida pedagog-tarbiyaçilar tomonidan bolalarga yöl harakati qoidalari töğrisida tuşunçalar berildi. Şu bilan birga, yöl harakati qoidalariga amal qiliş inson hayotini xavf-xatardan saqlaşi, svetofor ranglarini biliş va ularga rioya qiliş zarurligi, yöldan ötayotganda har doim diqqatli bölişi kerakligi xususida batafsil maʼlumotlar ham taqdim etildi.
Şuningdek, tadbirda Amudaryo tumani Yöl harakati xavfsizligi bölimi boşliği Begzod Qazaqov bolalarda yöl harakati qoidalari haqida boşlanğiç tuşunçalar hosil qiliş, yölda özini töğri tutiş, xavfsizlikni saqlaş könikmalarini şakllantiriş, yöl belgilari, svetofor va piyodalar yölakçalarining ahamiyati xususida körgazmali vositalar orqali keng va batafsil maʼlumotlar berdi.
4-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotining tayyorlov guruhlarida maktabgaça yoşdagi tarbiyalanuvçilar uçun taşkil qilingan davra suhbati davomida tarbiyalanuvçilar svetoforning uç xil rangi — qizil, sariq, yaşil rangli kiyimlarni kiyib, yöl harakati qoidalari böyiça özlarining bilim va könikmalarini amalda namoyiş qildilar.
Şundan söng tarbiyaçi tomonidan “Sirli mehmon” taşrifi eʼlon qilinib, davraga Yöl harakati xavfsizligi xodimi kirib keldi. Uşbu xodim tomonidan svetofor maketi yordamida savol-javob orqali bolajonlarning “Kelajak soati” darsidan olgan bilimlari sinovdan ötkazildi.
Bundan taşqari, davra suhbati davomida “Ranglarga qarab yur!” interaktiv öyini ham taşkillaştirildi. Yöl harakati xavfsizligi xodimi öyin davomida svetoforning rangini aytib turdi va bolalarning qizil rangda “qotib turiş”, sariq, yaşil rangida bolalarning tartibli, belgilangan qoidaga köra, oldinga sekin yuguriş holatlarini kuzatib, ularning harakatlariga baho berdi. “Zebra yölagida kim birinçi?” öyini ham taşkil etilib, bolalar yasama zebra çiziğidan ötişni örgandilar.
Şundan söng vizual kontentdan foydalangan holda video namoyiş qilindi. Davra suhbati bolalarda keng va qiziqarli taassurot qoldirdi hamda bolajonlar davra suhbati yakunida “Sirli mehmon” — Yöl harakati xavfsizligi xodimiga rahmat aytdilar.
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida “Kelajak soati” dars-maşğuloti doirasida amalga oşirilayotgan bu kabi tadbirlar, albatta, jajji bolajonlarning yöl harakati qoidalarini juda yoşligidan puxta örganişlarida muhim ahamiyat kasb etadi va bu boradagi taʼlimiy va tarbiyaviy işlar samaradorligiga erişiş imkonini beradi.
Hulkar Babajanova, Amudaryo tumani MMTB boş metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶