14.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.10.2026, 03:59
Fan va taʼlim 👁 404

"HAPPY KIDS"da bayram shukuhi: bolajonlar mustaqillikni nishonladi

"HAPPY KIDS"da bayram shukuhi: bolajonlar mustaqillikni nishonladi

Amudaryo tumanida joylashgan, yaqinda oʻz faoliyatini boshlagan “HAPPY KIDS” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 27-sentyabr kuni unutilmas bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bolajonlar va murabbiylar “Mustaqil Oʻzbekiston – 34 yoshda” shiori ostida tashkil etilgan tantanada jonli va quvnoq chiqishlar bilan ishtirok etib, hammaning qalbiga bayram shodiyonasini olib kirdi.

Tashkilot mudirasi Shahlo Iskandarova rahbarligida oʻtkazilgan ushbu tadbir bolalarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. Bogʻchada mavjud ikki guruhga boʻlingan jajji tarbiyalanuvchilar kuy-qoʻshiq va raqslar bilan tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladilar. Bayram davomida bolalar Vatanga boʻlgan mehrlarini ifoda etuvchi sheʼrlar oʻqidilar, bu esa kattalarning ham qalbini junbushga keltirdi.

Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri qizlarning mashhur “Barbi” qoʻshigʻiga mohirona raqsga tushishi boʻldi. Ularning shoʻx va shirin harakatlari tomoshabinlarning olqishlariga sabab boʻldi. Oʻgʻil bolalar esa karate ustozi Xursandbek Madrahimov boshchiligida oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Ularning bajargan turli murakkab tryuklari, kuch va chaqqonlik bilan bajarilgan harakatlari ota-onalar va mehmonlarni hayratda qoldirdi.

Bogʻcha kichkintoylari ham bayramdan chetda qolmadi. Ular “Jon Vatan” qoʻshigʻiga shoʻx-shodon raqsga tushib, oʻzlarining samimiy quvonchlarini namoyon etdilar.

Aytish joizki, 2025-yilning iyun oyida ish boshlagan "HAPPY KIDS" nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qisqa vaqt ichida oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyib, sifatli taʼlim va tarbiya berishning uddasidan chiqmoqda. Hozirda ushbu bogʻchada 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolajonlar tarbiyalanmoqda. Tashkilotda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Bogʻchada 6 nafar malakali xodim faoliyat yuritib, bolalar bilan alohida yondashuv asosida shugʻullanadi. Taʼlim dasturiga ingliz tili, rus tili, logoped mashgʻulotlari kiritilgan boʻlib, bular bolalarning til koʻnikmalarini erta yoshdan shakllantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, jismoniy rivojlanishga katta eʼtibor qaratilib, haftasiga ikki marta karate va gimnastika mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Bu mashgʻulotlar bolalarning sogʻlom va tetik oʻsishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir bolalarning nafaqat jismoniy va ijodiy rivojlanishiga xizmat qildi, balki ularning qalbida Vatanga muhabbat, uning tarixi va qadriyatlariga hurmat tuygʻularini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Mazkur bayram tadbiri “HAPPY KIDS” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti jamoasi va tarbiyalanuvchilarining birgalikdagi ishlarining amaliy natijasi boʻlib, ularning hamjihatligi va yuksak tashkilotchiligini yana bir bor namoyon etdi.

Bu kabi tadbirlar bolalar uchun bayramlarning, ayniqsa eng ulugʻ, eng aziz boʻlgan mustaqillik bayramining ahamiyatini tushuntirib, ularni jonajon Vatanimizga muhabbat, ona yurtga sadoqat ruhida, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim amaliy vosita boʻlib xizmat qiladi. “HAPPY KIDS” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbariyati kelajak avlodning har tomonlama yetuk, vatanparvar va salohiyatli insonlar boʻlib yetishishi yoʻlida barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda samarali mehnat qilmoqdalar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026