26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 03:07
Maqolalar 👁 250

OILADA FARZAND TARBIYaSI

OILADA FARZAND TARBIYaSI

Dastlabki muvaffaqiyatlar
Dam olish kuni ertalabki nonushta chogʻida Valijonga dadasi:
- Oʻgʻlim, bugun bogʻda ishlaymiz, u yerda qilinishi kerak boʻlgan ishlar juda koʻp. Sen menga yordam berasan, - dedi.
Ota-oʻgʻil shu kuni rosa ter toʻkishdi. Koʻchatlarning tagini yumshatishda, yangi ekilgan nihollar va gullarni sugʻorishda, shox- shabbalarni toʻplashda, qoʻyingki, turli-tuman ishlarni bajarishda Valijon ham oʻzining munosib hissasini qoʻshdi. Tushlik chogʻi dadasi oʻgʻlidan xursand boʻlib:
- Mening eng yaqin yordamchim, - deya oyisiga uni rosa maqtadi. Tushlikdan soʻng bogʻdagi chala qolgan ishlarni ham birgalikda tugatishdi.
Tartibga keltirilgan orasta bogʻ, hafsala bilan ishlov berilgan daraxtlar, boqqa koʻrk bagʻishlab turgan gulzor, chiroyli taralgan ishkomga qarab Valijonning dili yayradi.
U kun boʻyi dadasi bilan birga bogʻ yumushlarida ishtirok etgan boʻlsa-da, charchoq sezmasdi, aksincha, undagi oʻz ishidan mamnunlik tufayli zohir boʻlgan quvnoq kayfiyat yuz-koʻzidan shundoqqina bilinib turardi.
Dadasi bilan birgalikda oʻtkazgan mana shu sermazmun bir kun uning mehnatga boʻlgan munosabatini tamoman oʻzgartirgandi. Eng asosiysi, mehnat bagʻishlagan zavq, otasining mamnunligi uning qalbida yanada shijoat, yaqinlariga nisbatan mehribonlik hissini uygʻotgandi.
Oilada farzandlarga beriladigan mehnat tarbiyasi kattalarning ishtiroki va namunasi bilan amalga oshirilganda har ikki tomon uchun ham foydali boʻladi. Ota-bobolarimiz ham ana shu jihatlarga koʻproq eʼtibor qaratishgan. Ular bolalarni yoshlikdan mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashni birinchi oʻringa qoʻyganlar. Farzandlarining boʻsh vaqtini kerakli ishlargagina sarflashlari uchun har doim jon kuydirganlar. Buyurilgan ishni oʻz vaqtida bajarish, undan boʻyin tovlamaslik lozimligi ham uqtirib borilgan.
Ammo hamisha ham quruq pand-nasihatlar orqali koʻzlangan maqsadga erishilavermaydi. Toʻgʻri, kattalar tomonidan bildiriladigan nasihatlarning bola tarbiyasida ahamiyati beqiyos. Buni inkor etib boʻlmaydi. Shu bilan bir qatorda oila boshliqlarining oʻzlari namuna boʻlganlari holda farzandlarini foydali ishlarga jalb qilishlari eng yaxshi usul ekanligi hayotda oʻz tasdigʻini topgan. Chunki kattalar bilan hamkorlikda olib borilgan faoliyat bolalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. Ularga bildirilgan ishonch va ragʻbat esa masʼuliyat hissini tarbiyalab boradi.
Tuzatilishi qiyin boʻlgan xatolar
Oilada farzand ulgʻaymoqda. Kattalar uning odobi, atrofdagilar bilan munosabati, oʻqishi toʻgʻrisida hammalari birdek qaygʻurishadi. Vaqtida oʻynab, vaqtida ovqatlanib, darslarini puxta tayyorlashlari ham ota-onalar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Bu yaxshi, albatta. Lekin shu jarayonda oila boshliqlarining oʻzlari farzandlariga berilishi lozim boʻlgan mehnat tarbiyasini koʻp hollarda eʼtibordan chetda qoldirishaai. Natijada bolada mehnatga boʻlgan ijobiy munosabat, qoʻlidan kelgancha uy yumushlarida ota- onasiga yordamlashish kabi harakatlar koʻzga tashlanmaydi. Kezi kelganda shuni aytish joizki, yoshligidan mehnatga oʻrgatilmagan bola katta boʻlganida ham oʻziga buyurilgan ishlarni bajarishdan boʻyin tovlay boshlaydi. Kattalarning bu xatosi kelgusida ularga nihoyatda qimmatga tushadi.
Tarbiyada xato qilsang!
Ayrim ota-onalar «Bolam hali yosh, ayni oʻynaydigan payti, ish boʻlsa qochmas», degan oʻyda farzandlariga uy yumushlarini deyarli buyurishmaydi. Ular bu harakatlari notoʻgʻri ekanini dastlab sezishmaydi ham, Natijada oʻsha oilaning farzandi oʻta dangasa, qoʻlidan biror ish kelmaydigan noshud boʻlib ulgʻayadi. Endi mehribon ota- onalarga oʻzlari yoʻl qoʻygan xatoni tuzatish uchun uzoq vaqt, sabr va chidam kerak boʻladi.
Mutaxassislarning eʼtiroficha, bola maktabga qadam qoʻygan kundan boshlab ota-onalar uni doimiy ravishda bajarishi lozim boʻlgan mehnatga oʻrgatib borishlari darkor. Avvallari bogʻcha bolasi hisoblangan oʻgʻil yoki qiz oʻyin mashgʻulotlari orqali mehnatga yoʻnaltirilgan boʻlsa, maktab davridan boshlab esa ular oʻzi va ukalarining oʻrin-koʻrpasini tartibga keltirish, xona gullariga vaqti-vaqti bilan suv quyish, deraza tokchalari, kitob javoni changini artish, oʻzi va oila aʼzolarining poyabzallari tozaligiga eʼtibor berish, dasturxon tuzash yoki yigʻishtirishda oyisiga qarashish kabi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga odatlantirildi.
Juda erta mehnatga yoʻnaltirilgan bola oʻz ishiga oʻta masʼuliyat bilan qarashga oʻrganadi, Asta-sekin uning xulq-atvorida tartiblilik, intizomlilik koʻzga tashlana boradi. Natijada u faqat oʻziga yoqqan ishnigina emas, balki oilasi uchun zarur boʻlgan yumushlarni bajarishga ham oʻrganadi. Demak, bolani yoshlikdan mehnatga oʻrgatib borish uning kelgusi hayotida erishadigan yutuqlari bilan birga yuqoridagi kabi «tuzatilishi qiyin boʻlgan xatolar»ning oldini olishda ham muhim ahamiyatga egadir.
Vaqt ortidagi boy berilgan imkoniyat
Ayrim ota-onalar oilada mehnat tarbiyasi bilan, albatta, shugʻullanish lozimligini, mazkur jarayonni orqaga surib boʻlmasligini yaxshi anglashadi. Ammo bunga oz boʻlsa-da, vaqt topisholmaydi. «Tigʻiz vaqt» masalasi ular istaklarining amalga oshishiga doimo toʻsqinlik qiladi.
Deylik: qizcha oyisiga ertalabki nonushtadan soʻng idishlarni oʻzi yuvishini aytadi, onasi unga: «Men sendan tezroq yuvaman, vaqtim ziq, bugun ishga ertaroq borishim kerak, sen maktabga borish uchun tayyorgarligingni koʻraqol», deya uni oʻzi xohlagan ishdan mahrum etib, bu yumushni oʻz zimmasiga oladi yoki uy yigʻishtirishni, pollarni artishni ham bolasiga ishonib topshirolmaydi. Achinarlisi, mazkur holat doimiy ravishda takrorlanaveradi. Eng yomoni, uy ishlarini tezroq va samaraliroq bajarish maqsadida qilingan kattalarning bu tarzdagi saʼy-harakatlari tufayli bolalarda mehnatga boʻlgan ishtiyoq asta-sekinlik bilan soʻna boshlaydi. Ahvol shu darajaga borib etadiki, bola keyinchaiik oddiy ishni ham eplab bajara olmaydi.
«Oʻzim bajara qolay, bolaga qarab oʻtiramanmi», «Bolaga ish buyur, orqasidan oʻzing yugur», «Bolaning ishi chala, undan oʻzim qilganim durust», deb oʻylaydigan va shu yoʻsinda ish tutuvchi ota- onalar ham, afsuski, yuqoridagi xatolarga bilib-bilmay yoʻl qoʻyishadi.
Ota-onaiarning farzandlariga nisbatan oʻta mehribonligi, jonkuyarligi, vaqt ziqligi sabab uy yumushlarini bolalar ishtirokisiz bajarib qoʻya qolish kabi oʻzlari yaratgan «tartib»dan chiqa olmasligi yuqoridagi illatlarning ildiz otishiga sabab boʻladi. Shunday ekan, farzandi kamolotini, baxt-u saodatini oʻylagan har bir ota-ona oilada mehnat tarbiyasi masalasiga alohida ahamiyat qaratmogʻi zarur. Oʻshanda yuqoridagi kabi murakkab vaziyatlar yuzaga kelmaydi.

Dilorom SULTONOVA,
59-sonli maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026