Ögay ona
(Hayotiy voqea asosida)
Saida universitetni va magistraturani imtiyozli diplom bilan tugatdi. Maktabda işlay boşladi. Onasi:
– Tengqur dugonalaring turmuşga çiqib, özlaridan tinib-tinçib ketişdi, sen yuraverasanmi işla-ab, – deya ilmoqli gapirar, orzu-havaslaridan söz oçib, holi-joniga qöymasdi.
Nimayam derdi, onasi haq, qaçongaça qizining orzusi deb bahonalariga quloq tutadi?
Xorazmlik kursdoşi Yoqubjon undan javob kutayotganiga ança böldi. Yaxşi yigit, içmaydi, çekmaydi, mehribon. Qolaversa, örtalarida samimiy, döstona munosabat ham bor.
Ona baribir ona-da. Saidaning gaplarini eşitib, öylanib qoldi. Axir ota-onasi kim, qanday odamlar? Tanimagan-bilmagan yurt – Boğot qayerda-yu Amudaryo qayerda? Sörab-suriştirişdi, baʼmani odamlar ekanligiga işonç hosil qilişgaç, töyga rozilik berişdi.
Haş-paş degunça oradan yillar ötib ketdi. Özaro ahil-inoq bu oilaga qançalik el bölmasin, Saidaning köngli kemtik edi. Ön ikki yilki, u kun-u tun Allohga iltijo qiladi:
– Xudoyim, meni farzand quvonçidan benasib qilma!
U iltijo qilişdan töxtamadi, vaqt esa oqar suvdek oqib ötişdan... Nihoyat...
U ming bir azob bilan sevimli oilasini tark etib, ota uyiga qaytdi.
Qişloqdagi maktabda işlay boşladi. Oradan yillar ötdi. Şunday kunlarning birida uni Yoqubjon izlab keldi. Soç-soqoli ösgan, ust-boşi bir ahvolda.
– Saida, Saida, – deydi nuqul, boşqa gapga tili aylanmaydi.
– Yaxşi yuribsizmi? – dedi bazör Saida. Aslida “Nega keldingiz?” demoqçi edi-yu, ayta olmadi.
– Saida, bolalarim yetim bölib...
Yoqubjon gapining davomini aytaolmadi, höngrab yiğlab yubordi. Şundagina Saida Yoqubjonning holatini tuşundi. Oldida boşini egib, köz yoşlarini tiyolmay ötirgan Yoqubjonga nima deyişni, könglini qanday kötarişni bilmay, közlarini yerga tikkança mahzun bir alfozda ötirar, uning yuzida açinişmi, mehrmi zohir edi.
Yoqubjonning ayoli egizak farzandlarini dunyoga keltiriş çoğida vafot etganini bilgan Saida uzoq öyladi. Axir murğak gödaklar bölsa, erkak boşi bilan ota uç nafar bolani qanday katta qilsin? Onasi nima der ekan-a? Boşi qotdi Saidaning. Unga oğiz solgan erkaklardan haliyam bölsa, özining birinçi turmuş örtoği afzal emasmi?
– Bolalari juda yoş qolibdi-ya, astağfurulloh. Kattasi endi 4 yoşda, kiçik öğilçalari beşikda ekan, bolam, egizaklarni boqib, katta qiliş oson emas, tağin özing bilasan, – dedi onasi Saidaning köngliga qarab.
Saida esa bir qarorga kelib bölgandi. Ostonasiga boş urib kelgan 85 yoşli qaynotasi:
– Jonim bolam, Saidajon, taqdirimizda borini birga baham körişni Alloh buyurdimikan, sening qadamingga poyandoz bölayin, bolam! – deya yiğladi...
Mana, Saidaning yana Boğot tumaniga qaytib, Yoqubjon bilan birga yaşayotganiga ham 20-yil böldi bir pasda. Katta qizi Noilaxon tibbiyot institutini bitirdi. U ham, Hasan-Husanlar ham biri-biridan mehribon. “Opa-opa” deb jonlarini berguday. Baʼzan qöşnisi Nuquljonning şanğillagan ovozi eşitilib qoladi:
– Hah, xarob bölgurlar, biring u yoqqa tortasan, biring bu yoqqa, – öşqiradi bolalariga. – Anov Saida ögayçalik qadrim yöq mening!
Saida içidan zil ketadi, Yo tavba, bu nima degani? Rözğoring boşqa, yetti yot begona bölsang, mening qadrim bilan nima işing bor-a, Nuquljon, öylaydi köngli buzilib. Bolalarim eşitsa nima böladi-a?
Bir kuni qizi Noilaxon köçadan bir ahvolda kirib keldi-yu Saidaga:
– Opa, Nuquljon biyining gaplarini eşitib, yana könglingizga oğir olib ötirmang, özi oğzi şaloqroq, gapiraveradi, – dedi negadir yiğimsirab.
– Nima, senga yomon gap aytdimi, bolam? – qizini bağriga bosdi Saida.
– Saida sening ögay onang, ögay ona baribir ögayligini qiladi, qarab tur, seni öz yöriğiga solib oladi, dedi. Men Nuquljon biyi bilan aytişib qoldim, – yiğlab yubordi Noila.
– Mening sizlardan boşqa quvonçim yöq, qizim. Oğzi böşlar gapiraveradi-da, xafa bölma, – yupatdi u qizini.
Saidaning gap quvalaydigan odati yöq edi. Nuquljon bilan aytişib ötirişni öziga ep körmadi. Xudoga soldi. Oradan vaqt ötib, Noilani uzatdi, öğillarini uylantirdi. Hasanboy harbiy sohani, Husanboy öqituvçilikni tanladi. Qöşaloq kelinlar tuşirib, nevaralar suydi. Nuquljon esa...
Uning uç qiz, ikki öğli bor. Qizlaridan birining turmuşi öxşamay, ajraşdi. Bitta öğli bilan boşqa erkakka turmuşga çiqdi. Eri öğliga ögay ota, özi esa uç qizga ögay ona böldi. Nuquljon qizi har gal uyiga kelganida maslahat qiladi:
– Bolalarni öz bolangdan ayirma, ögaylikning yukini mehr-muhabbating bilan kötarasan, Saida opangni kördingmi, men tuqqan bolalarimdan körmagan baxtni ögay bolalaridan körib, mehrga çömib yaşayapti-ya...
Saida uning bu gaplarini eşitsa ham eşitmaganga oladi. Faqat iç-içidan:
– Mening bolalarimni ögay deganlarning özlari ögay, – deb qöyadi köngli oğrinib. Özing tuğib, mehr körmagan özing ögaysan, degisi keladi-yu, demaydi.
Faqat biladiki, uning oilasidan ham, bolalaridan ham, şirin-şakar nevaralaridan ham köngli töq.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶