AJDODLARIMIZ HAYoTI BIZ UÇUN IBRAT
Atoqli şarqşunos N.Veselovskiy taʼbiri bilan aytganda “Botirligining çeki bölmagan, butun hayoti jasorat namunalari bilan tölib-toşgan” bobomiz, şoh va şoir Bobur Mirzo tavallud topganlariga bu yil 14-fevralda 538-yil töladi.
Temuriylar sulolasidan bölgan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti maşaqqatlar, qiyinçiliklar, taxt uçun kuraşlar silsilasida keçgan. Otasi Umarşayx Mirzo vafot etganlarida 11 yoşdan 12 yoşga qadam qöygan Bobur Mirzo Andijon taxtiga vorislik qildi, taxt uçun kuraş boşlagan Sulton Ahmad va Sulton Mahmudlarga qarşi kuraşiş, taxtni himoya qiliş uning çekiga tuşdi. Oqilligi, Tangrining inoyati bilan jangda qöli baland keldi. Lekin taqdir uning gardaniga maşaqqatli keçmişlarni yuklagan edi.
Andijonning qöldan ketişi, Samarqand taxti uçun kuraşlar....
Oxir-oqibat Bobur Mirzo özining xos askarlari bilan Kobulga yöl olib, 1503-yilda Kobul va Ğaznani egalladi.
1507-yildan Hindistonni zabt etişga harakat boşlaydi va 1526-yilda kuçli jang sirlarini egallagan, yillar davomida erişgan tajribasi, taqdirning aççiq saboqlaridan xulosa çiqargan vatandoşimiz “Buyuk möğul imperiyasi” deb atalgan ulkan saltanatga asos soldi. Bu imperiya Hindiston tarixida juda katta ijobiy örin tutadi. Adolatli qonunlar çiqargan Bobur mamlakatdagi din-mazhab janjallarining oldini oldi, ğayridinlik soliğini bekor qildi, ayollarni ölgan eri bilan tiriklay yoqişni taʼqiqladi, kanallar qazdirdi, binolar qurdirdi. Atrofiga olim va fozil insonlarni töpladi. Öz Vatanini soğingan Bobur Hindistonda ham Movarounnahrnikiday ajoyib boğlar yaratdi. Lekin 1526-yilda duşmanlari tomonidan zaharlangan Bobur Mirzo 1530-yil 26-dekabrda, Agrada vafot etadi, keyinçalik uning xoki vasiyatiga köra, Kobulga köçiriladi. Boburning Humoyun, Hindol, Komron, Askariy ismli öğillari, Gulbadanbegim, Gulçehrabegim, Gulrangbegim ismli qizlari bölgan. Komron Mirzo va Gulbadanbegim ijod bilan şuğullangan. Bobur avlodlari bölgan Akbarşohni, Şohjahon qurdirgan Tojmahalni, şoira Zebunnisobegimni butun dunyo biladi.
Boburning ijodiy merosi salmoqli bölib, uning 20 yoşida “Xatti Boburiy”ni yaratib, yangi yozuvni kaşf qilgani butun dunyoga maʼlum. Undan taşqari, “Harb işi”, “Musiqa ilmi”, “Mubayyin al-zakot”, “Boburnoma” va şeʼriy devonlar Bobur Mirzoning yuksak iqtidoridan dalolatdir.
Şeʼriyatda Vatan soğinçi, taqdir maşaqqatlari, yor hajri, döstlar diydori kabi mavzularda qalam tebratgan Bobur “Boburnoma”da Movarounnahr, Xuroson, Hindistondagi özi körgan va eşitgan voqealarni bayon qiladi. Asarni öqigan inson köz öngida öşa davr voqealari jonlanadi. Tarixiy va maşhur şaxslar bilan tanişadi, tarixiy va ilmiy maʼlumotlarga ega böladi.
Bizning 40-sonli maktabimizda 5-15-fevral kunlari “Navoiy va Bobur kunlari” deb belgilandi. Şu munosabat bilan ijodiy keçalar, ğazalxonlik va bahr-u bayt tanlovlari, oçiq darslar taşkil qilindi. Uşbu tadbirlar davomida öquvçilarga uluğ ajdodlarimizning hayoti va ijodi haqida keng maʼlumotlar berildi.
Qisqa qilib aytganda, temuriylar avlodidan bölgan Mirzo Boburning yaratuvçanligini, ona yurtiga muhabbatini, ilmga va şeʼriyatga bölgan intiluvçanligini bugungi yoşlarimizga ibrat qilsak arziydi.
Iqboloy Yusufova, 40-sonli maktabning
ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶