26.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
26.09.2026, 07:17
Maqolalar 👁 249

ARAFADA

ARAFADA

(Hajviya)

Zamonning rivojiga gap yoʻq. Yon qoʻshnisi nevaralik boʻlganini uch kundan keyin eshitadigan odamlar janubiy qutbdagi muzlikdan qancha koʻlamdagi muz boʻlagi ajralib chiqqanini shu kuni biladi. Telefonning foydali tomonlari ham juda koʻp. Davlatning xonadonidagi voqealarga ham telefon sabab boʻldi. Odatdagiday internet kovlab oʻtirgan rafiqasi Maryamjon birdan:

– Otasi, juda yaxshi er boʻlgingiz kelmaydimi? – deb soʻrab qoldi.

Yangi yilni doʻstlar bilan qayerda kutishni oʻylab oʻtirgan Davlat hayratomuz:

– Hali men yomon ermanmi? – deb savolga savol bilan javob berar ekan, xotinining navbatdagi ilmoqli gapi qanday chiqimga olib kelishini oʻylardi. Chamasi, doʻstlar bilan oʻtirish orzusi chippakka chiqadiganga oʻxshab qoldi.

– Endi-i, menam sizning obroʻyingizni oʻylayapmanda, otasi, – dedi Maryamjon. – Yoningizda sizga yarashib yursam yaxshimasmi? Mana bu yerda «Yaxshi er yangi yilda archani bezatadi»,  deb yozishibdi. Yana oldingi vaʼdalaringiz ham bor.

Maryamjonning yorishib turgan yuzi, ovozidagi qandaydir yoqimli tuygʻular ifodasi bugungi kunning aʼlo darajada oʻtishidan darak berib turardi.

Bu holat Davlatning koʻnglini joʻshtirib yubordi. Hatto qoʻshnidan olgan qarzining qolganini yil oxirigacha beraman, degan vaʼdasi ham esidan chiqdi. Yana bir tomoni oʻtgan yili yangi palto olib beraman, deb ishontirib bajarolmagan edi. Hozir gap aylanib shunga taqaladi-yov deb oʻyladi.

Oʻylaganiday boʻlib chiqdi. Davlatning aft-angoridan maqsadi tomon yoʻl ochilayotganini payqagan Maryamjon:

– Soʻnggi kelganida qudagʻayning egnidagi paltoni koʻrdingizmi, juda yarashib turuvdi, yoshi kattalarga mos ekan. Qimmatroq demasangiz – shu palto menga juda yoqdi, uni har yili olavermaysan-ku, – dedi tobora ovozi qatʼiylashib.

Davlatning erligi tutib ketdimi yo boshqa sababmi, ertaga Mangʻit kiyim bozoriga borishga rozi boʻldi.

Maryamjondagi xush kayfiyat hammaga yuqdimi – nonushta juda xush-chaqchaqlik bilan oʻtdi, hatto har kuni bogʻchaga borishda injiqlik qiladigan nevarasi Munira ham mashinaga oʻzi chiqdi.

Bayram yaqinlashganidanmi yo yaqinda pensiya berilgani taʼsirimi – bozor gavjum. Kimdir nevarasiga kurtka tanlayotgan, kimdir boʻlajak kelinini toʻy oldidan kiyintirayotgan, Davlatga oʻxshab xotini bilan yetaklashib yurganlar ham anchagina ekan. Davlatning baxtigami yo opasi oldinroq xabarlashganmi, bozorda mayda-chuyda sotib yuradigan qaynsinglisi Sanamjon uchrab qoldi – molni taniydigan odam boʻlgani yaxshi-da.

Boʻy-bastiga mos, rangi ham toʻgʻri keladigan, sotuvchining gapiga qaraganda bir uchrab qolgan, juda kam keladigan paltoni Davlatning chamasidan ancha qimmat boʻlsa ham olishga kelishdilar. Davlatga, ayniqsa, sotuvchining «Xotiniga shunday qimmat sovgʻa qiladigan er uchun falon soʻm qaytaman» deyishi juda yoqib tushdi. Bozor koʻrgan qaynsinglisining kelishuvlardagi hissasi katta boʻldi.

Asrlik muammodan qutulganday shod Davlat, quvonganidan ogʻzi qulogʻida boʻlgan Maryamjon, ularning koriga yaraganidan mamnun Sanamjon bozordan chiqar ekanlar shu yerdagi kafe yonida Davlatning bolalik doʻsti Erimbat uchrab qoldi:

– E, muborak boʻlsin, toʻylarga kiyish nasib etsin, Maryamjon, qoʻshasiga doʻstimga ham olmabsizlarda, – deb quchoq ochib keldi,  lekin hozirda udum boʻlganiday tirsak urishtirib salomlashdilar.

– Ammo lekin, yuvadigan narsa boʻlibdi, poygʻozi ham tayyor, – choʻntak kovlay boshladi Erimbat.

Bu Davlatning hamiyatiga tegdimi yo beklikni qoʻldan bergisi kelmadimi, harqalay pulining kamayib qolganiga ham qaramay:

– Yur, yuvsak yuvganimiz, mana bu kafega kiraylik, – dedi.

Erimbat koʻnmadi:

– Bu yerda yoshlar koʻp, bizga toʻgʻri kelmaydi, nariroqda holiroq joy bor, shunga boramiz, – deb turib oldi.

Ayollar oʻtirishga koʻnishmadi, Maryamjon ular chiqqunicha dehqon bozordan u-bu xarid qilib chiqadigan, keyin taksi bekatiga kelib, birga uyga qaytadigan boʻlishdi. Bozorda koʻtarib yuramizmi, deb palto solingan yelim xaltani Davlatda qoldirishdi.

Erimbat aytgan joy rostdan ham shinamgina, asosiysi issiq, yoʻldan chetroqda ekan. Ikkisi oz-ozdan olishdi. Erimbat bozorga bir oʻzi kelmagan ekan, birozdan keyin «muborak boʻlsin» aytishib yana ikki yigit kirib kelishdi…

– Turmaysizmi, hamma choyini ichib boʻldi-ku!

Uygʻoq boʻlsa-da boshi qattiq ogʻrib, koʻngli behuzur boʻlayotganidan oʻrnidan turgisi kelmayotgan Davlat xotinining zardali ovozidan biror kor-hol yuz berganini sezib, hushyor tortdi. Bosh ogʻrigʻi ham pasayganday boʻldi. Uning odati ichib kelgan kunining ertasi telefonini izlar edi. Telefon yonida boʻlsa, demak, hammasi joyida boʻlardi. Telefonini koʻrib sal xotirjam tortdi-da, asta turib kiyinarkan, kechagi kun qanday kechganini xayoldan oʻtkaza boshladi. Bozorga chiqqanlari, paltoni «yuvish»ni boshlaganlari esiga tushdi-yu u yogʻini eslay olmadi. Tashqi eshikning ochilib-yopilganidan, xotinining ovozi eshitilmay qolganidan keyin uning tovuqlaridan xabar olgani chiqqanini sezib, Erimbatning nomerini terdi. Uch toʻrt qoʻngʻiroqdan keyin doʻstining ovozi keldi:

– Kecha-ku rosa ovora qilding, bugun tinch dam olishga qoʻysangchi, oʻrgilay oʻsha paltoningdan ham, – doʻstining ovozi birdan oʻchdi.

Darvoqe, palto?!

Davlat izlab yangi paltoni topolmadi, xotinidan soʻrashga botinmay, yana Erimbatga telefon qildi. Erimbatning ovozi avvalgidan ham noroziroq chiqdi:

– Yana nima deysan?

– Qanday tarqalishdik oʻzi?

Paltoni ham topolmayapman, – soʻradi Davlat koʻnglidagi xavotiri tobora kuchayib borarkan.

– Kecha yana bir-ikki joyga bordik, oʻzing qoʻymading. Soʻnggisida puling yetmay paltoningni garovga qoʻyib, aroq olganing esimda. Qaysi joy ekanini soʻnggi kelganlardan soʻrarsan, – doʻstining ovozi yana oʻchdi.

Davlatning koʻngil aynishi birdan kuchayib tashqariga yoʻnaldi…

Ahmad NAFASOV.     

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026