19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 10:13
Jamiyat 👁 145

AMUDARYo TUMANI FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI OGOHLANTIRADI: QUTURISh KASALLIGIDAN EHTIYoT BOʻLING

AMUDARYo TUMANI FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI OGOHLANTIRADI: QUTURISh KASALLIGIDAN EHTIYoT BOʻLING

Keyingi paytlarda Yevropa va Osiyo mintaqasining koʻpgina mamlakatlarida odamlar va hayvonlarning quturish kasalligiga chalinayotgani bu kasallikning respublikamiz hududiga kirib kelish xavfini yanada oshirmoqda.

Qoʻshni Respublikalaridagi epizootik noxush vaziyatni inobatga olgan holda, quturish kasalligining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi alohida ahamiyatga ega.

Respublikamizda bu borada katta muhofaza tadbirlari olib borilayotganligiga qaramay quturish kasalligi hayvonlar orasida ahyon-ahyonda uchrab turibdi. Shunday ekan bu kasallikning hayvonlar va odamlar oʻrtasida tarqalishining oldini olish maqsadida bu kasallik haqida aholi oʻrtasida keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borish, muhofaza tadbirlarini yanada faolroq oʻtkazish darkor.

Quturish – baʼzi hayvon va odamlarda uchraydigan oʻta yuqumli, oʻtkir kasallikdir. Kasallik virusining saqlovchisi va manbalari yovvoyi va uy hayvonlaridir. Virus quturib oʻlgan hayvonlarning chiriyotgan murdalarida, ayniqsa, qish oylarida bir necha haftagacha saqlanadi. Kasallik odamga daydi va qarovsiz hayvonlar tishlaganida, uning soʻlagi yoki zarrachalari terining tirnalgan, jarohatlangan sohasi yuzasiga ogʻiz-burun, lab, koʻz, shilliq pardasiga tushganida yuqadi. Keyin virus asab tolalari orqali organizmga tarqaladi, bosh, orqa miyadagi oʻzi tanlagan maxsus joydan makon topadi. Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14-16 kun, odamlarda esa 8-10 kundan bir necha hafta, hatto 30-90 kun, 1-yilgacha davom etishi mumkin. Qolaversa, bu muddat quturgan hayvon odam tanasining qaysi sohasini, yuqori va pastki qismlarini qay darajada jarohatlaganiga ham bogʻliq. Shunga koʻra shifokor muolaja tadbirlarini toʻliq yoki qisqartirilgan shaklda belgilaydi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, kasallik hayvondan hayvonga, hayvondan odamga oʻtadi, lekin odamdan odamga oʻtmaydi.

Agar biror hayvon odamni tishlasa, qopsa, terisini tirnasa yoki unga soʻlagi tegsa, oʻsha zahotiyoq, jarohat yuzasini oqib turgan kir sovunli suv bilan yuvish, jarohatlangan odamni zudlik bilan tibbiy muassasalar, travmatologiya nuqtalarida faoliyat koʻrsatayotgan maxsus shifokor-rabiologga murojaat qilish darkor.

Muammoning yana bir muhim jihati shuki, xoʻjalik va xonadonlardagi barcha katta-kichik hayvonlar veterinariya xizmati xodimlari tomonidan hisobga olinishi, ular har yili quturish kasalligiga qarshi, albatta, emlanishi zarur. Shuningdek, koʻcha-koʻy, mahallalardagi barcha qarovsiz, daydi hayvonlar quturgan deb gumon qilinishi va joylardagi Obodonlashtirish boshqarmalarida tashkil etilgan Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari xodimlari tomonidan belgilangan tartib-qoida boʻyicha yoʻqotilishi shart.

Albatta, bu oʻta muhim muhofaza ishlarini amalga oshirishda keng jamoatchilik xoʻjalik va xonadonlarda, ayniqsa, koʻp qavatli uylarning xonadonlarida uy hayvonlari boquvchi, it, mushuk saqlovchi barcha fuqarolar faol ishtirok etishlari, belgilangan qonun-qoidalarga muntazam va puxta amal qilishlari, qolaversa, quturish kasalligi haqida aniq tasavvurga ega boʻlishlari lozim. Shundagina quturish kasalligidan qutulish mumkin.

B.NURMAMATOV, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik. B.TAJIBOYeV, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi FVDTvaFM boʻlinmasi boshligʻi, kapitan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026