25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:22
Jamiyat 👁 105

SUD HOKIMIYaTI NUFUZINI OShIRISh – INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI SAMARALI HIMOYa QILIShNING MUHIM KAFOLATI

SUD HOKIMIYaTI NUFUZINI OShIRISh – INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI SAMARALI HIMOYa QILIShNING MUHIM KAFOLATI

Mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi - inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, sudlarning chinakamiga mustaqilligini taʼminlash, demokratik, insonparvar huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi rolini kuchaytirishdan iboratdir. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini taʼminlash, uni inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladigan tom maʼnodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng koʻlamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Amaldagi qonunchiligimizda odil sudlov sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish funktsiyasini amalga oshirishda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga aniq belgilangan maʼmuriy cheklovlarni qoʻllash orqali qatʼiy tartib-taomillarni joriy etish asnosida odil sudlovning amalga oshirilishiga erishiladi.

Odil sudlovning mohiyatini amaldagi qonunchilik asosida izohlaydigan boʻlsak, Jinoyat protsessual kodeksining 455-moddasida hukmning qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi shartligi koʻrsatilgan. Shu bilan birga amaldagi Jinoyat kodeksida belgilangan «odillik», «ayb uchun javobgarlik», «javobgarlikning muqarrarligi» kabi printsiplarni inobatga oladigan hamda sodir etilgan har qanday huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir chorasi ushbu mezonlar doirasida tanlanadigan boʻlsa, jazodan koʻzlangan natijaga, yaʼni shaxsni tarbiyalashga erishilmasdan qolmaydi.

Mamlakatimiz jinoyat qonunchiligida ham, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikda ham jazodan maqsad eng avvalo, shaxsni tarbiyalash ekan, demak, bunga aynan odil sudlovning xalqaro va milliy standartlariga toʻla rioya qilish bilangina erishiladi. Bu esa, oʻz oʻzidan nafaqat huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni tarbiyalash, balki uni koʻrib, eshitib turgan shaxslarni, kerak boʻlsa, bunga guvoh boʻlgan boshqa shaxslarning ham tarbiyalanishiga turtki berish asnosida huquqbuzarliklar sodir etilishining oldi olinishiga zamin yaratiladi.

Ayni paytda bunday faoliyat huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalda taʼmin etishda eng samarali vositasi hisoblanadi. Binobarin, 2014-yil 14-mayda qabul qilingan «Huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonunning 4-moddasida ham huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalaridan biri sifatida - shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash nazarda tutilgan. Shubhasiz, ushbu vazifalarning bajarilishi jamiyatda barqarorlikning taʼminlanishiga koʻmaklashadi.

Shuningdek, amaldagi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 180-moddasida «Sudga hurmatsizlik qilish» - deb nomlangan maxsus norma mavjud. Ushbu huquqbuzarlik obʼektiv tomondan - guvoh, jabrlanuvchi, daʼvogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan boʻyin tovlashida yoki mazkur shaxslar va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchi farmoyishiga boʻysunmasligida yoxud sud majlisi paytida tartibni buzishda oʻz ifodasini topgan sudga hurmatsizlik qilishdagi harakatlarida ifodalanadi.

Amaliyot shuni koʻrsatadiki, jinoyat ishlari boʻyicha sud protsessi ishtirokchilari sifatida guvoh va jabrlanuvchilar (baʼzan hatto protsessning boshqa ishtirokchilari ham) sudning chaqiruviga nisbatan eʼtiborsiz qaraydilar va protsessga uzrsiz sabablar bilan kelmaydilar. Oqibatda koʻrilayotgan ish bir, ikki va hatto uch martagacha ham keyinga qoldirilaveradi.

Sud hokimiyatining nufuzi mazkur organlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning ijro kuchiga bogʻliqdir. Shu jihatdan olib qaraganda, shaxs huquqlarini cheklashning sud tartibida amalga oshirilishi, shuningdek, sud tartibida qoʻllaniladigan maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllashga oid har qanday sud qarorining amalda toʻliq ijro etilishi birinchi navbatda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar manfaatlarini har tomonlama himoya qilishni taʼminlasa, ikkinchi tomondan, davlat manfaatlarini himoya qilish orqali sudning obroʻsini yanada oshirishga sharoit yaratadi.

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash lozimki, odil sudlovni taʼminlash sudyalar faoliyatining bosh mezoni, amaldagi qonunlarning asosini tashkil etadi. Bu orqali jamiyatda sodir etilgan huquqbuzarliklarga nisbatan adolatli choralar qoʻllanilishi taʼminlanadi, oqibatda huquqbuzarliklar sodir etilishining oldi olinishiga erishilishi hamda boshqa shaxslarga nisbatan tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish taʼminlanadi.

 

A.J.Ametov, Jinoyat ishlari boʻyicha Kegeyli tuman sudining raisi

S.R.Davletmuratov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026