06.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
06.10.2026, 06:15
Jamiyat 👁 2,099

Yangi oʻquv yili oldidan huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha dolzarb vazifalar belgilab olindi

Taʼlim muassasalarida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sogʻlom ijtimoiy muhitni yaratish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Shu maqsadda yangi oʻquv yili boshlanishi oldidan Amudaryo tumani Mangʻit shahridagi 38-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida aynan shu mavzuda, yaʼni oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va profilaktik ishlarni kuchaytirishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda taʼlim sohasi masʼullari, huquq-tartibot idoralari vakillari, maktab rahbariyati hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Yigʻilishni maktab direktori Bahrom Boltaboyev ochib berib, voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda oila va taʼlim muassasasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish muhim vazifa ekanligini alohida taʼkidladi. U oʻz soʻzida har bir oʻquvchining xulq-atvori, taʼlimga munosabati, oilaviy sharoiti va ijtimoiy muhitini chuqur oʻrganish zarurligini qayd etdi. Xususan, darslarga muntazam qatnashmaydigan, sababsiz dars qoldiradigan, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etishda qiyinchilikka duch kelayotgan hamda nazorat va tarbiyaviy eʼtibor talab qiladigan oʻquvchilar bilan individual ishlash tizimini kuchaytirish lozimligi aytib oʻtildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼullari taʼlim muassasalarida jinoyatchilikning oldini olish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emasligini, balki bu jarayon maktab, ota-ona, mahalla va keng jamoatchilikning uzviy hamkorligini talab qiladigan muhim yoʻnalish ekanligini eʼtirof etdi. Mutasaddilar oʻquvchilarga qonunlarga hurmat ruhini singdirish, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, turli salbiy taʼsirlardan himoya qilish boʻyicha muntazam targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borish zarurligini taʼkidladilar.

Shuningdek, tuman Ichki ishlar boʻlimi inspektor-psixologi Ulugʻbek Qoʻchqarov voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab boʻluvchi asosiy omillar — oʻquvchilarning psixologik holati, oiladagi muhit, tengdoshlar taʼsiri, nazoratsizlik va boʻsh vaqtning mazmunsiz oʻtkazilishi kabi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtdi. U muammoli vaziyatlarga tushib qolgan oʻquvchilarni vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda ishlash va zarur hollarda ota-onalar hamda tegishli mutaxassislarni jalb etish lozimligini bildirdi. Oʻquvchilarga maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilish va oʻz xatti-harakatlari uchun javobgarlikni his etish masalalari tushuntirilishi shartligi qayd etildi.

Yigʻilish davomida aniq chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, maktabda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etish, "Huquqiy savodxonlik", "Qonun va men", "Yoshlar va qonun", shuningdek, "Qonun barchamiz uchun" kabi mavzularda davra suhbatlari oʻtkazish jadvallari tasdiqlandi. Oʻquvchilarning darslarga qatnashishini har kuni nazoratga olish, sababsiz dars qoldirayotganlarning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazish vazifasi sinf rahbarlari va direktor oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatildi.

Bundan tashqari, oʻquvchilarning ijtimoiy-psixologik holatini oʻrganish, tajovuzkor xulq-atvor va nizoli vaziyatlarga moyillik kuzatilganda maktab psixologi tomonidan tegishli ishlarni amalga oshirish tartibi koʻrsatib oʻtildi. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni sport, fan, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi toʻgaraklarga keng jalb etish hamda yangi toʻgaraklar tashkil qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi. Hozirgi globallashuv davrida oʻquvchilarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz va madaniyatli foydalanish, turli zararli guruhlar va nomaqbul kontentlarning oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish muhimligi taʼkidlandi.

Mahalla, ota-onalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda yangi oʻquv yili davomida qoʻshma tadbirlar rejasini amalga oshirishga kelishib olindi. Ushbu saʼy-harakatlar kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarning sogʻlom, bilimli va qonunga itoatkor fuqarolar boʻlib voyaga yetishini taʼminlashga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026