25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:22
Jamiyat 👁 198

FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI QONUN HIMOYaSIDA

FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI QONUN HIMOYaSIDA

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yoʻlida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni taʼminlashni, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarning oʻz vaqtida va obʼektiv koʻrib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻyadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks asosida qanday harakat yoki harakatsizlik maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanishini, maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ  yoki mansabdor shaxs tomonidan qay tartibda, qanday maʼmuriy jazo qoʻllanilishi va ijro etilishi belgilanadi.

Har qanday maʼlumot, xabar egasi, yaʼni muallifi tarqatilayotgan maʼlumoti uchun javobgar. Har bir shaxs yozgani va tarqatgani uchun avvalo vijdoni va qonun oldida javob berishi lozim. Bu boʻyicha javobgarlik mazkur Kodeksda koʻrsatib qoʻyilgan.

Koʻpchilikka yetkazilayotgan maʼlumot va xabarlar muallifining bilimi, ichki dunyosi va madaniyatidan darak beradi. Turli xil ommaviy axborot vositalari, shuningdek, internet saytlari orqali berilayotgan koʻpchilik masalalar insonlarga namuna, tarbiya vositasi boʻlib xizmat qilishi lozim.

Lekin internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan maʼlumotlarning barchasi ham insoniyat uchun aytarli darajada kerakli va jamiyat uchun foydali emas.

Amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi MJtKodeksida birovga tuhmat qilganlik uchun (MJtK 40-moddasi),  46-moddasida fuqaroga maʼnaviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni oshkor etganligi va 46(1)-moddada shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Shuningdek, 40-moddasida tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi, deb koʻrsatilgan.

Shu oʻrinda aytish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorining 8-bandi talabiga koʻra, oʻzining shaʼniga haqoratlovchi maʼlumotlar aytilgan fuqaro, yetarli asoslar boʻlgan taqdirda, haqorat yoki tuhmat qilgani uchun aybdorni Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 40-, 41-moddalariga koʻra maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida ish qoʻzgʻatishni soʻrab, sudga murojaat qilishi mumkin.

46(1)-moddaga koʻra shaxsning shaxsiy yoki oilaviy sirini tashkil etuvchi shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda yigʻish yoki tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. 46(2)-moddasida esa shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish, shaxsga doir maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda yigʻish, tizimlashtirish, saqlash, oʻzgartirish, toʻldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yoʻq qilish, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, miqdorda jarima solishga sabab boʻladi deb koʻrsatilgan.
Amudaryo tumani Maʼmuriy sudi tomonidan oʻtgan yilning 6 oyi davomida 9 shaxsga nisbatan 7 maʼmuriy ish, 2020-yil 6 oyi davomida MJtKning 40-moddasi bilan 4 shaxsga nisbatan 3 ish koʻrildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyalarida xar bir inson fikrlash, soʻz va ishonch erkinligiga ega ekanligi belgilab berilgan. Lekin hech kim boshqa bir insonni kamsitmasligi, ularning huquq va erkinliklariga zarar yetkazmasligi kerak. Bu meʼyor buzilgan taqdirda har bir qilmish uchun javobgarlik bor ekanligini esdan chiqarmaslik lozim.

M.Karimbayeva, Amudaryo tumani Maʼmuriy sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026