16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:08
Maqolalar 👁 765

Hitoyqishloq hangomalari

Hitoyqishloq hangomalari

MIRZANING EʼLONI

Yangiboy aka “Prezident tomorqasi”dan toʻgʻri Xitoy bozoriga keldi. Mashinasini avtoturargohning eng chetiga qoʻyib, bozorga kirib ketdi. Yangi zamonning “kashfiyot”laridan boʻlgan “qirgʻin gruppa” (yollanma ishchilar) ga tushlik va kechki ovqat uchun xarajat kerak. Shu payt Mirza ham kelib mashinasini Yangiboy akaning “Kobalt”i yoniga qoʻydi. Qarasa, hamma yogʻi tuproqqa belangan mashina. Tanidi. Oʻzining rejasidan mamnun boʻlib, bir kulib qoʻydi-da, Yangiboy akaning mashinasining orqasiga oʻtdi...

Yangiboy aka xarajatlarni mashinaga yukladi-da, shoshilinch joʻnadi. Shu yugur-yugurda ishchilarning kechki ovqatini berib, hisob-kitobini qilib, namozgarda uyiga keldi. Kampiri damlagan choyni shopirib, choynak toʻppini kiydirib, endi bir huzur qiladiganday yonboshlaganida telefon jiringlab qoldi.

– Allo, assalomu alaykum, falon-falon raqammi bu? Yangiboy aka deganimi?

– Vaalaykum assalom. Ha, Yangiboy akangizman...

– Mashina sotmoqchimisiz? Bizga mashina kerak edi. Borsak, koʻrsak boʻladimi?

– Yoʻgʻ-e, men mashina sotmayman, yanglishdingizmi deyman.

– Unday boʻlsa, kechirasiz, bizga sizni mashinasini sotmoqchi ekan, deyishgandi...

Yangiboy aka choynakning toʻppisini olib, novvot solinggan piyolaga choyni alohida kayf bilan quyib, endi ikki hoʻpladimi-yoʻqmi, telefoni yana jiringladi.

– Allo, labbay, eshitaman.

– Assalomu alayku-um, – dedi ovoz egasi mulozamat bilan, – Yangiboy akamisiz?

– Vaalaykum assalom, –shunday mulozamat bilan javob qaytardi Yangiboy va “jiyanlarimdan birimikan?” degan fikr kechdi koʻnglidan. Quyuqqina soʻrashuvdan keyin u tomon maqsadga oʻtdi:

– “Kobalt” mashinangiz bor ekan, sotmoqchi ekansiz, shunga...soʻrashmoqchi edik...

– Xudoga shukur, mashina bor, lekin sotmoqchi emasman. Kim aytdi sizlarga mashina sotadi deb, meni!? – ozgina tajanglanib, telefonni oʻchirdi.

Yonboshni buzib,turib oʻtirdi. Ozgina hayronlik paydo boʻla boshladi.

Choyni ichib boʻlar-boʻlmas, notanish raqamlardan yana ikki marta kelgan qoʻngʻiroqlarga javob bermay oʻchirib qoʻydi. – Tavba, hozirgi odamlar qanday-qanday boʻlgan-ey, birov sotaman, demagan narsasini uyalmay, sotasanmi, deb tursa, tavba?!

Birozdan soʻng telefonini ochgan edi qoʻngʻiroq tayin turgan ekan:

– Allo, assalomu alaykum. Mashinangizni sotmoqchi ekansiz, koʻrgani bormoqchi edik...

– Allo! Men kimga aytibman mashina sotaman deb, qachon aytibman?! – Rost-mana asabiylashib, ovozi boʻgʻilib, baqira boshladi Yangiboy aka.

– Mashinangizga eʼlon yozib qoʻygan ekansiz-ku!

– Nima? Qanaqa eʼlon?!

– Mashinangizga eʼlon yozib qoʻymaganingizda biz tush koʻrib bilamizmi, aka!

Yangiboy aka qiziq holatga tushib qoldi. Qanaqa eʼlon, qachon yozibdi uni, nima deb yozibdi?..

– Kampir! – baqirdi jahl bilan, – Mashinaga qara, qanday eʼlon bor ekan! Yoʻq, toʻxta, oʻzim qarayman!

Supadan inqillab tushib, mashina tomonga shoshildi. Kampiri ham hayron boʻlib unga ergashdi. Mashinaning oldiga, yoniga qaradi: oynalarida quyuq changdan boshqa hech gap yoʻq. Orqasiga oʻtdi. Ne koʻz bilan koʻrsinki, orqa oynani qoplagan qalin changga “Sotiladi. Yangiboy A.” deb, telefon raqami ham chiroyli qilib yozilgan. Mirzaning dastxatini tanidi. Xo-xolab kulishdan oʻzini tiyolmadi, asabiyligi ham bir zumda tarqab ketdi...

– Voy naymit-ey, boplabdi lekin, qulayini topganini qara! Kampir, chelak ber, mashinani yuvib qoʻyay, bolalarga qarab oʻtirmay, Mirzaning eʼloni bu! – deb bilaklarini shimardi. Kampiri: “Hazillaringiz bor boʻlsin sizlarning, birday shunaqa qilib yurasizlar. Odamlar mashina topolmaydi. Mashina topganlar supurib-artib qoʻyishga latta topolmaydi”, – deb bir “chaqib” oldi-da, kulganicha chelakni obkelgani ketdi.

– Ha-a, sening ham bir qulaying kelar, koʻrasan, Mirza, koʻrasan hali, – deb oʻziga tasalli berardi Yangiboy aka mashinani yuvishga hozirlanarkan.

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026