ENDILIKDA BOLALARNING HAM MUROJAATLARI KÖRIB ÇIQILADIGAN BÖLDI
Bu yangi tartib “Bola huquqlarining qöşimça kafolatlari belgilanişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi ÖRQ-608-sonli qonuni bilan belgilab qöyildi.
Bola huquqlari haqida gapirilganda avvalo “Bola” tuşunçasiga qonun nuqtai nazardan şarh berib ötiş örinlidir. Bola huquqlari töğrisidagi konventsiyaning 1-moddasida qayd etilganidek, «18 yoşga tölmagan har bir inson zoti, agar bolalarga nisbatan qöllaniladigan qonun böyiça u ertaroq baloğatga yetgan deb topilmasa, bola hisoblanadi». Xuddi şu mazmundagi taʼrif Özbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunida ham ifodalangan.
Darhaqiqat, “Bola huquqlari töğrisidagi Konventsiya” 1989-yilda BMT ning Boş Assambleyasi tomonidan qabul qilingan bölib, mazkur konventsiyaga bugungi kunda 190 dan ortiq davlat aʼzo hisoblanadi.
Umuman olganda bolalar qaysi davrda va qaysi mamlakatda yaşaşidan qatʼiy nazar alohida ğamxörlik va yordamga muhtoj qatlam hisoblanadi. Ayniqsa, ularning huquqlari oila mehri va ğamxörligi, ularning jamiyatdagi mustaqil hayotga töla tayyorlanişi, tinçlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanişi tuşunçalari bilan uzviy boğliq. Bolalar uçun nazarda tutilgan barça huquqlar istisno va kamçiliklarsiz, irqi, jinsi, tili, dini, milliy-etnik yoki ijtimoiy kelib çiqiş jihatidan, soğliği va tuğilişi, ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud boşqa biron-bir holatlardan qatʼi nazar, hurmat qilinişi va taʼminlanişi kerak.
Aytiş joizki, yuqorida qayd etilgan norma va talablarga hukumatimiz mustaqillikning ilk kunlaridan eʼtibor bera boşlagan va Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 10-martda imzolangan yuqoridagi qonun mazkur yönalişdagi islohotlarning mantiqiy davomi böldi.
Uşbu qonun bilan amaldagi törtta qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, qonun 2020-yil 11-martdan kuçga kirdi.
Yangi qonunga köra Özbekiston Respublikasining Oila kodeksi
96-moddasi 4-qism bilan töldirilib, endilikda ota-ona va bola alohida-alohida yaşagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, şuningdek, ön tört yoşga tölgan bola bir vaqtning özida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uçun aliment undiriş töğrisida daʼvo qözğatişga haqli böldi. Bu borada Özbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 42-moddasiga ham tegişli özgartiriş kiritildi.
Qonun bilan, şuningdek, Özbekiston Respublikasining «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonuni 11-moddasining beşinçi qismiga ham özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Unga köra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, şu jumladan, ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning örnini bosuvçi şaxslar bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim beriş böyiça majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganda bola öz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinişini sörab, vasiylik va homiylik organiga, şuningdek, boşqa davlat organlariga mustaqil ravişda murojaat qilişga haqli böldi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari töğrisida»gi Qonuni yangi 241–modda bilan töldirildi. Yangi modda “Voyaga yetmagan şaxslarning murojaatlarini körib çiqişning öziga xos xususiyatlari” – deb nomlandi.
Yangi modda talabiga köra, voyaga yetmagan şaxslar öz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişi masalalari yuzasidan davlat organlariga, taşkilotlarga yoki ularning mansabdor şaxslariga uşbu Qonunda belgilangan tartibda mustaqil ravişda murojaat berişga haqli böldi. Davlat organlari, taşkilotlar yoki ularning mansabdor şaxslari tomonidan voyaga yetmagan şaxsning murojaatlarini körib çiqiş uning qonuniy vakillari, şuningdek, vasiylik va homiylik organlari iştirokida amalga oşirilişi mumkinligi, voyaga yetmagan şaxslar töliq muomala layoqatiga ega bölmaganligi sababli ularning murojaatlarini körib çiqmasdan qoldirişga yöl qöyilmasligi belgilandi.
Murojaatda qöyilgan masalalarni hal etiş öz vakolatiga kirmaydigan davlat organlari, taşkilotlar, şuningdek, ularning mansabdor şaxslari murojaatni tegişli davlat organiga, boşqa taşkilotga yoki mansabdor şaxsga yoxud vasiylik va homiylik organiga yuborişi şartligi ham moddaning ikkinçi qismida alohida belgilangan.
Xulosa örnida şuni aytişimiz mumkinki, qonunçiligimizga kiritilgan mazkur özgartiriş va qöşimçalar mamlakatimizda bola huquqlarini taʼminlaş borasida olib borilayotgan izçil islohotlarning mantiqiy davomi bölib, bu yangiliklar bola huquqlarining kafolati taʼminlanişiga xizmat qiladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶