KOPONAVIPUSDAN VAHIMAGA TUŞMASDAN VAQTINGIZNI FAPZANDINGIZ BILAN ÖTKAZING, BU SIZGA XUŞ KAYFIYaT BAXŞ ETADI
Butun dunyoni sarosimaga solgan COVID-19 infektsiyasi bizning Pespublikamizni ham çetlab ötmadi. Ilk bor bu kasallik mamlakatimizda 2020-yil 15-mart kuni qayd etildi va Pespublikamiz böylab karantin eʼlon qilindi. Karantindan asosiy maqsad kasallik tarqalişining oldini oliş, keng tarqalmasligiga erişişdir.
Karantin sözi italyança «Quarantena» sözidan olingan bölib “qirq keça, qirq kunduz” maʼnosini bildiradi va epidemiyaga qarşi çeklovçi tadbir hisoblanadi.
Pespublikamizda karantin eʼlon qilinganidan boşlab ijtimoiy tarmoqlarda har xil yolğon va yomon xabarlar tarqatuvçilar köpaydi. Bu toifa odamlar falokat jarçilari hisoblanadi. Çunki ular yolğon va yomon xabarlarni töxtamasdan muntazam yetkazib, odamlarda vaziyat yaxşi yakunlanmaydigandek tasavvur uyğotişadi. Bu holat odamlarda fobiya kelib çiqişiga sabab bölayapti.
Fobiya grek tilidan tarjima qilinganda “Qörquv, vahima” maʼnosini bildiradi. Hozirgi kunda aholi orasida “Verminofobiya” va “oxlofobiya” uçrayapti. “Verminofobiya” – bu virus va mikroblardan dahşatli darajada vahimaga tuşişdir. “Oxlofobiya” esa odamlar yiğilişidan öta xavfsiraşdir. Fobiyalar odam asabiga kuçli taʼsir qilişi sababli, bir qator kasalliklar kelib çiqişiga sabab böladi. Xalqimizda «Vahimaning özi yarim kasallikdir» degan gap bor.
Şunday ekan özimizni özimiz qörqitib, fobiyaga uçraşimizga sababçi bölib qolmaylik. Şu bilan birga yuqorida aytib ötilgan falokat jarçilari bölmiş fitnaçilarning yolğon va yomon xabarlariga işonmasdan karantin qoidalariga amal qilib uyda ötirişimiz şart.
Töğri, hozirgidek uyda ötirib körmaganmiz. Har doim iş, oila va hayot taşvişlari bilan yugurib yurgan odamlar uçun bu biroz qiyin va zerikarli keçişi mumkin. Lekin bu vaziyatdan unumli foydalanib, kötarinki kayfiyat paydo qiliş ham, vahima-yu vasvasaga berilişdan saqlaydi. Kötarinki kayfiyatni sizga bolalaringiz beradi. Ular bilan birgalikda dars tayyorlang, milliy öyinlarimizning kelib çiqiş tarixi bilan taniştiring. Çunki ular milliy öyinlar ruhi bilan emas, kompyuter öyinlari bilan katta bölişmoqda. Ertaklar aytib bering. Ertak-terapiya bolalarning ruhiyatini ijobiy tomonga özgartiradi, har doim yaxşilik qiliş fikrida böladi. Oilaviy şaşka va şaxmat öynang, aqlni çarxlaydi. Imkoningiz boriça birga rasm çizing, applikatsiya işlarini qilişga yordam bering. Panglar bilan işlagan bolaning tasavvuri keng böladi. Kitob öqişini nazorat qiling, fikrlarini sörang, erkin fikrlaşiga kömakçi bölasiz. Bu siz uçun arzimagan narsa bölişi mumkin. Lekin bu farzandingiz uçun yorqin va şirin xotira bölib qoladi. Karantin tugasa farzandlaringizga vaqt ajratolmay qolasiz.
Biz ham oilalarimiz bilan karantin vaqtidan unumli foydalanib, birgalikda vaqt ötkazayapmiz. Har kuni har xil öyin va maşğulotlardan foydalanib farzandlarimni ruhan va jismonan soğlom qilib tarbiyalaşga harakat qilayapman. Farzandlarimiz bizning kelajagimizdir. Kelajagimizni asraş biz kattalarning burçidir. Burçimizni sidqidildan bajarib, karantinni vahimasiz yengişga harakat qilaylik.
Dilnoza Şomurodova,11-sonli maktab psixologi.
(Foto: http://xs.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶