12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:01
👁 4,553

YuRAKDAGI XAZINA

YuRAKDAGI XAZINA

YuRAKDAGI XAZINA

(oçerk)

Zebo. Ismi jismiga, suvrati siyratiga mos, istarasi issiq, gap-sözlarida samimiylik balqib turguvçi bu ayolni ilk marta, körgan kişi: «Munça xuşröy, munça xuştabiat bölmasa bu ayol!» - deya havas qilişi tabiiy.

Sababi, Zebo Rajabova nafaqat ayol, ona va nazokatli rafiqa, balki qalami ötkir ijodkor, mohir tarjimon, yuzlab yoşlarning sevimli ustozi sifatida tanilgan, nafaqat özi tuğilib ösgan Amudaryo tumanida, hatto Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida yuksak obrö-eʼtibor topgan ayollardan.

"Amudaryo haqiqati”  (hozirgi paytda "Taraqqiyot közgusi”) nomi bilan minglab muxlislarining eʼtiborini qozongan tuman gazetasida Zebo Rajabovaning örni katta. U garçi mutaxassisligi pedagog bölsada, gazeta işini  tajribali jurnalistlar kabi yaxşi biladigan, hayotda ham, işda va oilada ham öz tengqurlaridan ança ilgarilab ketgan, barça masalalarda öz şaxsiy fikriga, öz uslubiga ega ijodkor sifatida şakllangan, nihoyatda fidoyi inson.

Zebo Rajabova Manğit şahrining eng fayzli, gavjum Navoiy mahallasida, ziyoli oilasida dunyoga keldi. Otasi (xudo rahmat qilsin) Jumamurod Rajabovni tanigan va bilganlar «temir intizomli odam, Jumamurod melisa» deya hurmat-eʼtibor körsatişardi. Boşqird qizi bölgan onasi (Alloh rahmat qilsin) Daniya xolaning juda köp çiroyli sifatlari Zebogulga ötgan.

-Oilada 10 nafar öğil-qiz voyaga yetganmiz, - deydi Zebo bolalik xotiralarini yodga olarkan. -Ota-onam bizga kamdan-kam hollardagina kiyim-keçak sotib olişardi. Onajonim, keyinçalik opalarim har xil jemper va koftalar, issiq paypoqlar, römollar töqib berişardi.Onam keçalari neça soat uxlagan ekanlar-a, deb öylayman hozir. Çunki har gal ertalab örnimizdan turganimizda boş uçimizda özimiz uçun onajonim tikib qöygan nimça, kostyum, köylakmi, nimadir taxlab qöyilar, nonuştaga esa doim biron bir şirinlik pişirilgan bölardi.

Oiladagi bunday batartib hayot tarzi Jumamurod ota bilan Daniya xola farzandlarining qanoatli, mehnatkaş, sarişta va tejamkor, rejali bölib voyaga yetişişlariga zamin yaratdi.

Örta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan Zebo garçi sinfidagi eng aʼloçi öquvçi bölsa-da, oilaviy şaroit taqozosiga köra öşa yili öqişga bora olmadi.

-Avval hayotni örgan, qizim, qobiliyatingni sendan birov tortib ololmaydi, keyin ham öqib olaverasan, ikkala opang talaba bölsa, onang qiynalib qolmasin, -maslahat berdi otasi.

Maktabni bitirgan yiliyoq u tuman axborot-hisoblaş (statistika) bölimida nazoratçi sifatida ilk iş faoliyatini boşladi. 1978 yildan 1983-yilgaça tuman iqtisodiy hayotiga doir barça maʼlumotlar yiğiladigan mazkur bölimda Zebo Rajabova şu sohaning yetuk mutaxassislari bilan bir safda iş olib bordi. Jamoada obrö-eʼtibor topdi.

-Idoramizga jurnalistlar tez-tez kelib turişardi, - eslaydi Zebo. -Ularning işiga havasim baland edi. Baʼzan öz qölimdan ötayotgan yuzlab axborotlar, maʼlumotlar asosida gazetada yoritilayotgan tahliliy maqolalarni öqib: «nega şunday maqolalarni men ham yoza olmayman?» - deya havasim kelardi.

Ana şu havasmi yo taqdir taqozosimi Zebo Rajabova mehnat  faoliyatining qariyb beş yili «Amudaryo haqiqati» gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi bilan boğlandi. U tahririyatda dastlab muxbir, keyinçalik gazetaning qişloq xöjalik bölimi mudiri vazifalarida işlab, barakali ijod qildi. Iş, oila, jöş­qin ijod bilan birga öz bilimini oşiriş maqsadida Nukus Davlat Universitetining özbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi. Adabiyotni, adabiy janrlarni, özbek tilşunosligining öziga xos sirlarini, yangi qirralarini qunt bilan örgandi. Özining lirik şeʼrlari, munozarali maqolalari, yoşlar tarbiyasiga oid, çuqur falsafiy muşohadalarga boy, ötkir syujetli hikoyalari, tarjimalari bilan gazetxonlar eʼtiborini qozondi.

-Kasbimni qançalik sevmay, qölimga özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi diplomini olgaç, negadir meni maktab ohanraboday öziga tortdi. Bolalar bilan birga, ularning quvonçlariga oşno bölgim, ularning beğubor olamiga singib yaşagim keldi, - deydi u. 

Ana şu orzu Zebo Rajabovani 32-sonli maktab bağriga çorladi. Maktabda beş yil davomida öquvçilarga özbek tili va adabiyoti fanidan saboq berdi.

-Hayotning özi katta maktab, - deydi u. - Ana şu ulkan maktab taʼlimini olmagan inson hayotdan heç qaçon öz örnini topa olmaydi. Umri ham, iş faoliyati ham besamara ötadi. Töğrisi, menga iş faoliyatimdagi eng buyuk ustoz - bu qaynoq va jöşqin Hayot! Bu hayot dargohida qoqilsam ham, muvaffaqiyat qozonsam ham, bir lahza bölsin, bu maktabdan bezmadim. Intildim, faqat oldinga intilib yaşadim.

Faqat oldinga intilib yaşaş, jöşqinlik - Zebo Rajabovaning hayot şioriga aylandi. Uning taşkilotçilik qobiliyati, işda nihoyatda intizomliligi, kirişimli, samimiy muomalasi bois, tuman xotin-qizlar qömitasi boş mutaxassisi lavozimiga taklif etişdi. Uning bu yerdagi faoliyati tahsinga loyiq böl­di. Tumanda yoşlar tarbiyasi, xotin-qizlar hayotiga doir muammolarni hal etiş, giyohvandlikka qarşi, turli yot oqimlar, ayniqsa diniy ekstremizmga qarşi kuraş mavzularida tuman miqyosidagi tadbirlarni ötkazişda faollik körsatdi.

1995-yilda yana öqituvçilik faoliyatiga qaytgan Zebo Rajabova özi mehnat qilayotgan Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi Vazirligiga qaraşli 8-sonli iqtidorli bolalar maktab-internatida yaxşi öqituvçigina emas, endilikda yetuk ustoz darajasiga yetdi. Taʼlim sohasidagi özgarişlar, yangi innovatsion texnologiyalar, körgazmali qurollar asosida dars ötiş, turli maʼrifiy tadbirlar ötkaziş uning oddiy iş jarayoniga aylandi.

-Bolani sinfga qamab A.Navoiy ijodiy faoliyatidan ikki-uç kunlab maʼruza öqiganingizdan köra Navoiy asarlari böyiça bir soatlik sinflararo bahs-munozarali tadbir yoki musiqiy keça ötkazişning ahamiyati juda katta, - deydi Zebo öz iş faoliyati haqida sözlarkan. - Köpinça şunday tadbirlardan keyin qizlarimiz Guli yoki Şiringa, öğil bolalarimiz Farhodga xos xislatlarni takrorlayotganlarini, Navoiy asarlaridagi ijobiy qahramonlarga öxşaşga harakat qilayotganlarini his qilib quvonib ketaman. Şu örinda adabiyot, ayniqsa, özbek adabiyoti yoşlar tarbiyasida, ularning maʼnaviy yetuk insonlar bölib voyaga yetişlarida eng kuçli tarbiya quroli ekanligini taʼkidlagim keladi. Men öquvçilarimdan har bir darsda kim qanday adabiy kitob öqiyotgani haqida söraşdan, ular bilan suhbatlaşişdan, bir döst kabi sirlaşişdan çarçamayman.

Asrimiz boşida buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: «Tarbiya biz uçun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» deya bong urganlarida naqadar haq ekanligini nafaqat öşa davr, balki bugungi davrimiz ham qayta-qayta isbotlamoqda. Çunki yomon tarbiya nainki bir inson, balki butun bir millat, mamlakat yoki dunyo uçun falokat keltiradi. Yaxşi tarbiya esa insonni ham, hayotni, millat va mamlakatni, dunyoni kulfatlardan asraydi. Biz öqituvçilarning zimmamizga ana şunday buyuk va saodatli vazifa yuklangan. Inson va millat, hayot va mamlakat, dunyo taqdiri işonib topşirilgan. Biz şunga munosib ravişda işlaşimiz kerak.

Bunday hayot tarzi Zebo Rajabovaga xos ezgu fazilatlardan biri, xolos. Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi, yoşlarning sevimli ustozi Zebo Rajabova jamoada jamoatçi va faol hamkasb, şogirdlari davrasida ardoqli ustoz, kuyunçak va fidoyi muallima, qavm-qarindoşlar içida odamgarçilikni joyiga qöyadigan oqibatli, epli kelin, oilada sevimli rafiqa, mehribon ona, qadrdon buvi! Qaynotasi Ozod aka Eşniyozov va qaynonasi Roziya opa uni aslo kelinim deyişmaydi, balki:

-Zebogul qizim, Zebojon bolam, - deya alqaşadi.

Umr yöldoşi Şavkatjonni sözlatsangiz butun mehr-muhabbatini bir sözga jamlab: «umrim Zebosi!» - deydi samimiyat bilan. Şu oddiygina eʼtirof bilan öz rafiqasining oilada, öz hayotida tutgan mavqeining naqadar buyukligini ifoda etadi u.

Ana şunday ahil juftlikning şirin mevalari Barnoxon ham onasi kasbini tanladi. Rus tili va adabiyoti fani öqituvçisi, baxtli oila bekasi. Öğli Farruhjon Manğit kasb-hunar kollejining huquqşunoslik bölimini tugatib, ayni paytda Manğit şahrining "Döstlik” mahallasi posboni vazifasida xizmat qilmoqda.

-Yaqinda nevarali böldik, - deydi quvonç bilan Zebo. - Bir pasda buvi ham bölib qolibman.

Bayram kunlarida, tavallud kunida Zebo Rajabovaning uyida telefon qönğiroği tez-tez jiringlaydi. Toşkentdan, Nukusdan, Urgançdan, qöyingki, mamlakatimizning turli hududlarida taʼlim olayotgan, mehnat qilayotgan şogirdlari opani yöqlaşadi. Bayram bilan, tavallud ayyomi bilan qutlaydi.

Zebo Rajabova 30 yillik pedagogik faoliyati davomida qança-qança öquvçilarini mustaqil hayotga kuzatgan, oq yöl tilagan bölsa-da heç qaçon «Falonçi mening şogirdim», demaydi.

- Özim öqitdim, deb hamma öquvçilarni «şogirdim», deyiş notöğri, - deydi u. - Sendan saboq olgan, sening bilimingni, hayotga qaraşlaringni, fazilatlaringni tan olgan, qadrlaydigan öquvçingning özi «Ustoz!» deb huzuringga keladi. - Ana şu öquvçing senga munosib şogird. Sinf töla bolaning hammasini «şogirdlarim», deya daʼvo qiliş - öqituvçiga munosib emas. Biz muallimlar bolalar qalbida hurmat, eʼtibor, havas uyğota oladigan fazilatga ega bölmoğimiz kerak.

Bu Zebo Rajabovaning tajribali muallima va ijodkor inson sifatidagi xulosasi, şaxsiy fikri. Biz uni zimdan kuzatib, fikrlarini tinglarkanmiz, Zebogulning yana bir gözal xislatini kaşf etdik: oddiylik va kamtarlik. Nazdimizda ana şu oddiyligi, kamtarligi Zebo Rajabovani el sevgan ijodkor-muallima sifatida tanitgan, şaxs sifatida şakllantirganday:

U şundayin yaşaydi. Oddiy,

Mehnat erur umrin bezagi.

Martabasi, hatto mansabi-

Oddiygina muallimligi.

Şunday yaşar, har bitta bola,

Uning közin nuri, qaroği.

Va könglida gullagan lola-

Kelajakning  porloq çiroği.

Bu hayotdan topgan bir komi

Kamtargina oilasidir.

Ustoz degan uluğvor nomi

Yurakdagi xazinasidir.

 

Robiya YÖLDOŞEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amu news” ning maxsus muxbirlari.

Suratda: Zebo Rajabova şogirdlari davrasida

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026