ARXIV HUJJATLARI – MILLIY MAʼNAVIYaTIMIZ, TARIXIMIZ VA MADANIYaTIMIZ XAZINASI
Amudaryo tumani davlat arxivida tumanimiz xalqining moddiy va maʼnaviy hayotini aks ettirgan, tarixiy, ilmiy va madaniy ahamiyatga ega bölgan hujjatlar saqlanadi. 2006-yildan 2024-yil yakuniga qadar sobiq sovet va mustaqillik davrlariga tegişli 241 ta fond va ularda Milliy Arxiv fondi tarkibiga kiruvçi, doimiy saqlanadigan 21 ming 118 ta, şaxsiy tarkibga oid 15 ming 866 ta, jami 36 ming 984 ta hujjatlar saqlanmoqda va muntazam ravişda yangi arxiv hujjatlari bilan boyitib borilmoqda.
Çetdan qaraganda arxiv xodimlari amalga oşirayotgan işlar şunçaki oddiy – hujjatlarni qabul qilib oliş va taxlab qöyişday tuyulişi mumkin. Aslida esa arxiv xodimlarining deyarli har bir iş kuni misoli igna bilan quduq qazigan kabi qaynoq, şu bilan birga nihoyatda fidoyilik bilan ötadi. Qabul qilib olingan har bitta hujjatni toifalarga ajratiş, taʼmirga muhtoj hujjatlarni taʼmirlaş va har bir toifa böyiça hujjatlar taxlamini sifatli tikiş, ularning elektron nusxasini yaratiş jarayonlaridan sönggina hujjatlar sifatli saqlovga olingan hisoblanadi.
2024-yilgi reja doirasida Milliy Arxiv fondi hujjatlarining sifatli saqlovini taʼminlaş maqsadida 61 ta hujjatlarni taʼmirlaş, 42 ta hujjatlarni esa muqovalaş va tikiş işlari olib borildi.
Xususan, davlat saqlovidagi arxiv hujjatlarining saqlaniş holati, arxiv muassasasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş, moddiy texnik bazani yaxşilaş böyiça 2024-yil davomida Milliy Arxiv fondi hujjatlaridan 1 ming 250 saqlov birligidan 153 ming 821 ta kadr elektron nusxasi yaratildi. Milliy Arxiv fondi hujjatlarining davlat hisobi ilmiy maʼlumotlar tizimini taşkil etiş va rivojlantiriş, fondlar va hujjatlarni qabul qiliş böyiça doimiy va şaxsiy tarkibga oid yangi 2 ta fondga 949 ta hujjat qabul qilindi.
Şuningdek, davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarning mavjudligini va xatlovini taşkil qiliş böyiça ötgan yil davomida 1 ming 260dan ortiq hujjatlarning mavjudligi tekşirildi.
Tuman davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar doirasida fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy va mavzuli sörovlaridan jami 3 ming 43 ta murojaatlar elektron tarzda Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilgan va barça murojaatlarga javoblar berilgan.
Ötgan yil davomida davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarning sifatli saqlovini taʼminlaş maqsadida 484 mln. sömlik mablağ evaziga 64 dona mobil stellajlar xarid qilinib, ikkita saqlov xonalariga örnatildi. Hujjatlarning elektron nusxalarini yaratiş va elektron nusxalar bazasini şakllantiriş maqsadida 5ta zamonaviy kompyuter texnologiyalari xarid qilindi.
Arxivlar – milliy maʼnaviyatimiz, tariximiz va madaniyatimiz xazinasi. Şu bois, arxiv hujjatlarini köz qoraçiğidek asraş, uning daxlsizligini taʼminlaş arxiv xodimlarining zimmalaridagi masʼuliyatli vazifa hisoblanadi. Çunki har bir hujjat ortida inson taqdiri, orzu-niyatlari mujassam.
Amudaryo tuman davlat arxivi mutaxassislari tomonidan arxiv fondiga qabul qilinayotgan hujjatlarning sifatli saqlanişini taʼminlaş bilan birga, tizimli ravişda mazkur hujjatlarning elektron nusxalarini yaratiş işlari ham samarali yölga qöyilgan. Xususan, 2025-yil davomida davlat arxivida saqlanayotgan 150 mingta hujjatning elektron nusxalarini yaratiş rejalaştirilgan. Ayniqsa, zamon talablariga mutanosib ravişda kadrlar malakasini oşirib borişga alohida eʼtibor qaratilib, ularning mamlakatimizdagi arxivşunoslik işlari eng yaxşi yölga qöyilgan davlat arxivlari xodimlari bilan özaro tajriba almaşişiga şaroit yaratilayotgani bois, Amudaryo tuman davlat arxivida öz işining bilimdonlari bölgan mutaxassislar faoliyat olib borişmoqda.
Maqsad esa hamişa ezgu – milliy-maʼnaviyatimiz, tariximiz xazinasi bölgan arxiv hujjatlarining daxlsizligini taʼminlaş va ularni kelajak avlodlarga mukammal yetkazişdir.
Bahodir Jumaniyozov, Amudaryo tuman davlat arxivi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶