XOLIMBEGNING NAMUNALI OILASI
Kimdir inson umrini tez oqar daryoga, kimdir “yalt” etib çaqnab, bir zumgagina olamni nurafşon etuvçi çaqinga, kimdir esa orasi yaqin ikki eşik orasiga mengzaydilar.
Ha, har qança totli bölsa-da, umr ölçovli. Vaqtni esa töxtatib bölmaydi. Vaqt zandiri davrni davr bilan boğlaydi. Faqat fasllargina navbatma-navbat dunyo tusini özgartirib, umrning har dami ğanimat ekanligini uqtirib turadi.
Umrining 60 yillik dovonida turib, ötgan kunlariga nazar taşlar ekan, tumanimizning Xolimbeg ovulida istiqomat qiluvçi Yöldoş aka Matnazarovning köngli faxrga, iftixorga töldi. Mamlakatimizning turli hududlarida yaşaydigan farzandlari, yaqin qarindoşlari uşbu sanani birga nişonlaş uçun birin-ketin kirib kelganlarida quvonçlariga olam torlik qilayotganday böldi, göyo. Axir quvonmasinmi, turmuşning ne bir zahmatlarini çekib, öğillarini, qizini öqitdi, ilmli qildi, uyli-joyli qildi. Halol mehnatlaridan böy tiklagan obod xonadoni nevaralarining şöx şovqin-suroniga töldi. Bunday saodatli kunlarni qançalar orzu qilgan edi u, şunday kunlar umidida tonglarni tunlarga ulab mehnat qilgan edi. Baʼzan horigan damlarida umr hamdami, barça taşvişlariga birga yelka tutgan suyançiği Norgul opaga qarab.
- Hali öğillarimiz qanotimizga kirsa, yukimiz yengillaşib qoladi, sinfdoş, - deya hazillaşardi. Bir ovulda tuğilib ösib, bir maktabda, bir sinfda öqib, bir-biriga köngil qöyib oila qurgan ayoli Norgul Yöldoşeva eri aytmasa-da, heç qaçon bolalar taşvişidan nolimadi, mehnatdan qoçmadi.
Yöldoş akani xayollari olis bolalik yillariga yetakladi, köz öngida ota-onasi bağrida keçgan damlari jonlandi.

Uning otasi Qöçqor baraq (laqabi şunday edi) Matnazarovning otalari Xolimbeg ovulining Turmaniston bilan çegaradoş hududida ötirimli yaşab, 40 ta xonadon iborat hovlisi, yer-suviga ega bölib, asosan dehqonçilik, çorvaçilik bilan şuğullanişgan, xizmatkorlari ham bölgan ekan. Öşa davr siyosatiga köra quloq qilinib, mol-mulki tortib olinib, özlari dom-daraksiz ketgaç, keyingi avlodlari turmuşi qiyinçiliklar bilan keçgan. 1913-yilda tuğilgan padari – Qöçqor Matnazarov 7 yoşida onasidan, 14 yoşida otasidan ayrilib, 28 yoşigaça har qarindoşlarinikida yaşab kelgan, boşlanğiç taʼlim olgan. Zehni ötkirligi bois, kolxoz podasini boqib yurib, Orazgeldi ismli turkman oşnasidan diniy bilimlarni örganadi, adabiyotlarni öqiydi, savodi tobora sayqallanadi. Umum mulki podani köz qoraçiğiday asrab, parvarişlab boqqani uçun kolxoz raisi uni Ikkinçi jahon uruşi davrida frontga yubormay olib qolgan ekan. Vaqt kelib, u Xojibika ismli qizga uylangan. Afsuski, ayoli ikki qizni dunyoga keltirib, vafot etgan.
Qöçqor Matnazarov oradan yillar ötib, şu yerlik Hayitgul ismli ayolga uylangan. 1959-yil 19-oktyabrda undan çiroğboni, hayotining davomçisi Yöldoş dunyoga kelgan.
U bolaligida dehqonçilik işlarida kömaklaşib yurgan çoğlarida otasining köp takrorlaydigan şu sözi yodida muhrlanib qolgan:
Haromçilik ğör yigitni xor etar,
Bosar-yiqar, keng jahonni tor etar.
Otasi yana har yili dehqonçilikdan undirgan hosilini tarozida tortib, öndan bir qismini şaharda yaşaydigan qarindoşlariga, muhtojlarga tarqatişni kanda qilmas edi. Otasi bir umr amal qilib kelgan bu odatini yakka-yu yolğiz öğli Yöldoşga, kelini Norgulga özidan söng davom ettirişini köp uqtirardi.
Yöldoş şular haqida öylaganida “eh-h, otam-ey, ajoyib odam edingiz-da”, deb qöydi xayolan.
Fasllarning galma gal almaşib, dunyo tusini özgartirib turişida ham bir ajib hikmat bordik. Yöldoş aka öz qöllari bilan undirgan mana bu teraklarning yaproqlari sarğayib, bandidan bir-bir uzilib yerga töşalib yotişiga qarab uzoq xayolga todi. Bu teraklar nihollarini ötqazgan davrlarida hali farzandlari yoş, er-xotin birini maktabga, birini boğçaga jönatguniça özlarining ham iş vaqtlari yaqinlaşib qolar edi. U paytlarda sobiq M.Gorkiy nomli sovxozda sport yöriqçisi bölib, ayoli esa bolalar boğçasida işlar edi. Xöjalik idorasi bilan Xolimbegning orasi olis emasmi, goh velosipedda, goh mototsiklda, qişning qor-yomğirli kunlarida yayov yölga çiqardi. Şunday damlarda yonidan ğizillab ötib ketgan taniş-notanişlardan baʼzan köngli oğrirdi, (u paytlarda birovning tansportiga çiqqanlik uçun haq olinmas, bu şunçaki odamgarçilik uçun qilinardi) yana öziga özi dalda berardi, bu kunlar ham ötib ketar... Işqilib, bolalarni voyaga yetkazgunça işlaşim kerak..
Ha, şunday kunlar keldi. U keyinçalik Xolimbeg ovul fuqarolar yiğinida harbiy hisob bölimi boşliği, ayoli Norguloy esa 35-maktabda psixolog bölib işladilar, şundoqqina hovlisi yonidagi 2,5 gektarlik yerini ijaraga olib, boğ barpo etişdi, boğdan, tomorqasidan turli meva, sabzavotlar yetiştirib, oilasidan ortganini bozorga sotişdi, daromadi hisobiga maşina sotib olişdi, avval tönğiç öğil Xudoyberganni, Xayrullani, Muhiddinni va oilaning kenjatoy farzandi Nargizani oliygohlarning avval bakalavr keyin esa magistratura bosqiçlarida öqitişdi. Hozirgi kunda Xudoybergan - 35-maktab direktori örinbosari, Xayrullo Özbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetida öqituvçi, suv sporti va eşkak eşiş turlari kafedrasi mudiri, Muhiddin – injener-geolog. Nargiza esa Özbekiston Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi filologiyaga ixtisoslaştirilgan maxsus maktabda öqituvçi. Hozir ularning barçasi uyli-joyli , oilali bölib, özlaridan tinib-tinçib ketişdi. Bu oilaga şunçaki nazar taşlagan kişi barça taşvişlaridan “tingan”, farzandlarini öqitib, nonini but qilib qöygan Yöldoş aka, Norgul opaga havas qilişi tayin. Biroq turli oliygohlarda birin-ketin baʼzan ikkovini baravar öqitgan damlarida bir topgani bir topganiga yetmay, tang holatlarga tuşgani, oğzi tegsin, deya boğida pişgan mevalaridan nasibasini kötarib Toşkentning yöllarida sutkalab avtobuslarda yurib, tortgan azoblari, biri olisda turib uh-h desa, yuraklarini hovuçlab soğayib ketguniça dilgir bölganlari faqat özlarigagina ayon.
Ha, Yöldoş aka, Norgul opalar ana şunday “şirin” maşaqqatlar evaziga ularni kamolga yetkazdi. Şunda ham hozirgi kunda bir zum tinib, bamaylixotir ötirişni özlariga ep körişmaydi. Tomorqa yer, boğ, nevaralar tarbiyasi ularning kundalik, heç zerikmaydigan, birovga işonmaydigan yumuşlari. Natijada turmuşlari farovon, ertagi kundan köngillari töq.
Yöldoş aka xayol bilan bölib, boğda ança qolib ketganini sezmay qoldi. Şoşib mehmonlari – farzandlari, qarindoşlari yoniga qaytdi. Axir ular 60 yoşi bilan qutlagani kelişgan.
- Otamning çiroğini yoqib, xondonini obod etib ötirgan ukajonim borligiga doim şukur qilaman. Qaçon kelmaylik, eşigi ham, köngli ham oçiq Yöldoşboy ukam kelinim bilan qöşa qarib, uzoq yaşagay, - deydi opasi Qizlargul momo. Jamuljam tuğişganlar bir vaqtlar Yöldoş aka harbiy xizmat burçini ötayotgan vaqtda (u sobiq SSSP harbiy dengiz flotida uç yil harbiy xizmatda bölgan ekan-da) ota-onasi va ikkala opa soğinib ketganidan hatto Qoraqalpoğiston Pespublikasi mudofaa boşqarmasiga borib, oilada yolğiz öğil, uyga qaytarib bering, deb ham borişganini kulişib, esladilar.
Ha, bugunbu köp xonadonda haqiqiy şodlik hukmron böldi: Baxtli, saodatli umr keçirib, uç öğil, bir qizni elga qöşgan, uç kelinga ham ota, sakkiz nafar nevaralarga bobo bölgan, mehr-oqibati bilan yaqinlarining ham könglidan joy olgan Yöldoş Matnazarovning 60 yoşga tölişi va ilk öğil nevara – Xayrulloning farzandining sunnat töyini ulkan xursandçilik bilan nişonlaşdi. Öğillari Yöldoş akaga yubileyi munosabati bilan yap-yangi, ğilofida turgan “Damas” avtomaşinasi kalitini topşirişdi. Onamiz bilan yaxşi kunlarga minib tözdiring, deya tilak bildirişdi. Şu daqiqalarda u hatto quvonganidan rahmat ham deya olmay bolalarini birin-ketin qattiq bağriga bosdi, közlariga yoş qalqidi.
– Bu kunni biz uzoq yillar orzu qildik. Ota-onamiz bizni öqitamiz deb, uyli-joyli qilamiz, deb topganini bizga sarflaşgan. Işga doim qiynalib velosipedda, yayov qatnab yurganini körib, hali öqişni bitirsak, dadamga maşina olib beramiz, deyişardi akalarim, – deydi kenjatoy farzand Nargiza.
– Bizning eng ulkan boyligimiz – sizlarsiz. Ilohim yomonligingizni körmagaymiz, doim soğ-omon böling, – deydi ota ularni quçib.
Ha, Xudoybergan, Xayrullo, Muhiddin, Nargizaday el koriga yaraydigan farzandlarni kamolga yetkazgan ota-ona – Yöldoş aka va Norgul opalarni çindin-da pir-u badavlat odamlar desak, örnak olsak arziydi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶