14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:24
Jamiyat 👁 516

Eng namunali koʻchaboshilari taqdirlandi

Eng namunali koʻchaboshilari taqdirlandi

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi qoʻmita raisi Sharapat Otemisov boshchiligida koʻcha boshilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tuman hokimi oʻrinbosarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda faol koʻchaboshilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Sharapat Otemisov soʻzga chiqib, soʻngi yillarda Prezidentimiz boshchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasining har tomonlama kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimizning turmush farovonligini yanada yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli amaliy ishlar xususida toʻxtaldi.

Taʼkidlanganidek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi rivojlantirish maqsadida 15dan ortiq Prezident farmon va qarorlari qabul qilinib, ular hududdagi mislsiz oʻzgarishlarda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

2024-yil Qoraqalpogʻiston uchun eng tarixiy yillardan biri boʻlib qolmoqda, desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi. Xususan, xalqimizning koʻp yillik orzularidan biri – Amudaryo ustidagi Qoraqalpogʻistonni Xorazm bilan bogʻlaydigan 423 metrli yangi avtomobil va temir yoʻl koʻprigi ochilishi orqali yuk va yoʻlovchi tashish masofasi 180 kilometrga qisqartirilib, yangi imkoniyat eshiklari ochildi. Yangi sanoat korxonalari, turizm maskanlari, energetika quvvatlari, IT-park ishga tushirildi.

Shuningdek, yilning eng muhim voqealaridan biri – 323 million dollar hisobiga yangidan qurilgan “Qoʻngʻirot-Beyneu” avtomobil yoʻlining 240 kilometr qismi foydalanishga topshirilishi bilan tranzit va boshqa xizmatlar hajmi yiliga 200 million dollarga oshishiga zamin yaratildi.

Qayd etish joizki, respublikamiz hududida sanoat, tadbirkorlik va infratuzilma sohalarida 50dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berilgan. Xususan, investitsiya loyihalari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri yer ajratish huquqi faqat Qoraqalpogʻistondagina joriy qilingan. Oʻzbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bu yil Nukusda oʻtkazilib, hududning salohiyati mamlakat boʻylab ishbilarmonlarga koʻrsatib berildi.

Tadbirda mamlakatimizdagi islohotlarning joylardagi ijrosini taʼminlashda mahalla instituti, xususan koʻchaboshchilarning faolligi nihoyatda zarurligi qayd qilindi. Ularning fidoyi mehnatlari natijasida xalqimizning muammolari oʻz vaqtida yuqori tashkilotlarga, islohotlarning mazmun-mohiyatini esa aholiga yetkazilayotgani, bu esa kuchli fuqarolik jamiyati barpo qilishdek ulugʻvor maqsadlarga xizmat qilishi eʼtirof etildi.

Aholi osoyishtaligini taʼminlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylarning ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda ham koʻchaboshchilar “Mahalla yettiliklari”ga qoʻl-qanot boʻlayotgani qayd etildi.

Uchrashuv mobaynida mahalla tizimida koʻchaboshchilarining faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida respublika boʻyicha oʻtkazilgan “Eng namunali koʻchaboshchi” tanlovining mahalla, tuman bosqichi gʻoliblari munosib taqdirlandi hamda ularga pul mukofotlari topshirildi.

Taʼkidlash joizki, 2021-yil 23-fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi 99-sonli qarori koʻchaboshchilar faoliyati samaradorligini oshirishda muhim dasturulamal boʻlmoqda.

Qaror asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolar faoliyatining samaradorligini baholashning qator asosiy koʻrsatkichlari belgilangan.

Xususan, tegishli hududda koʻcha va koʻp kvartirali uylardagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, oʻzi yashayotgan koʻcha va koʻp kvartirali uylardagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironlarga, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga, notinch va muammoli oilalarga yordam koʻrsatish, aholining issiqlik va elektr energiyasidan, tabiiy gazdan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishini targʻib qilish koʻchaboshchilar faoliyatining samaradorligini belgilovchi asosiy mezonlar sirasiga kiradi.

Yigʻilishda shular bilan bir qatorda tegishli hududda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalarida fuqarolar yigʻini kengashiga takliflar berib, oʻziga biriktirilgan hudud osoyishtaligi va obodligi uchun koʻmaklashgan, aholi tinchligi uchun xavf tugʻdiruvchi holatlarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar yigʻiniga yoki mutasaddi organlarga oʻz vaqtida xabar berganib kelgan va hududda huquqbuzarliklarning oldini olishga hissa qoʻshgan faol koʻchaboshchilarga alohida minnatdorchilik bildirildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019