“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” sovrindorlari tantanali taqdirlandi
Amudaryo tumanida yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda sportga bölgan qiziqişini yanada oşiriş maqsadida ötkazilgan “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalarining tuman bosqiçi ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi yuqori saviyada taşkil etildi.
Bayramona ruhda ötgan tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, bölimlar rahbarlari, yoşlar yetakçilari, sport sohasi vakillari, musobaqa iştirokçilari, keng jamoatçilik hamda yoşlar iştirok etdi. Tadbir davomida sport maydonlarida öz mahorati, matonati va jamoaviy hamjihatligini namoyon etgan yoşlarning yutuqlari munosib eʼtirof etildi.
Musobaqalar yakunlariga köra, öğil bolalar örtasida futbol bahslarida Tölqin ovuli jamoasi barça raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinçi örinni qölga kiritdi. Ikkinçi örin Kuyuk köpir ovuli jamoasiga nasib etgan bölsa, Namuna mahallasi jamoasi uçinçi örinni egalladi.
Öğil bolalar örtasidagi mini futbol musobaqalarida esa Qiliçboy ovuli jamoasi çempionlikni qölga kiritdi. Oybek mahallasi jamoasi ikkinçi, Böston mahallasi yoşlari esa uçinçi öringa sazovor böldi.
Qiz bolalar örtasidagi mini futbol bahslari ham murosasiz va qiziqarli keçdi. Yakuniy natijalarga köra, Xolimbeg ovuli jamoasi musobaqa ğolibiga aylandi. Oq oltin ovuli jamoasi ikkinçi örinni egallagan bölsa, Qipçoq şaharçasi jamoasi uçinçi örin bilan taqdirlandi.
Taqdirlaş marosimida sözga çiqqan tuman hokimi Sobir Xöjametov hamda tadbirda iştirok etgan rahbarlar sportning yoşlar hayotidagi örni va ahamiyatiga alohida töxtalib, musobaqa davomida yuksak natijalarni qayd etgan sportçilarni samimiy muborakbod etdilar. Şuningdek, ular yoşlarning sportga bölgan qiziqişi va intilişi yildan-yilga ortib borayotgani, bu esa kelgusida yurtimiz şarafini himoya qiladigan isteʼdodli sportçilar safining kengayişiga xizmat qilişini taʼkidladilar.
Tantanali marosim davomida sovrindor jamoalar ketma-ketlikda sahnaga taklif etildi. Ularga diplomlar, medallar, sport anjomlari hamda qimmatbaho sovğalar topşirildi. Ayniqsa, musobaqalarda faxrli birinçi örinni qölga kiritgan jamoalarga çempionlik kubogining topşirilişi tadbirning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biriga aylandi. Tuman hokimi Sobir Xöjametov ğolib jamoalarga kuboklarni tantanali ravişda topşirar ekan, ularning mehnati, intilişi va ğalabaga bölgan işonçini alohida eʼtirof etdi.
Tadbir davomida yoş sportçilarning yutuqlari keng jamoatçilik oldida eʼtirof etilib, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham omad va muvaffaqiyatlar yor bölişiga tilak bildirildi. Şuningdek, sport orqali döstlik, hamjihatlik, vatanparvarlik va soğlom turmuş tarzi ğoyalari tarğib etilayotgani alohida qayd etildi.
Taqdirlaş marosimi tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom ettirildi. Respublika miqyosida tanilgan sanʼatkorlar hamda tumanimizning isteʼdodli va umidli xonandalari ijrosidagi şöx-şodon kuy-qöşiqlar tadbir iştirokçilariga kötarinki kayfiyat ulaşdi. Musiqiy çiqişlar, jöşqin taronalar va bayramona muhit sportçilar hamda mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Sport va sanʼat uyğunligida ötgan uşbu tantanali tadbir nafaqat musobaqa ğoliblarini eʼtirof etiş, balki yoşlarni yangi marralar sari ruhlantiriş, ularni soğlom va faol hayot tarziga çorlaydigan muhim maʼnaviy-maʼrifiy tadbir sifatida ham katta ahamiyat kasb etdi. “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalari yoşlar örtasida sportni ommalaştiriş, isteʼdodlarni kaşf etiş va ularni qöllab-quvvatlaş yölidagi muhim loyihalardan biri bölib qolişi, şubhasiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶