Tölqinlik harbiy xizmatçining otasi taqdirlandi
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida xizmat qilayotgan, özining jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligi bilan safdoşlariga örnak bölayotgan harbiy xizmatçilarni rağbatlantiriş, ularning oila aʼzolariga yaqindan minnatdorçilik bildiriş maqsadida joylarda köplab tadbirlar taşkil etilmoqda. Ana şunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri Amudaryo tumanining Tölqin ovulida ham taşkil qilindi.
Bir guruh masʼullar ayni vaqtda öz xizmat burçini şaraf bilan bajarayotgan Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy aloqa uzeli harbiy xizmatçisi Xalilayev Hikmat Urazbayeviçning xonadoniga taşrif buyurişdi. Hikmat Xalilayev öz xizmati davomida muntazam ravişda yuqori natijalarga erişib, jangovar maşğulotlardagi çaqqonligi va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik borasidagi yuksak salohiyati bilan qömondonlik eʼtirofiga sazovor böldi. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy aloqa uzeli boşliği tomonidan Hikmatning otasiga maxsus taşakkurnoma xati va kökrak nişoni yuborildi.
Tölqin ovul fuqarolar yiğini raisi Faxriddin Jumabekov, 33-sonli maktab vakili, leytenant Nodir Hayitboyev, 32-sonli maktabdan Qutlimurod Gulmonov va 80-maktab vakili, zahiradagi podpolkovnik Ilhom Yerdaşevlar Mudofaa vazirligi qömondonligi nomidan yuborilgan, mard va jasur öğlonni tarbiyalagani uçun davlatning minnatdorçilik ramzi bölgan "Vatan himoyaçisining otasiga" deb nomlangan kökrak nişoni va maxsus guvohnomani harbiy xizmatçi Hikmat Xalilayevning otasi Örazbay ota Xalilayevga katta hurmat va ehtirom bilan tantanali ravişda topşirdilar.
Bunday rağbatlantirişlarning mohiyati şundaki, ular faqatgina bir oilaning quvonçi bölib qolmay, balki butun jamiyat uçun katta tarbiyaviy maktab vazifasini ötaydi. Vatan himoyasidek muqaddas burçni ado etayotgan yigitlarning ota-onalariga körsatilayotgan bunday yuksak ehtirom ösib kelayotgan yoş avlod qalbida mardlik, jasorat va öz xalqiga sadoqat tuyğularini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi. Armiya va xalq birdamligi mustahkamlangan joyda esa tinçlik va taraqqiyot barqaror böladi.
Tölqin ovulida bölib ötgan uşbu tadbir ham yurtimizdagi har bir harbiy xizmatçining oilasi davlat himoyasida va eʼtiborida ekanligini, ularning maşaqqatli hamda şarafli xizmatlari doimo munosib qadrlanişini yana bir bor amalda isbotladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶