Amudaryolik tadbirkor I darajali "Mehnat faxriysi" kökrak nişoni bilan taqdirlandi
Jamiyatda inson qadrini uluğlaş, köp yillik halol mehnati bilan el-yurt farovonligiga munosib hissa qöşgan faxriylarni eʼzozlaş yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning eng muhim yönalişlaridan sanaladi. Şu maqsadda, joriy yilning 11-iyul kuni Nukus şahrida joylaşgan "Oq quş" majmuasida maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega bölgan "Uç avlod uçraşuvi" nomli katta tadbir taşkil qilingan edi.
Mazkur tantanali marosimda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev sözga çiqib, mamlakatimiz taraqqiyoti yölida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh faxriylar hamda turli soha vakillarining ibratli hayot yölini alohida eʼtirof etdi. Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi Tursunxon Xudaybergenov, Özbekiston “Nuroniylar” jamğarmasi boşqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi “Nuroniy” jamğarmasi raisi Tursinbay Abdijabbarovlar iştirok etib, Vatan ravnaqiga salmoqli hissa qöşgan bir qator faxriylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari va qimmatbaho esdalik sovğalarini tantanali ravişda topşirdilar.
Uşbu yuksak mukofotga sazovor bölganlar qatorida amudaryolik faxriy nuroniy, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan kommunal, maişiy xizmat va savdo xodimi, tajribali tadbirkor Tursunboy Ahmedov ham bor. Uzoq yillik samarali mehnatlarining eʼtirofi sifatida u I darajali "Mehnat faxriysi" kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
85 yoşni qarşi olgan Tursunboy ota Ahmedov özining qalbidagi yoşlarga xos ğayrat-şijoati, hayotga bölgan çeksiz iştiyoqi va mehnatkaşligi bilan barçaga örnak bölib kelmoqda. Qahramonimiz qariyb 40-yildan buyon “Manğit” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga rahbarlik qilib keladi. Eʼtiborlisi şundaki, dastlab faqatgina 4 turdagi maişiy xizmat körsatiş bilan öz faoliyatini boşlagan uşbu jamiyat, bugungi kunga kelib aholiga keng qamrovli xizmatlarni taqdim etayotgan yirik markazga aylangan. Jumladan, maskanda maişiy texnika taʼmiri, payvandlaş, temirçilik, vulkanizatsiya, sartaroşlik va tikuvçilik kabi köplab yönalişlarda aholiga yuqori sifatli xizmat körsatilmoqda. Uşbu korxona nafaqat aholining uzoğini yaqin qiluvçi xizmat nuqtasi, balki köplab insonlarni iş bilan taʼminlagan, kasbga mehr uyğotuvçi va ustoz-şogird anʼanalarini özida mujassam etgan çinakam maktabdir.
Tursunboy otaning yuksak rahbarlik salohiyati va bilimdonligi tufayli korxonada mehnat qilayotgan har bir mutaxassis öz sohasining yetuk ustasiga aylangan. Xususan, jamiyatda faoliyat yurituvçi sartaroş Şuhrat Bozorboyev Özbekiston Sartaroşlar Assotsiatsiyasi tomonidan ötkazilgan körgazmada faol iştirok etib, faxrli 3-örinni qölga kiritgani sözimizning yaqqol isbotidir. Şuningdek, bugungi kunda Tursunboy otaning nevarasi Asadbek ham bobosining kasbini davom ettirib, sartaroşlik yönalişida xalqimizga sidqidildan xizmat qilmoqda. U har bir işni puxta va sifatli bajarişga intilib, korxonada ijroçi direktor vazifasini ham masʼuliyat bilan bajarib kelmoqda. Bundan taşqari, Tursunboy aka barpo etgan uşbu binoda köplab tadbirkor va işbilarmonlar öz bizneslarini yuritib, el-yurt manfaati yölida mehnat qilmoqdalar.
Qahramonimizning eng gözal fazilatlaridan biri uning saxovatpeşaligidir. U doimo ehtiyojmand va muhtoj insonlarga yaqindan kömak berib, qölidan kelgan yordamini heç qaçon ayamaydi. Ayniqsa, 2020-yilda, koronavirus infektsiyasi keng tarqalgan murakkab davrda özining Umra ziyorati uçun jamğarib qöygan mablağini kömakka muhtoj insonlarning holidan xabar oliş yölida ehson qilgani Tursunboy otaning qalbi qançalik keng va mehrga töla ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Tursunboy ota Ahmedov doimo zamon bilan hamnafas yaşab, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni qizğin qöllab-quvvatlaydi va yurt roziligini özining eng uluğ maqsadi deb biladi. Uning uzoq yillik halol mehnati va fidoyiligi evaziga yaratgan umr boği bugungi kunga kelib özining şirin mevalarini bermoqda. Uşbu barakali boğdan nafaqat uning farzandlari va nevaralari, balki butun el-yurt bahramand bölmoqda. Uning boy hayotiy tajribasi va mehnat yöli bilan tanişgan har bir inson bu tabarruk nuroniydan, albatta, çeksiz kuç va ibrat oladi.
Fursatdan foydalanib, Tursunboy ota Ahmedovni davlatimizning yuksak işonçi – I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan tabriklab, doimo uning amudaryolik tadbirkorlarga örnak bölib yurişiga tilakdoşmiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶