21.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.10.2026, 01:11
Maqolalar 👁 725

DOYIMMISIZ, BOʻLAMMISIZ?!

DOYIMMISIZ, BOʻLAMMISIZ?!

“Nasablaringizni (zotlaringizni) bilinglar, qarindoshlaringizga silai rahm qilasizlar. Chunki aloqasi uzilgan qarindoshchilikning yaqinligi yoʻqdir...” (“Hadis”dan).

Hozirgi jonli soʻzlashuvda ham, vaqtli matbuot va hatto televideniyeda ham, amakining oʻgʻli yoki qizini jiyan deb atashayotgani, opa-singillarning farzandlari bir-birini kim deb atashda yanglishayotgani ushbu moʻʼjaz maqolani yozishga undadi. Niyat xolis, urugʻ-aymoqchilikni yoqlash yoki hech kim bilan bahslashish niyatimiz ham yoʻq. Faqat hozirgi avlod qarindoshlik munosabatlari tilimizda qanday toʻgʻri atalishini bilishni istasalar, marhamat, fikrlashamiz. Kim toʻgʻri atashni bilishni istamas ekan “otis” (otets-rus) “mamashka”, “brat”, “sestryonka” deb yuraversin.

70-80 yoshni koʻrgan oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman oqsoqollari bilan suhbatlashib, fikrlarimizni keng jamoatchilik bilan oʻrtoqlashishga jazm etdik. Yoshlarimiz (avlodimiz) amaki, amma, xola, doyi (togʻa), jiyan, togʻavachcha, boʻla (xolavvacha) qanday qarindosh ekanligini bilib qoʻysalar aslo ziyon qilmas!

Xoʻsh, amaki kim oʻzi?

“Oʻzbek tilining izohli lugʻati” (5-jildlik. 1-jild)da: Amaki: 1. (fors tilida aqr) otaning akasi yoki ukasi (jiyanga nisbatan) 2. Oʻzidan katta er kishiga murojaatda yoki hurmat yuzasidan ishlatiladi; 3. Umuman er kishi (oʻzidan kichiklarga nisbatan) deb uchta maʼnosi berilgan. 1-izohdan qavs ichida berilgan “jiyanga nisbatan” degan soʻzga qoʻshila olmaymiz. Balki Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida shevada bunday ishlatilar, lekin bizda amakini, amakining oʻgʻil-qizlarini “jiyan” deb atamaydilar! Ularni aka (opa), uka (singil) deb atagan toʻgʻri boʻladi.

Qozoq, qoraqalpoq, turkmanlar bu masalada ancha mahkamroq.

Shu kitobda: “Amakivachcha aka-ukalarning oʻgʻil-qizlari (bir-biriga nisbatan) deb toʻgʻri berilgan (I jild, 79-bet)”. Lekin II-jildning 96-betida: “Jiyan – aka-ukalarning (?), opa-singillarning farzandlari (togʻaga, amakiga, ammaga, xolaga nisbatan)”, – deb chalkash fikr bildirilgan. Yaʼni amaki va jiyanlarning qarindoshlik munosabatidagi farq yoʻqolgan.

Xullas, amaki – otamizning akasi yoki ukasi. Bizda ota, buva, aka deb atashadi. Xalqimizda shunday dastur amal qilib kelganki, bola tili chiqqanidan ota (dada)sining otasi hayot boʻlsa, ota (dada)ni “aka” deb atashni maʼqul koʻrganlar. Bu hozir ham amalda, lekin koʻproq “dada” deb atash urf boʻlmoqda.

Ota, bobo – ota (dadamiz)ning otasi.

Ota, buva – onamizning otasi (Toshkent tomonlarda opoqdoda). Oʻzbekiston Xalq artisti Ortiq Otajonov TVda nevarasini sal koyib qoʻygandi: “menga “buva”, “bobo” de, “doda” dema”, – deb.

Buvi, ena – otamizning onasi.

Buvi, momo – onamizning onasi.

Ona – oyi (shevalarda turli atashadi, bizda, “opa” deyishadi).

Ota – dada (“aka” deb atash borligini yuqorida aytib oʻtgandik).

Amakivvacha – otamizning aka-ukalarining oʻgʻil-qizlari (oʻsha kitob 73-bet, I-jild). Yoshi katta boʻlsa – aka, opa, kichik boʻlsa uka, singil.

Amma – otamizning opasi yoki singlisi.

Xola – onamizning opasi yoki singlisi.

Doyi (togʻa). (164-bet). “Ayolning aka-ukalari (uning bolalariga nisbatan). Yaʼni onamizning aka-ukalari (er kishilar) va ularning farzandlari. “Qozoq, qoraqalpoqlarda togʻasi – doyisining qizlarini “doyiqiz” deb atashadi.

Jiyan – ammamizning oʻgʻil-qizlari. Opamizning, singlimizning farzandlari. Ular otamizga ham, bizga ham jiyan. 70 yoshdagi chol yo momo boʻlsa ham, biz 7 yoshda boʻlsak ham, bizga jiyan boʻladi!

Jiyan – amaki emas! Jiyanlarning oʻgʻil-qizlari, ham bizga jiyan (cha)lar boʻlib boraveradi. Oʻsha moʻʼtabar kitobning 96-betida oʻzidan kichik yaqin kishilarga ham jiyan deb murojaat qilinishi toʻgʻri koʻrsatilgan.

Boʻla – opa-singilning bolalari (bir-biriga nisbatan), xolavachcha. Demak, xolamizning bolalari bizga boʻla boʻladi!

Pochcha (yezna, jezna) – opaning, yoshi katta jiyan – “doyi qiz”ning eri, xolamizning eri. Yoshi kichiklariga “kuyov” deyiladi, yezna deyilmaydi.

Qaynogʻa – erning akalari, aka urugʻlari yoshi kattalari ayol uchun, xotinning akalari, aka urugʻlari yoshi kattalari er uchun qaynogʻa boʻladi.

Qayni – erning ukalari, yoshi kichik uka (ini) urugʻlari ayol uchun qayni boʻladi. Xotinning ukalari, yoshi kichik uka urugʻlari er uchun qayni boʻladi.

Xorazmda yoshi kichiklarni ham “qaynogʻa” deb atash bor.

Boldiz – oʻzbeklarda rafiqasining singillari erga boldiz boʻladi.

Bekach – erning singillari, jiyan singillari ham rafiqasiga bekach boʻladi.

Xalqimizda hurmat – odob yuzasidan begona kishilarni ham bobo, buva, ota, otaxon, momojon, enajon, aka, opa, xola, doyi – togʻa, jiyan, uka, inim, singlim, qarindoshim, ogʻayni, birodar deb atashdek yaxshi odat bor. Bu balki, hamma Odam Ato va Momo Havoning farzandlari ekanimizni eslatib, taʼkidlab turar...

“Koʻz qayerda boʻlsa, mehr oʻsha yerda” deganlaridek, qarindoshlarning yaqinligi qatnashiqda, mehr-u muhabbatda. Ammo har narsani oʻz nomi bilan atagan ham maʼqul ish.

Tursunboy ABDULLAYeV,

taʼlim faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
«Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi 20.10.2026 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda ▶ 9 yoshli bolalar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali vaʼda berish tadbiri oʻtkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026