KUNLARDAN BIR KUN... MAHALLADA
Iyd-Qurbon kuni edi. Hayit namozidan çiqib, bir-ikki azador oilalarga sovğa-salom bilan kirib, ayyom bilan qutlagan Sulton boboni öğli ostonada kutib turardi.
– Keldingizmi, ota, qurbonlik jonliqni söyib, taxladik, bugun keçqurunga mahallaga qorma oşi qilsakmi, deb turibmiz. – Katta öğli Dilmurodning bu gapidan söng, Sulton bobo qoşlarini çimirib:
– Yöq, mahallaga qorma oşi bermaymiz, – dedi qatʼiy.
Öğli yelkasini qisdi, “nima gap?” deganday onasiga qaradi. Zulayho ena indamay sabr bilan erining mulohazasini kutdi.
– Qurbonlik göştini olib kelçi, öğlim, – buyurdi Sulton bobo.
Katta korson (toğora) töla göşt va alohida laganda qöyning tozalangan kalla-poçasini keltirişdi. Bobo qurbonlik göştini uç qismga böldi. Bir qismini oilasi va öğillari uçun yana bir qismini qizlarining oilasiga teppa-teng taqsimladi. Uçinçi qismini esa bir neça bölaklarga böldi-da, mahalladagi uç-törtta kamxarjroq oilalarga olib borib berişni farzandlariga topşirdi.
– Qöşnimiz Nuriddin aka kelgandi, – biroz andişa bilan gapirdi Dilmurod. – Mahalladagilar qorma oşi uçun örtaga pul yiğayotgan ekan. Şunga bir-ikki söm...
Sulton bobo tuşundi. Har yili şunday qilişadi. Örtaga pul yiğib, qorma oşini bitta joyda pişirişadi.
– Nuriddin akang uyidamikan?
–Hozirgina uyida edi.
– Borib köray-çi, – qözğaldi bobo, – rejalari qanday ekan?
Nuriddin köça boşçisi, xalqning yaxşi-yomon kunlarida sidqidildan xizmat qiladi. Hamma maʼrakalarga boş-qoş. Uni Sulton boboning özi öqitgan. Biroz qaysarligi ham bor.
– Nuriddin, hoy Nuriddin!
Ostonada turib çaqirayotgan Sulton muallimni körişi hamon peşvoz çiqqan Nuriddin hayit kuni ustozining özi uni yöqlab kelganidan biroz xijolat böldi.
– Hali çiqsam, yöq ekansiz, ustoz.
– Ha, çiqibsan, Dilmurod aytdi. Qani, Nuriddinboy, xalqdan qorma oşi uçun qança pul yiğildi?
– Şuning hisob-kitobini qilayotgan edik, hali bermaganlar köp, u hayit bilan bu hayitda beş-ön söm ehson qilişni öziga ep körmaydigan noinsoflar ham bor-da, ustoz.
– Unday dema, agar şu gapni sen aytayotgan bölsang, özing noinsofsan. Xayr-ehson, sadaqa – Alloh uçun, çin köngildan çiqişi kerak. Heç kimga qorma oşi sadaqa qiliş majburiyat emas, bu – xurofot, dinimiz esa xurofotdan qaytaradi.
– Pul bermaganlar ham qorma oşiga kelaveradi, noqulay-da, ustoz, – çaynaldi Nuriddin.
– Aqlingni yiğ, bola, – jahli çiqdi Sulton boboning. – Mahallada heç qanday qorma oşi berilmaydi. Har yili şunday qilasizlar, qança xarajat isrof böladi. Ötgan yili ortib qolgan oş-ovqatni kelinlar kanalga oqizişganini unutdingmi?
– Şunday deysiz-u, yiğilgan pullar...
– Yiğilgan pullarmi, yaxşilab taxlagin-da, odamlarni menikiga çorla, ehson qilingan pullarni haqiqiy egalariga topşiramiz.
Qorma oşi uçun örtaga yiğilgan pullar bir-neça million söm böldi. Sulton bobo mahalladoşlariga dilidagini aytdi.
– Ehson qilingan pullaringizga rozimisiz?
– Albatta, rozimiz!
– Unday bölsa, eşiting, mahallamizda otasiz ösayotgan va şartnoma asosida öqişga kirgan kamxarj oilalarning farzandlari bor. Yiğilgan ehson pullarini öşalarga bersak, nima deysizlar?
Barça bir ovozdan boboning fikrini maʼqullaşdi. Hatto örtaga pul qöşişga ulgurmagan mahalladoşlar, ayrim baquvvatroq tadbirkorlar 50-100 ming, baʼzilari undan ham köproq pul olib kelib berişdi. Sulton bobo boşçiligida boquvçisini yöqotgan bir oilaga, farzandlari şartnoma asosida taʼlim olayotgan uçta kamxarj oilaga pullar taqsimlab berildi. Bundan barçaning köngli töldi. Xuddi yelkasidan oğir yuk tuşganday, yengil tin olgan köça boşçisi Nuriddin aka:
– Endi har doim şunday qilamiz! – deb qarsak çalib yubordi quvonç bilan.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶