13.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
13.09.2026, 07:56
Jamiyat 👁 2,744

Ogohlik – davr talabi

LOQAYDLIK- MAʼNAVIY HALOKATDIR

Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida yuz berayotgan mafkuraviy xurujlar insoniyat boshigaqanchalik koʻp kulfatlar yodirayotgani hyech kimga sir emas. Mafkuraviy xurujlarning shakli turli-tuman boʻlib, hozirgi vaqtda xalqaro miqyosda keng avj olib, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-goyaviy muammoga aylanib ulgurgan koʻrinishi bu - missionerlikdir.

Hoʻsh, missionerlar kimlar? Ular oʻz maqsadlarini amalga oshirishda qanday vositalardan foydalanadilar?

Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, missionerlik - muayyan bir tuzum va muayyan bir dindagi kishilar oʻrtasida boshqa bir din yoki oʻzga tuzumni targʻib etish orqali oʻz gʻarazli maqsadlarini amalga oshirish yoʻlidagi harakatdir. Bu harakat aʼzolarining jamiyat hayotiga qanchalik ayanchli taʼsir koʻrsatishini barchamiz yaxshi bilamiz.

Missionerlar xalqaro terrorizm, giyohvandlik, diniy-ekstremizm, xususan, «Hizbut-tahrir», «Vahhobizm» koʻrinishidagi taʼsir vositalaridan foydalangan holda taʼlim va xayriya jamiyatlari, targʻibot-tashviqot muassasalariga oʻqituvchi, til oʻrgatuvchi, oʻzga davlat taomlarini oʻrgatuvchi niqoblari ostida suqilib kirib olgan holda oʻz harakatlarini amalga oshiradilar.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng, yurtimizga turli gʻoya va mafkuralar oqib kira boshladi. Bu mafkuralar orasida eng ashaddiysi soʻzsiz, missionerlik harakatidir. Missionerlar chet tillarini oʻrgatuvchi maxsus kurslarning muallimlari niqobi ostida talabalar yotoqxonalariga, savdogar yoki ishbilarmon sifatida bozor va doʻkonlarimizga, pazandalik sirlarining bilimdonlari boʻlib umumiy ovkatlanish shoxobchalariga, qoʻyingki turmushning barcha jabhalariga joylashib olib, oʻz gʻarazli maqsadlarini amalga oshirish yoʻlida har qanday kichik imkoniyatdan ham foydalanib qolishga intilishadi. Jahondagi boshqa davlatlardagi kabi yurtimizda ayrim yoshlarning soddadilligi va ishonuvchanligi, eʼtiqodi sustligidan foydalanib, xatto ularning moddiy taʼminotini yaxshilashni vaʼda qilib oʻz tuzoqlariga ilintirib olishga harakat qilishmoqda.

Tarixdan maʼlumki, 1873-yilning mart-may oylarida Xiva xonligini oʻziga boʻysundirib, Xorazm davlatini chor Rossiyasiga butunlay qaram qilib olish uchun rus missionerlari yillab tayyorgarlik koʻrishgan. Ular Xorazm davlati bosib olingunga qadar yerlik xalq orasiga suqilib kirib juda katta va keng miqyosda missionerlik faoliyatlarini yuritganlar. Oddiy sayyoh sifatida oddiy Xorazm qovunini qultiqlab yurib butun voxaning geografik xaritasini ishlab chiqqanlar. Xorazm davlatining harbiy istehkomlari saloxiyatini, bu istehkomlarning qanday joylashgani-yu, askarlarimizning jang taktikasigacha sinchiklab oʻrganib chiqishgandan soʻnggina harbiy yurishlar uyushtirganlar va oʻz maqsadlariga toʻla-toʻkis erishganlar.

Bu - missionerlik harakatining mashʼum tarixiy isboti.

Bugungi tezkor oʻzgarishlar davrida missionerlik harakati yanada faollashdi. Ular oʻz qabih niyatlarini amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotini izdan chiqarish maqsadida oyaviy va mafkuraviy tahdidning eng taʼsirchan usullaridan foydalanmoqdalar. Bu borada missionerlarga islom dini niqob vazifasini oʻtayotgani barchaga ayon. Islom dini axkomlarini buzib talqin etish, diniy bilimsiz kishilarni turli norasmiy diniy tashkilotlarga jalb etish uchun zoʻr berib urinishmoqda. Bunday urinishlar natijasida ayrim ongi sayoz kishilar oʻrtasida ixtiloflar, boʻlinish va turli xil fitna-fasodlar kelib chiqishi tabiiy, albatta. Vaholanki, tinch aholi oʻrtasida fitna-fasod qoʻzgʻash, buzunchiliklar sodir etish -Allohning suyukli bandalarining oʻzaro hamjihatlikda, ahil-inoq yashashlari xaqidagi ilohiy taʼlimotga tamoman ziddir. Zero, Qurʼoni Karimda: «...Fitna va buzunchilik qotillikdan ham ashaddiyroqdir...» deb zikr etilgan.

Tinch aholi orasiga suqilib kirib olib ularni toʻri yoʻldan chalitish, bir-
birlarining oʻrtasida gina-adovatlar koʻz
ash, ayniqsa, yoshlarni turli norasmiy
diniy tashkilotlarga aʼzo
qilish uchun missionerlar juda koʻplab mablalarni
ajratishmo
qda. Bu mablalarni ular bemor kishilarga moddiy koʻmak, bepul dori-
darmon yetkazib berish, shartnoma asosida taxsil olayotgan talabaga
yordam, turli
nolegal nashrlarni chop etib, a
holiga bepul tarqatish kabi ishlarga sarflashmoqda. Baʼzi maʼnaviy-siyosiy jihatdan bilimsiz kishilar bunday tuzoqlarga osongina ilinadilar. Natijada bilib-bilmay oʻz xalqi va Vataniga, oilasiga xiyonat qilishgacha borib yetadilar. Bundaylarga diniy eʼtiqod va iymon, Vatan tuygʻusi emas, balki oʻz dinidan ogʻishi, missionerlarning rejalarini amalga oshirishlarida koʻproq ularga berilayotgan pul va yaratib qoʻyilgan (garchi vaqtincha boʻlsa-da)sharoitlar asosiy omil boʻladi.   

Albatta, bunday harakatlari bilan missionerlar islom diniga eʼtiqodi baland mahalliy aholi oʻrtasida oʻzlarida ijobiy fikrlar tugʻdirishga erishadilar. Diniy bilimsizliklari oqibatida missionerlarga ishongan va ergashgan odamlar alal oqibat jinoyatga qoʻl uradilar. Hayotda loqayd, xudbin boʻlib qoladilar. Bunday insonlar koʻproq giyohvandlikka ruju qoʻyadilar, iqtisodiy jinoyatlarga qoʻl, uradilar. Agar mansabdor shaxs boʻlsa, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, manfaatparastlik, atrofdagilarni mensimaslik kabi illatlarni oʻzlariga yuqtiradilar. Insonlar yuragini mahv etgan bunday ichki tahdid borib-borib ular ongi-shuurini batamom egallaydi va missionerlarning qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qoladi.

Istiqlol yoʻlini tanlab, bu yoʻlda taraqqiyotning oʻz modelini yarata olgan Oʻzbekistonni demokratik-maʼrifiy taraqqiyot yoʻlidan ogʻdirishni maqsad qilib olgan mamlakatimiz tashqarisidagi aqidaparast kuchlarning borligini ham aslo unutmasligimiz kerak. Diniy niqob ostida mustaqil davlatimizga tashqaridan turib tahdid solayotgan tashqi tahdid kuchlari - aqidaparastlarning xalqimiz maʼnaviyatini yemirish yoʻlidagi urinishlariga qarshi hamjihatlikda kurash olib borish har bir ongli kishining, elim, yurtim, oilam, ota makonim degan oʻzbekistonlikning oliy burchidir.  Prezidentimiz I.A.Karimov «Yuksak maʼnaviyat - yengilmas kuch» asarida: «Maʼnaviyatga qarshi qaratilgan har qanday taxdid oʻz-oʻzidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sogʻlom avlod kelajagini taʼminlash yoʻlidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin», - degan fikrni ilgari surganlarida xalqimizning, ayniqsa yoshlarimizniig ruhiy dunyosiga taxdid kilish, ularda kelajakka bulgan ishonchni yoʻqotish tashqi tahdid kuchlarining bosh maqsadi ekanligini har bir kishi har lahzada his etib yashashi lozimligini taʼkidlash emas, balki bunday reaktsion kuchlarning tomiriga bolta urishni nazarda tutganlari ayni haqiqat.

Xoʻsh, tashqi taxdid kuchlari qanday tarzda namoyon buladi?

Tashqi taxdid kuchlari nainki diniy aqidaparastlik koʻrinishida, balki turli niqoblar, balandparvoz shiorlar, yokimli gʻoyalar ostida ish olib boradilar. Eng yomoni, bu kuchlarning ixtiyorida juda katta moddiy-moliyaviy resurslar mavjud. Aynan shu moddiy-moliyaviy resurslar ularga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochishi tabiiy. Natijada garchi bu kuchlar mamlakatimizdan tashqarida boʻlsa-da oʻzlarining puxta oʻylangan va uzoqni koʻzlagan, davomli yovuz maqsadlarini bemalol amalga oshiradilar. Eng yomoni, odamni u manfaatparast, pulga, xorij buyumlariga oʻch, beparvo, behayo, diniy mutaassib, hatto vahshiy kimsaga aylantirib qoʻyadi. Xorij kiyimlariga, puliga va buyumlariga chlik, qabih niyatli toʻdalarga kirib qolish, shaxsiy manfaat quliga aylanib qolish - insonni tashqi tahdid kuchlarining malayiga aylantiradi. Va alal-oqibat missionerlarning saʼy-harakatlari bilan «tarbiyalangan», zimizdan, z millatimizdan chiqqan loqayd, beparvo kimsalar qoʻli bilan oʻz xalqimizning tinchligiga, mamlakat taraqqiyotiga tahdid solishadi.

Bu borada soʻz borar ekan, oʻzlariga muqaddas islom dinini niqob qilib olgan kimsalar tomonidan 1999-yilning 16-fevralida Toshkent shahrida sodir etilgan portlashlar yoki 2005-yilda yuz bergan Andijon voqyealarini eslashning oʻzi kifoya. Oʻta tahlikaga toʻla kechgan mustaqillikning ilk yillarida yurtboshimiz I.A.Karimov: «...din bizning qon-qonimizga ongu shuurimizga shu qadar singib ketganki, uni hyech qanday yovuz kuch, hyech qanday tashviqot bilan chiqarib boʻlmaydi... Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda.

...Oq-qorani, doʻst-dushmanni taniydigan xalqimiz din nima-yu soxta aqidalar nimaligini, kim pok niyatli xudojoʻy insonu kim munofiq riyokor ekanini juda yaxshi biladi», - deya butun jahonga bong urgan edilar.

Darhaqiqat, oʻzini dindor, iymonli koʻrsatib, boʻlmaur safsatalari bilan atrofidagi odamlar, ayniqsa yoshlar ishonchiga kirib olishga urinayotgan mutaassib kuchlar har kuni, balki har lahzada tinch va osuda hayotimizga xavf solishi, farzandlarimiz ongini zaharlashga intilishi tabiiy. Bunday kora niyatli kuchlarning payini qirqish, soxta akidalarini, riyokorliklarini fosh etish xar bir xakikiy musulmonning burchidir.

Koʻrinib turibdiki, bugungi globallashuv jarayoni xar birimizdan maʼnaviy barkamol, yetuk insonni tarbiyalash borasidagi ezgu maqsadlarimiz yoʻliga toʻgʻanoq boʻlishga zr berib intilayotgan yovuz niyatli kuchlarga qarshi hamjihatlik bilan kurash   olib borishni talab etadi. Mamlakatimizdagi taraqqiyotni izdan chiqarish uchun tashqaridan. va ichkaridan turib tahdid solayotgan har qanday koʻrinishdagi xatarlarga qarshi oʻz vaqtida qatʼiyat va izchillik bilan kurash olib borishimiz zurur. Yaʼni, xorijdan keltirilgan behayo liboslarni kiyib chiqqan farzandimizga unga maʼqul keladigan, oʻz milliy mentalitetimizga monand libosni taklif etishimiz, katta pul vaʼda kilib oʻgʻil-qizimizni xorijga ishga taklif etuvchilarga oʻz yurtimizda oʻgʻil-qizimizning nasibasi ululigini amalda koʻrsatishimiz shart.

Kutilmaganda oilamizga tibbiy va moddiy yordam yoki xomiylik koʻmagi berishni istab qolgan kimsa kim va u qanday tashkilotning odami? Qanday asoslarga tayanib sizga tibbiy yordam yoki pul vaʼda qilayapti? Nima uchun u sizga qimmat qoozlarga bosilgan adabiyotlarni tekinga berayotir? Bu adabiyot ichida nelar yashiringan va bu adabiyotlar orqali u xalqimizga nimalarni tarib qilayapti? - qabilidagi savollar xususida jiddiy oʻylab koʻraylik. Eng muximi, maʼnaviy-tahdid - inson erkinligiga, kelajak avlod va demakki, mustaqil davlatimiz kelajagiga qarshi tahdid ekanligini aslo unutmasligimiz kerak.

Yana shuni esda tutmoimiz kerakki, xoh oilada, mahalla-koʻyda, xoh oʻzimiz ishlaydigan mehnat jamoasida boʻlsin, xoh yoshlar koʻp toʻplanadigan oʻquv dargoxlari, yotoqxonalarda yoki jamoat joylarida boʻlsin lokaydlikka, beparvolikka berilmaylik. Sizni yoki farzandingizni katta pul vaʼda qilib chet elga ishga taklif etayotgan odamga, diniy bilimingiz sayozligidan foydalanib oʻzlarining buzunchi oyalari bilan boshingizni gangitib qoʻyayotgan kimsaga aslo ergashmang. Sababi, aynan shunday kimsalar Sizning loqaydligingizdan foydalanib farzandingizni yoki tanish-bilishlaringizni chet davlatning qaysidir korchaloniga qul kilib sotib yuborishi, siz amal qilayotgan islom ahkomlarini buzib talqin etishi, shum niyatlarini amalga oshirish borasida xech narsadan toymasligi, bunday kimsalarga ergashish esa har qanday kishini maʼnaviy halokat sari yetaklashi turgan gan. Demak, loqaydliksari quyilgan birgina qadam ham insonni maʼnaviy halokat tomon olib boruvchi yoʻldirki, bu yoʻlga tushib qolishdan oʻzimizni oʻzimiz asrashimiz, har lahzada ogohboʻlishimiz zarur.

Bunday      yovuz      kuchlarga      qarshi      sobitqadamlik     bilan      kurashish,      oʻz erkinligimizni, mustaqilligimizni himoya qilishdir.

Robiya YULDOShEVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

Allambergan JUMANIYoZOV,

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026