OILAVIY NIZOLARNING OLDINI OLIŞ MUMKINMI?
Oila – siz-u biz onadan tuğilib, köz oçib körgan dunyomiz, hayrat-u siyratimiz, “men”imiz kamol topgan maskan. Odam ota, Momo havodan qolgan merosimiz u. Tiriklikning yuki oğir: oilaga qaraş, rözğorning adoği yöq kam-u köstlarini töldiriş, şirindan şakar farzandlar kamoli qayğusida tongdan şomgaça yelib-yugurasiz, kunni qaritib, horğin holatda oilangiz bağriga qaytasiz-u, çarçoğingiz zumda yoziladi, taskin topasiz. Ha, oila ana şunday taskinbaxş makon.
Bir pedagog döstim bölardi. Har gal oila haqida gap ketganda “9 turli öngişiq bor (oilaviy yaşaş usuli demoqçi) deb eskilar bekorga aytişmagan”derdi. Kasbim taqozosiga köra har kuni oilalarni örganaman. Döstim haq, deyman içimda. Taşqaridan qaraganda barça uylar bir-biriga öxşaş, pardozi ham, andozi ham birdek göyo. Ammo uning içkarisiga çuqur razm solsangiz, har bir oila özgaça bir dunyo. Öz qonun-qoidalari, eʼtiqodi bor. Oiladagi tarbiya, farzandlar odob-axloqi, ötiriş-turişi, muomala madaniyati, daromad-u buromadi, sarf-u xarajati bir-biridan farqlanadi. Bizdagi aksariyat qişloq oilalari katta oilalardan iborat. Xonadonda oila içra oila – er-xotin, kelin-kuyov, qayni, bekaç, jiyanlar, 10-12 nafar kişi bir qozondan ovqat yeyişadi. Orzu tilagi, dard-u muammosi, intiliş-u izlanişi, manfaat-u maslagi bir. Odatda bunday oilalarni ayollar öta ehtiyotkorlik, çuqur aql-u zakovat, kezi kelganda muğombirlig-u ayyorlik ila mohirona boşqarişadi. Mayli, hiyla işlatsin, yolğon gapirsin, mulozamat qilsin, muhimi, oilada oğzibirçilik, hamjihatlik bölsin. Aytişadi-ku, yaxşilik yölida qilingan har bir amal savobdir, deb.
Heç kimga sir emas, keyingi vaqtlarda mahallalarda oilaviy nizolar soni keskin oşayotir. Turmuş qurganiga 5-10-yil tölgan, hatto endigina 1-yil tölayotgan oilalarda kelişmovçilik, nizolar uçramoqda. Sabablari turliça: xarakteri töğri kelmaganlik, ota-onani siylamaganlik, kasallik, içkilikbozlik, zöravonlik, xiyonat qiliş. Oilaviy nizolar böyiça mahalla yiğiniga murojaat qilayotganlar soni oşsa oşayaptiki, kamaymayapti. 2019-yilning şu kunigaça ovul fuqarolar yiğinida taşkil qilingan Yaraştiriş komissiyasi, “Qaynonalar Kengaşi” jamoatçilik tuzilmasi, boşlanğiç xotin-qizlar taşkiloti faollari bilan hamkorlikda 6 oilani yaraştirişga erişgan bölsak, 2 ta oilada qonuniy tarzda ajraliş böldi. Biri befarzandlik oqibatida bölsa, ikkinçisida 1 norasida tirik yetim qoldi. Buning sababçisi 2 yillik turmuşi davomida hali biri-birini tuşunib ulgurmagan, turmuş neligini anglay olmayotgan yoş er-xotingina emas, ularning tepalarida turgan, oq-qorani tanigan ota-onalari hamdir. Nevarasi ota mehriga zor bölib ulğayişida ular aybining ölçovi bormi? Qarisi bor uyning parisi bor, deyişadi. Yoinki, qari bilganini pari bilmas balki? Biroq har bir yumuşni qörquv, hadik va xavotir bilan bajarayotgan kelin xizmatlarini kim alqaydi? Şu xonadon tutumlariga könikib, örganib ketguniça uni kim suyaydi, xato qilsa kim keçiradi, kim örgatadi!? Albatta, bunda qaynona asosiy rolni bajaruvçidir.
Dilimizga oğriq beruvçi nikohdan ajralişlarning yana bir körinişi – xiyonatdir. Hozirgi kunda köpçilik oila boşliqlari, yigitlarimiz öz halovatidan keçib, oilasini boqiş ilinjida özga yurtlarda mehnat qilişayapti. Baʼzi noinsof ayollar bölsa, erining bir topganini ön joyidan tugib, farzandlarini köz qoraçiğiday asrab, tarbiyalab, özga yurtlarda musofir bölib yurgan eriga kuç-quvvat, omonlik tilab ötiriş örniga, xiyonat köçasiga kirib qolişmoqda. Qinğir işning qiyiği qirq yildan söng ham bilinadi, deyişadi. Bunday hodisalar qişloq joylarda 3 kunga qolmay bilinadi. Gap yana öşa yoşlikda bergan tarbiyaning böşligiga borib taqaladi.
Nazarimda nikohdan ajralişlar köpayişiga ota-onalarning pedagogik tajribasi, mahorati yetarli bölmayotgani ham sabab bölayapti. “Oila Kodeksi”ning 2-moddasida “içki oilaviy masalalar özaro kelişuv yöli bilan amalga oşiriladi” deyilgan jumla bor. Oila mustahkamligi avvalo er-xotin, qarindoş-tuğişganlarning özaro kelişuvida hal böladi. Oilani zöravonlik, tazyiq ötkaziş bilan saqlab qoliş mumkin emas.
Demak, katta oila bekalari, bölğusi qaynonalarni ham hozirgi tuman FHDYo bölimi qoşida taşkil etilgan “Yoş oila quruvçilar innovatsion maktabi” singari “Qaynonalar maktabi”da öqitiş – oilalar mustahkamligini taʼminlaşga omil bölsa ajab emas. Koşki, vaqtlar kelib Yaraştiriş komissiyasi aʼzolari oilaviy nizolarni hal qiliş örniga innovatsion ğoyalar, tadbirkorlik, ixtiro va tarğibotlar, namunali oilalar tarğibotçilarga aylanişsa.
Qaldirğoçning uyasi buzilganida qanday çirqiraşini, yana qayta-qayta loy suvab, tiklaşga harakat qilişini kuzatganmisiz?! Alloh yaratgan jonzotlar içida buyugi bölmiş insonlar ham şunday qilişi kerak. Qayerda oğzibirçilik, ahillik, totuvlik, mehr-oqibat, vafo-sadoqat ustunlik qilsa, öşa oila poydevori mustahkam böladi.
Ziyoda SADADDINOVA,
“Oq oltin” OFY mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶