YeRGA MEHR BERING, XAZINA TOPASIZ
Tomorqam – xazinam, deb bejiz aytilmagan. Şuning uçun ham xazinaki, tomorqa yer egasi xonadon hududida erkin mehnat qiladi, özi istagan dehqonçilik turi bilan şuğullanadi, könglidagi hosilni yetiştiradi, ehtiyojidan ortganini bozorga olib çiqadi. Yer egasi – tomorqa xöjaligi – bozor strukturasi har kimning oilasiga daromad keltiradi, daromadi oşgan sari oila byudjeti barqarorlaşib boraveradi, farovon turmuş tarzi şakllanadi. Şuning uçun ham Prezidentimiz bu haqda deyarli har kuni gapirayapti, jon kuydirayapti. Xalqimiz boy bölsin, turmuş şaroiti yaxşilansin, degan maqsadda har bir viloyatga borganlarida, eng avvalo aholining tomorqa yerlaridan qanday foydalanayotganlariga alohida eʼtibor qaratayotir.
Tumanimizda ham yer bilan tillaşib, uning har bir qariçidan unumli foydalanib, tomorqa xöjaligini möl-köl daromad manbai – xazinaga aylantirayotgan dehqonlar talaygina. Ularning tomorqa yerlarida rejali iş yuritişlari, vaqtida ekin ekib, yetiştirgan mahsulotlarini öz muddatlarida yiğiştirib olişlari, hatto takroriy ekin ekib, köngildagiday hosil olişlari uçun, albatta, eng avvalo yetarli şart-şaroitlar zarur.
Bu haqda gap ketganida, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan huquqiy asoslar, tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi tomonidan amalga oşirilayotgan işlar, berilayotgan yöl-yöriqlar muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidlaş joiz.
Tuman hokimining 2019-yil 20-fevraldagi farmoyişi bilan aholi tomorqa yerlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş böyiça işçi guruhi tuzildi. Işçi guruhi tuman böyiça xatlov ötkazib, dehqon xöjaliklari, aholi tomorqalari holatini örgandi. Örganişlar jarayonida kam taʼminlangan xonadonlar yer egalarining talab va istaklari, hududning iqlim, yer, suv şaroitlaridan kelib çiqib, aholi tomorqa yerlarida bahorgi ekin ekiş işlarini taşkil etiş böyiça rejaviy jadval işlab çiqildi. Unga köra, 2019-yil bahor mavsumida aholi tomorqa yerlarida 496 gektar ertagi sabzi, 210 gektar piyoz, 152 gektar sarimsoq piyoz, 450 gektar bodring, 30 gektar har xil kökatlar, 596 gektar ertagi kartoşka, 1250 gektar poliz ekinlari, 550 gektar pomidor va 565 gektar boşqa zaruriy ekinlar ekiş belgilandi. Şuningdek, OFY va MFYlar kesimida aholi tomorqalarida boğlar taşkil etiş maqsadida 14223 ta xonadonga 157184 tup mevali va manzarali daraxt köçatlarini joylaştiriş rejalaştirildi. OFY va MFYlar kesimida tuzilgan işçi guruhlari xonadonma-xonadon kirib, tomorqa yerlaridan foydalanişning ayni kunlardagi holati bilan yaqindan tanişdilar. 11-mart kunigaça 31277 ta xonadonda ekin ekiş, köçat ötqaziş işlarining borişi kuzatilganda, ayrim hududlarda kamçiliklar mavjudligi aniqlandi. Yaʼni, 3740 gektar tomorqa yerlari ekişga tayyorlangan. Köpçilik xonadonlar ertagi poliz va sabzavot ekinlari ekiş, köçatlar ötqaziş işlarini köngildagiday taşkil etişgan. 1591 gektar yerga ertagi sabzavotlar ekilib, 135178 tup mevali va manzarali daraxt köçatlari ötqazilgan. Lekin 560 ta xonadonda tomorqa yerlarini ekişga tayyorlaş böyiça birorta ham iş qilinmagan. Bu boradagi işlarning borişini hududlar kesimida köradigan bölsak, birinçi sektor böyiça 218 ta xonadon tomorqa egalariga, ikkinçi sektor hududi böyiça 292 xonadon tomorqa egasiga, uçinçi sektor hududi böyiça 233 ta, törtinçi sektor hududi böyiça 137 ta, tuman böyiça jami 879 ta xonadon tomorqa yer egalariga yerga nisbatan loqayd munosabatda bölganliklari uçun ogohlantirişlar berildi.
Tomorqa xöjaligi iqtisodiy barqarorligini taʼminlaşda issiqxonalar faoliyatini yölga qöyiş muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois, tumanimizda tadbirkorlarni jalb qilgan holda issiqxonalar taşkil etiş böyiça loyihalar işlab çiqildi. Xususan, mazkur yilda Qiliçboy ovulidagi “Amirxon” fermer xöjaligida 2 gektar, Qipçoq ovulidagi “Amudaryo meva-sabzavotçilik ilmiy-tajriba klasteri” MÇJda 10 gektar, Örta qalʼa ovulidagi “Ermanov Örozboy” fermer xöjaligida 2 gektar, Qiliçboy ovulidagi “Rajapov Omonboy” fermer xöjaligida 2 gektar, Toşyop ovulidagi “Ozodov Musabek” fermer xöjaligida 1 gektar, Nazarxon ovulidagi “Xudoyberganova Amangul” fermer xöjaligida 1 gektar, Qiliçboy ovulidagi “Erkinboy Qöziboyeviç” fermer xöjaligida 1 gektar, Örta qalʼa ovulidagi “Manğit teplitsa” fermer xöjaligida 1 gektar, tuman böyiça jami 20 gektar maydonda tadbirkorlarning öz mablağlari va bank kredit mablağlari hisobidan issiqxonalar taşkil etilişi rejalaştirildi. Şunisi eʼtiborliki, mazkur issiqxonalarning 6 tasi limonçilikka ixtisoslaştirilgan bölib, umumiy yer maydoni 10 gektarni taşkil etadi.
Ayni kunlarda tumanimizdagi mohir tomorqa yer egalari bahorgi ekiş-tikiş işlarini allaqaçon nihoyasiga yetkazdilar.
Biz ijodiy guruhimiz bilan Xolimbeg ovulida bölganimizda Erkinboy oğa Qöşayevning tomorqasida barça yumuşlar risoladagiday amalga oşirilganini körib, közimiz quvondi.
Erkinboy Qöşayevning tomorqa yer maydoni 42 sotix ekan. Ekin ekib, undan möl hosil yetiştirişning hadisini olgan Erkinboy oğa hisob-kitobga ham juda puxta ekanlar. Biz, töğrisi, mohir tomorqaçining uç yil davomida öz yeridan undirgan hosili-yu olgan daromadi hisob-kitobi bilan tanişib, havasimiz keldi. Siz ham bir eʼtibor bering-a!
Erkinboy Qöşayev 2016-yilda 20 sotix yerdan 3 tonna kartoşka va piyoz olgan. Sof foyda 5 mln. söm! Pomidor va bodringdan esa 5,4 mln. söm sof foyda körgan! 2017-yilda qöşimça yer olib, 35 sotix maydonda faqat kartoşka va piyozning özidan 8,5 mln. söm daromad olgan, sof foyda 7 mln. sömni taşkil etgan. Atigi 0,5 sotix pomidordan salkam 4 mln. söm, 0,3 sotix yerdagi bodring hosilidan 4,7 mln. söm sof foyda olganlar.
Xalqimiz “boğni boqsang, bor böladi, botmon dahsar yoğ böladi”, degan hikmatli iborani bilib aytgan. Erkinboy Qöşayevning 2018-yilda tomorqa yeridan olgan daromadi yanada oşdi. Faqat kartoşka va piyozning özidan 11 mln, pomidordan 5,2 mln, bodring yetiştirişdan 6 mln. söm sof daromad olgan bölsa, boğdorçilikdan kelgan foyda yanada yuqori böldi. Örik, gilos, uzum, nok va olma yetiştirişdan Erkinboy oğaning xonadoniga jami 12,75 mln. söm sof daromad kirib turganini körsangiz, tomorqa – bu xonadon uçun haqiqiy xazinaga aylanib ketganiga işonişingiz tabiiy.
Bu yoğini sörasangiz, Erkinboy Qöşayevning qörasida 5 boş qoramol, şundan 2 boş qoramol soğin sigir, 35 boş quyon, 50 ta xonaki parranda, 15 boş zotdor kurka parvarişlanayotganini hisobga olsak, Xolimbegday tumanimizning çekka qişloğida yaşab ham yer bilan tillaşib, boy-badavlat böliş, avvalo insonning öziga, tadbirkorligiga, fidoyiligiga boğliq ekanligini anglab yetasiz.
Demak, azizlar, eşigingiz oldidagi kaftdek yer – şunçaki yer emas, agar mehr bersangiz, ixlos bilan yer tabiatiga monand iş yuritsangiz – u Sizning haqiqiy xazinangizga aylanadi. Buni unutmang va yerga mehr bering, mehr körasiz, xazina topasiz, boy bölasiz!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶