Amudaryo tumanida paxta yiğim-terimiga tayyorgarlik yakuniy bosqiçga kirdi
Mamlakatimiz qişloq xöjaligida eng muhim va masʼuliyatli palla – kuzgi yiğim-terim mavsumi yaqinlaşmoqda. Amudaryo tumanida ham joriy yilgi paxta hosilini nest-nobud qilmasdan, uyuşqoqlik bilan yiğib-terib oliş maqsadida qizğin hozirlik körilmoqda. Jarayonlarning har bir bosqiçi Agroinspektsiyaning tuman bölimi tomonidan qatʼiy nazoratga olingan bölib, asosiy eʼtibor texnikalarning şayligi va paxta qabul qiliş maskanlarining tayyorgarligiga qaratilmoqda.
Xususan, tumandagi 337 ta fermer xöjaligi va qişloq xöjaligi korxonalari ixtiyorida bölgan jami 748 ta traktor tirkamasi tumandagi 5 ta paxta qabul qiliş maskaniga yiğildi. Uşbu texnikalar yordamida terilgan paxta xomaşyosini maskanlarga betalofat yetkaziş maqsadida tirkamalar ustiga yopiladigan brezentlarning sifati va ularning yonğinga qarşi uskunalar bilan jihozlanganlik darajasi töliq örganib çiqildi va aniqlangan kamçiliklarni joyida bartaraf etiş çoralari körildi.
Sohani mexanizatsiyalaş darajasini oşiriş maqsadida 2024-2025-yillarda jami 12 ta zamonaviy paxta teriş maşinasi keltirilgan bölib, joriy yilda ham qöşimça 12 ta şunday texnikalar olib kelindi. Bugungi kunda barça paxta teriş maşinalari mavsumga töliq şay holatga keltirilgan. Bundan taşqari, kelgusi 2027-yil hosili uçun ğalla ekişga möljallangan 14 ta zamonaviy don ekiş seyalkasiga ham zarur servis xizmatlari körsatilib, taxt qilib qöyildi.
Hosilni yetiştirişda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş naqadar muhim bölsa, uni yiğib olişga tayyorgarlik köriş ham şunçalik dolzarbdir. Şu maqsadda, “Etefon” preparati sepilgan maydonlarda monitoring işlari olib borilib, ğözaning rivojlanişi va kösaklarning oçiliş jarayoni örganilmoqda. Masalan, Zarbdor massivi hududidagi “Murodboy Gulora” fermer xöjaligining ğöza maydonlarida uşbu preparatning belgilangan meʼyor va muddatlarda qöllanilişi nazorat qilindi. Xöjalik masʼullariga tegişli tavsiya va körsatmalar berilib, barça agrotexnik tadbirlarning samaradorligiga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Joriy yilda tuman böyiça 4 ta subʼekt – 1 ta klaster, 2 ta kooperatsiya va 1 ta uruğlik yetiştiruvçi xöjalikka qaraşli qabul maskanlariga 64 ming 175 tonna paxta xom aşyosi qabul qilinişi rejalaştirilmoqda. Uşbu subʼektlarga sifat körsatkiçlarini aniqlaş, ölçaş, joylaştiriş va saqlaş jarayonlarini töğri taşkil etiş böyiça aniq vazifalar yuklatilgan.
Maskanlarda qabul maydonlari, saqlaş joylari, tarozilar, laboratoriya va texnologik uskunalar, elektr taʼminoti hamda yonğin xavfsizligi vositalarining holati çuqur örganilmoqda. Jumladan, “Amudaryo Kelajagi” işlab çiqariş kooperatsiyasi 2026-yilgi mavsumda 1275 tonna paxta qabul qilişni reja qilgan bölib, hozirda maskan hududini obodonlaştiriş, texnika va jihozlarni işçi holatga keltiriş işlari qizğin davom etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, paxta qabul qiliş maskanlarini mavsum boşlanişiga qadar töliq tayyor holatga keltiriş hamda belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilişini taʼminlaş Inspektsiyaning doimiy nazoratidadir. Öz vaqtida körilayotgan bunday tizimli çora-tadbirlar yetiştirilgan hosilni sifatli va nest-nobud qilmasdan yiğib-terib oliş hamda yuqori hosildorlikni taʼminlaş uçun mustahkam zamin yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶